4 avgust kun tarixi

Bugun 4-avgust 2023-yil, juma.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro bulutli leopard kuni.
🌏 Xalqaro ishlayotgan yolg‘iz ayollar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇺 Avstraliya ‐ Milliy aborigenlar va Torres bo’g’ozi orollari bolalar kuni.
🇧🇫 Burkina Faso – Inqilob kuni.
🇻🇪 Venesuela – Milliy gvardiya kuni.
🇺🇸 AQSh – Qirgʻoq qoʻriqchilari kuni.
🇸🇰 Slovakiya – Slovakiya Maticasi kuni.
🇬🇭 Gana – Ta’sischilar kuni.
🇷🇼 Ruanda ‐ Umuganura(hosil bayrami).
🇨🇰 Kuk orollari – Konstitutsiya kuni.
🇧🇲 Bermud orollari ‐ Meri shahzoda kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 424 – Lyu Ilun jiyani Lyu Ifu o’ldirilganidan keyin Janubiy Sunning 3-imperatori bo’ldi.
  • 1326 – Moskvada Uspenskiy cherkovi qurila boshlandi.
  • 1578 – Afrikadagi Uch qirol jangida Portugaliya qiroli yoʻqolib qoldi.
  • 1662 – Moskvada “Mis isyoni” bo’lib o’tdi.
  • 1791 – Turk-gabsburg jangi boshlandi.
    -1836 – Kremlda Qoʻngʻiroqlar oʻrnatildi.
    -1897 – Elzas va Lotaringiya Germaniya tasaruffiga oʻtdi.
  • 1912 – Ilk yo‘lovchilar La-Mansh ustidan uchib o‘tdi. Yo‘lovchilar soni atigi 2 nafar edi.
  • 1914 – Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qildi (Birinchi Jahon urushi).
  • 1914 – AQSh betarafligini e’lon qildi (Birinchi Jahon urushi).
  • 1922 – Telefon ixtirochisi Aleksandr Bellning dafn marosimi. AQShda 1 daqiqa davomida 13 million telefon ishlamay turdi.
  • 1962 – Afrika Milliy Kongressi yetakchisi Nelson Mandela qamoqqa olindi, 28 yildan so‘ng ozodlikka chiqdi.
  • 1989 – Toshkentda “Temir yo‘l texnika” muzeyi ochildi.
  • 1995 – Serb Krainasi respublikasi va G‘arbiy Bosniya respublikasini tugatgan «Bo‘ron» operatsiyasi boshlandi.
  • 1964 – Shimoliy Vyetnamga AQSh bomba tashlashni boshladi.
  • 1984 – Afrikaning Yuqori Volta davlati o’z nomini Burkina – Fasoga o’zgartirdi.
  • 1988 – Afgʻon urushi – 1979-1989: Rutskoy samolyoti urib tushirildi.
  • 1999 – O‘zbekiston hamda Mavrikiy Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 2002 – Afg’onistonning sobiq podshosi Zohir Shoh 29 yil oldin tark etgan saroyiga qaytdi.
  • 2007 – Marsni o’rganish uchun mo’ljallangan Amerikaning AMS Phoenix kemasi Delta-2 raketasi yordamida Kanaveral burni kosmodromidan uchirildi.
  • 2020 – Bayrut portida portlash sodir bo‘ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1821 – Lui Vitton (1892) – fransuz dizayneri.
  • 1834 – Jon Venn (1923) – Amerikalik biolog.
  • 1859 – Knut Gamsun (1952) – norveg yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
  • 1895 – Shermuhammadov Mirmuhsin (1929) – O’zbek matbuotining asoschilaridan, jurnalist, yozuvchi.
  • 1901 – Lui Armstrong (1971) – Amerikalik jaz qo’shiqchisi.
  • 1915 – Igor Savitskiy (1984) – grafikachi rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi.
  • 1929 – Yosir Arofat (2004) – Falastin Ozodlik tashkiloti ijroqo‘mi raisi.
  • 1940 – Jamshed Karimov – Tojikiston Bosh vaziri (1992-1996).
  • 1960 – Xose Luis Rodríges Zapatero – Ispaniya Bosh vaziri (2004-2011).
  • 1961 – Barak Obama – AQShning 44—prezidenti.
  • 1969 – Ulugʻbek Soliboyev – Oʻzbekiston jamoat arbobi.
  • 1983 – Aida Xasanova – o‘zbek qilichbozi va qilichbozlik bo‘yicha xalqaro hakam.
  • 1985 – Luis Antonio Valensiya – Manchester Yunayted yarim himoyachisi.
  • 1992 – Tiffani Evans – amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi.