? BAYRAMLAR:
? Xalqaro zahira nusxalash kuni.
? Eyfel minorasi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Eron – Ali (r.a)ning shahidligi kuni.
?? Turkmaniston – Kimyo sanoati xodimlari kuni.
?? Tailand – Qirol Nangklao xotirasi kuni.
?? Ozarbayjon – Ozarbayjonlar genotsidi kuni.
?? AQSh – Sezar Chaves kuni.
?? AQSh – Behushlik bo’yicha texnik kun.
?? Mikroneziya – Mikroneziya madaniyati va an’analari kuni.
?? AQSh Virjiniya orollari – Transfer kuni.
?? Malta – Ozodlik kuni.
? VOQEALAR:
- 1284 – Yepiskop Eli hozirda eng kesa va eng kichkina kollej – Piterxausga asos soldi.
- 1770 – Jeyms Kuk Yangi Zelandiyani tadqiq etib Avstraliyaga yo‘l oldi.
- 1831 – Kvebek va Monreal shahar maqomini olishdi.
-1856 – Rossiya flotida xizmat qilish yahudiylar uchun ta’qiqlandi. - 1889 – Eyfel minorasi ochildi.
- 1893 – Amerikalik Uitkomb Jadson yangi kiyim qadash vositasi “molniya”ni o‘ylab topdi.
- 1900 – Fransiyada ayollar va bolalar uchun ish soatini 11 soat bilan cheklovchi qonun qabul qilindi.
- 1900 – Amerika gazetalarida ilk bor avtomobillar haqida reklama paydo bo‘ldi.
- 1901 – “Mersedes” deb nomlangan 1-avtomobil ishlab chiqarildi.
- 1918 – AQSh birinchilardan bo‘lib yozgi vaqtga o‘tdi.
- 1918 – Bokuda millatlararo nizolar yuzaga keldi.
- 1923 – Mussolini Italiyada ish vaqtini 8 soat qilib belgiladi.
- 1936 – Myunxenda degenerativ sanʼat koʻrgazmasi (syurrealizm, impressionizm, abstraksionizm va boshqalar) ochildi.
- 1940 – Nyu-Yorkda La Gardia aeroporti ishga tushdi.
- 1954 – SSSR NATOga qo‘shilish tashabbusi bilan murojaat qildi. Lekin bu taklif rad etildi.
- 1967 – Fransiya NATOdan chiqqach uning shtab-kvartirasi Parijdan Bryusselga ko‘chirildi.
- 1968 – „Qora hukumat“ AQSH janubida Yangi Afrika davlati tuzish talabi bilan chiqdi.
- 1991 – Varshava Shartnomasi tashkilotining harbiy tuzilmalarini tugatishga qaror qilindi.
- 1991 – Albaniyada saylovlar birinchi bor ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazildi.
- 1991 – Gruziyada 99 foiz aholi
referendumda mustaqillik uchun ovoz berdi. - 1999 – Eng mashhur ilmiy-fantastik filmlardan biri – Matrisa dunyo yuzini ko‘rdi.
- 2004 – TAR-21 Tavor avtomati Isroil mudofaa kuchlari tomonidan qabul qilingan.
- 2005 – Makemake mitti sayyorasi kashf qilindi.
- 2019 – Ukrainada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi.
? TAVALLUDLAR:
- 1519 – Genrix II (1559) – Fransiya qiroli (1547-1559).
- 1596 – Rene Dekart (1650) – fransuz faylasufi, matematik, fizik, analitik geometriyaning asoschisi.
- 1685 – Iogann Sebastyan Bax (1750) – buyuk nemis bastakori.
- 1732 – Frans Yozef Gaydn (1809) – avstriyalik bastakor, Klassik davrning eng buyuk musiqachilaridan biri boʻlgan.
- 1811 – Robert Vilgelm Bunzen (1899) – olmon kimyogari, 1860-yili seziy, 1861-yili rubidiy unsurlarini ochgan.
- 1882 – Korney Chukovskiy (1969) – rus sovet shoiri, publitsist, adabiyotshunos, tarjimon, bolalar yozuvchisi.
- 1890 – Uilyam Lourens Bregg (1971) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1915).
- 1908 – Abdurazzoq Mavlonov (1975) – Sovet Ittifoqi partiya arbobi, O’zSSR Ministrlar Soveti raisi (1950—1951).
- 1914 – Oktavio Pas (1998) – meksikalik shoir, Nobel mukofoti sohibi (1990).
- 1927 – Sesar Estrada Chaves (1993) – amerikalik huquq himoyachisi.
- 1934 – Karlo Rubbia – italyan fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
- 1934 – Shirley Jons – amerikalik kino aktrisa va qoʻshiqchi.
- 1938 – Aleksandr Zbruyev – mashhur sovet va rus teatr va kino aktyori, RSFSR xalq artisti.
- 1948 – Vladimir Vinokur – taniqli sovet va rus qo’shiqchisi, teleboshlovchi, qiziqchi.
- 1954 – Layma Vaykule – latviyalik va rossiyalik estrada, xonandasi, aktrisa.
- 1971 – Pavel Bure – taniqli sovet va rus xokkeychisi.
- 1972 – Alyona Babenko – teatr va kino aktrisasi.