? BAYRAMLAR:
?? Xalqaro tarjima kuni.
? Xalqaro podkastlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Kanada ‐ Apelsin ko’ylak kuni.
?? Kanada ‐ Tiklanish kuni.
?? Moldova ‐ Buvilar kuni.
?? Tojikiston ‐ Jaloliddin Muhammad Balxiy kuni.
?? Ukraina – Kutubxonalar kuni.
?? Malayziya ‐ Kelantan sultonining tug’ilgan kuni.
?? Turkmaniston – Milliy xavfsizlik xodimlari kuni.
?? Qozog’iston – Adliya organlari xodimlari kuni.
?? Kanada ‐ Haqiqat va kelishuv milliy kuni.
?? Botsvana – Mustaqillik kuni.
?? San-Tome va Prinsipi – Qishloq xo’jaligini isloh qilish kuni.
?? Polsha – O’g’il bolalar kuni.
? 30-SENTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:
- 1399 – Genri IV Angliya qiroli deb e’lon qilindi.
- 1452 – Maynsda Yoxannes Gutenberg birinchi kitob – Injilni bosmadan chiqardi.
- 1567 – Fransiyadagi diniy urushlar: katoliklar qirgʻini.
- 1868 – Ispaniyada sharafli inqilob natijasida Izabel II quvgʻin qilindi.
- 1902 – sun’iy ipak (viskoza) patentlandi.
- 1906 – Parijda havo sharlari uchuvchilarining birinchi xalqaro musobaqasi boshlandi.
- 1920 – Buxoro Markaziy Revkomi “Yer to‘g‘risida” gi dekretni qabul qildi.
- 1928 – Ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming penitsillin ixtirosi haqida e’lon qildi.
- 1933 – Stokgolm metropoliteni ishga tushdi.
- 1938 – Chexoslovakiyani boʻlish toʻgʻrisida Myunxen bitimi imzolandi.
- 1941 – 2-jahon urushi paytida Moskva uchun janglar boshlandi.
-1969 – Internet tashkil etilgan kun. - 1966 – Botsvana Respublikasining mustaqillik kuni.
- 1980 – Ethernet standarti eʼlon qilindi.
- 1980 – Isroilda yangi valyuta – shekel muomalaga kiritildi.
- 1991 – O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasini ratifikatsiya qildi.
- 1999 – Ikkinchi Chechen urushi boshlandi.
- 2015 – Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boshlandi.
- 2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Rossiya Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlarining bir qismini anneksiya qildi.
? 30-SENTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:
- 1207 – Jaloliddin Rumiy (1273) – Kuniyalik so‘fiy shoir.
- 1779 – Amir Haydar – Buxoro amiri (1800-1826), Amir Shohmurodning o‘g‘li.
- 1870 – Perren Jan Batist (1942) – fransuz fizigi va fizik kimyogari, Fransiya FA a’zosi(1923 yildan, 1938 yildan prezidenti), Nobel mukofoti sohibi (1926).
- 1873 – Nikolay Mallitskiy (1947) – tabiiy geograf, tarixchi, etnograf, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1945).
- 1882 – Xans Geyger (1945) – nemis fizigi, radiatsiya darajasi hisoblagichining ixtirochisi.
- 1891 – Otto Shmidt (1956) – sovet yozuvchisi, matematik, astronom, geofizik, qutb tadqiqotchisi.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1900 – Nikolay Pariyiskiy (1996) – Sovet geofizigi, astronom, Quyosh tizimining kelib chiqishi nazariyasining muallifi.
- 1905 – Nevil Frensis Mott (1996) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (1977).
- 1914 – Pas Oktavio (1998) – meksikalik shoir, Nobel mukofoti sohibi (1990).
- 1939 – Jan-Mari Leyn – fransuz kimyogari, supramolekulyar kimyo asoschisi, Nobel mukofoti sovrindori (1987).
- 1943 – Iogann Deyzenhofer – nemis biofizigi, kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori (1988).
- 1946 – Rahimov Mirzohid – diktor, O’zbekiston xalq artisti (2000).
- 1951 – Marina Borodina – haykaltarosh.
- 1953 – Azizxoʻjayev Alisher (2012) – Oʻzbekistonlik siyosatchi, yuridik fanlar doktori, Madaniyat vaziri (2004-2007), bosh vazir o’rinbosari (1996-1998; 2003-2004).
- 1962 – Frank Raykard – gollandiyalik futbolchi, Evropa chempioni (1988), murabbiy.
- 1975 – Marion Kotiyyard – fransuz aktrisasi, qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, musiqachi va ekolog.
- 1994 – Aliya Mustafina – rossiyalik gimnastikachi, ikki karra Olimpiya chempioni (2012, 2016), uch karra jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.