4 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni.
🇺🇳 Xalqaro insonlar birodarligi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇭 Filippin – Filippin-Amerika urushi xotirasi kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy kanop kuni.
🇺🇸 AQSh – USO kuni.
🇺🇸 AQSh – Rosa Parks kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka – Mustaqillik kuni.
🇦🇴 Angola – Ozodlik harakati kuni.
🇹🇼 Tayvan – Fermerlar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 634 – Birinchi Arab-Vizantiya urushi: Amr ibn al-Os boshchiligidagi musulmon qo’shinlari Datin jangida vizantiyaliklarni mag’lub etishdi.
  • 900 – Forxxaymdagi anjumanda Lyudovik IV Bola Sharqiy Franklar qiroli taxtiga o’tirdi.
  • 960 – Tay Szu Xitoy imperatori bo‘ldi. Sun sulolasi boshlandi.
  • 1169 – Sitsiliya sharqidagi zilzila natijasida 15 000 kishi halok bo’ldi.
  • 1194 – Genrix VI Gogenshtaufen Angliya qiroli Richard I Sheryurakni to‘lov evaziga ozod qildi.
  • 1348 – Yaponiyada Shimoliy Saroy qo’shinlari Shijonavata jangida Janubiy Saroy qo’shinlarini mag’lub etishdi.
  • 1508 – Trentoda Maksimilian Gabsburg Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonini oldi.
  • 1703 – Ako qasosi.
  • 1719 – Pyotr I Rossiya imperiyasi aholisining birinchi ro’yxatini o’tkazish to’g’risida farmon chiqardi.
  • 1755 – imperator Yelizaveta Petrovna Moskva universitetini tashkil etish to’g’risidagi farmonni imzoladi.
  • 1789 – Jorj Vashington birinchi AQSh prezidenti etib saylandi.
  • 1794 – Fransiya inqilobi: Milliy Konvent Fransiya va uning koloniyalarida qullikni bekor qildi.
  • 1797 – Ekvadorning Riobamba shahri zilzila natijasida butunlay vayron bo‘ldi. Taxminan 40 ming kishi vafot etdi.
  • 1824 – Amerikalik ixtirochi va tadbirkor Charlz Gudrich Bostonda rezina kalishlarni ommaga taqdim etdi.
  • 1857 – Neandertal kuni: neandertal birinchi marta ilmiy jamoatchilikka tanishtirildi.
  • 1858 – German Goldshmidt  Yevropa 52 asteroidini kashf etdi.
  • 1861 – Amerika Konfederativ Shtatlari tashkil topdi.
  • 1899 – Ueyk Atolli hech kimga tegishli bo’lmagan yer sifatida AQSh tomonidan anneksiya qilingan.
  • 1899 – Filippin-Amerika urushi boshlandi.
  • 1899 – Bremen (Germaniya) ning «Verder» futbol klubiga asos solingan.
  • 1911 – Rolls-Royce o’z avtomobillari uchun emblemani o’rnatdi.
  • 1915 – Birinchi jahon urushi: Germaniya Britaniya orollariga dengiz blokadasini e’lon qildi, bu cheklanmagan suv osti urushining boshlanishini bildirardi.
  • 1921 – Baron Ungern hujum qilig Mo’g’uliston poytaxti Urga shahrini Xitoy qo’shinlaridan ozod qildi.
  • 1944 – Amerika olimlari DNK ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbot qilishdi.
  • 1945 – Qrim konferensiyasi boshlandi.
  • 1945 – Belgiya nemis bosqinidan butunlay ozod qilindi.
  • 1948 – Shri Lanka mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1949 – Eronda Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviyga suiqasd.
  • 1961 – Angolada ozodlik urushi boshlandi.
  • 1971 – Britaniya avtomobil va samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Limited kompaniyasi bankrotlik natijasida milliylashtirildi.
  • 1976 – Insbrukda (Avstriya) XII Qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
  • 1977 – Keniya milliy aviakompaniyasi Kenya Airways tashkil etildi.
  • 1980 – Abulhasan Banisadr Eronning birinchi prezidenti bo’ldi.
  • 1992 – Ugo Chaves Venesuelada davlat toʻntarishi uyushtirishga urindi.
  • 1994 – Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996 yildan UzPAK) tashkil etildi.
    -1994 – Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.
  • 1997 – JAR ning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.
  • 1998 – “Ustoz” jamg‘armasi tashkil topdi.

👉 VOQEALAR:

  • 2003 – Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya d6avlati tashkil topdi ba Serbiya va Chernogoriya konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 2004 – Facebook ishga tushdi.
  • 2005 – Ukraina Oliy Radasi (375 deputat) ko’pchilik ovoz bilan Yuliya Timoshenkoni Ukrainaning Bosh vaziri etib tasdiqladi.
  • 2009 – Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining HMS Vanguard va Frantsiyaning Le Triomphant yadroviy suv osti kemalari (ikkalasi ham bortida WMD bilan) Atlantika okeanida suv ostida to’qnashib ketdi.
  • 2022 – Pekinda (XXR) XXIV qishki Olimpiya o’yinlarining ochilishi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1494 – Fransua Rable (1553) – fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri.
  • 1682 – Iogann Fridrix Byottger (1719) – nemis kimyogari, oq farfor olgan birinchi yevropalik.
  • 1746 – Tadeush Kostyushko (1817) – Polsha milliy qahramoni, harbiy va siyosiy arbob.
  • 1799 – Xuan Batista de Almeyda Garret (1854) – portugaliyalik shoir, dramaturg va siyosatchi.
  • 1808 – Yozef Kaetan Til (1856) – chex dramaturgi va shoiri, Chexiya madhiyasi matnining muallifi.
  • 1873 – Mixail Prishvin (1954) – rus sovet yozuvchisi, publisist.
  • 1875 – Lyudvig Prandtal – (1953) – nemis mexanigi va fizigi, aerodinamika asoschilaridan biri.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1881 – Kliment Voroshilov (1969) – sovet davlat, partiya va harbiy arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
  • 1900 – Jak Prever (1977) – fransuz shoiri, kinodramaturg, ssenariynavis.
  • 1901 – Yepisov Ivan (1963) – opera xonandasi (bas), O‘zbekiston xalq artisti (1952). To‘liq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi.
  • 1902 – Manuel Alvares Bravo (2002) – meksikalik atoqli fotograf.
  • 1903 – Simo Bayich (1942) – partizan, Yugoslaviya milliy qahramoni.
  • 1906 – Klayd Uilyam Tombo (1997) – amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan.
  • 1913 – Roza Parks (2005) – amerikalik ijtimoiy faol, Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakatining kashshofi.
  • 1945 – Po‘lat Bulbul o‘g‘li – sovet va ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, siyosatchi va diplomat.
  • 1947 – Abirqul Boʻtayev (2002) – tarixchi olim va muzeyshunos, SSSR Xalq maorifi a’lochisi. Samarqand viloyatida 1984-yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan.
  • 1948 – Elis Kuper (haqiqiy ismi – Vinsent Furne) – amerikalik rok musiqachi.
  • 1973 – Oskar de La Xoyya – amerikalik bokschi, olimpiya chempioni (1992), jahon chempioni.
  • 1975 – Natali Jeyn Imbrulya – avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
  • 1985 – Lesli (Leslie Burgoin) – fransuz R’n’B qo’shiqchisi.
  • 1989 – Valentina Gunina – rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.
  • 1995 – Liza Vittozzi – italiyalik biatlonchi.