5 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon Nutella kuni.
🌏 Butunjahon hayvonlar uchun Reyki kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇩🇰 Daniya – Daniya qirolichasi Meri tug’ilgan kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy ob-havo ma’lumoti kuni.
🇫🇮 Finlyandiya – Runeberg kuni.
🇸🇲 San-Marino – Ozodlik kuni va Avliyo Agata kuni.
🇧🇮 Burundi – Birlik kuni.
🇵🇰 Pokiston – Kashmir bilan birdamlik kuni.
🇲🇽 Meksika – Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

  • mil. av.2 – Oktavian Avgust “mamlakat otasi” unvonini oldi.
  • 62 – Pompeyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
  • 1597 – Nagasakida Toyotomi Xideyosi buyrug‘iga ko‘ra 26 ta katolik xochga tortilib qatl etildi.
  • 1783 – Italiyada tarixdagi eng uzoq davom etgan zilzila boshlandi (32 mingdan 50 minggacha qurbon).
  • 1810 – Pireney urushi: fransuz qo‘shini tomonidan Kadis qamali boshlandi.
  • 1852 – Yangi Ermitaj birnchi marta omma uchun ochildi.
  • 1901 – Moskvada Yeliseev doʻkoni ochildi.
  • 1909 – Leo Bakeland plastmassa ixtiro qildi.
  • 1917 – Meksika Qo‘shma Shtatlari konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1919 – Yevropada birinchi yo’lovchi aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi.
  • 1919 – Meri Pikford, Duglas Ferbenks, Charli Chaplin va David Griffit “United Artists” kinostudiyasini tuzishdi.
  • 1924 – BBC har soatda aniq vaqt signallarini uzatishni boshladi.
  • 1926 – Latviyada sovet diplomatlariga qurolli hujum uyushtirildi.
  • 1928 – birinchi marta D vitamini sun’iy ravishda olindi.
  • 1952 – Nyu-Yorkda piyodalar uchun birinchi svetofor o‘rnatildi.
  • 1971 – “Apollon-14” missiyasi doirasida astronavtlar Alan Sheppard va Edgar Mitchell Oyga qadam qo‘yishdi. 
  • 1979 – Oyatullo Humayniy Eronni islom davlati deb e’lon qildi.
  • 1992 – O‘zTAG O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ga aylantirildi.
  • 1993 – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun abiturentlarni test usulida tanlab olish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
  • 1995 – Qirgʻizistonda ikki palatali Oliy Kengash saylandi.
  • 2000 – Chechenistondagi qirgʻin.
  • 2004 – Gaitida Jan-Bertran Aristidga qarshi qo‘zg‘olon.
  • 2023 – Yevropa Ittifoqida Rossiya neft mahsulotlariga narxlar chegarasi kuchga kiradi (tranzit muddati 55 kun).

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1804 – Yuxan Lyudvig Runeberg (1877) – fin shoiri, Finlandiya madhiyasining muallifi.
  • 1812 – Jorj Dantes – fransuz ofitseri va siyosatchisi, Aleksandr Pushkinning qotili.
  • 1836 – Nikolay Dobrolyubov (1861) – rus yozuvchisi va adabiyotshunosi.
  • 1840 – Xayrem Stivens Maksim (1916) – britaniyalik qurolsoz, avtomatik vintovka, to‘p va pulemyot ixtirochisi.
  • 1878 – Andre Gyustav Sitroyen (1935) – fransuz muhandisi va sanoatchisi, Citroen nomli avtomobil kompaniyasining asoschisi.
  • 1914 – Alan Xodjkin (1998) – britaniyalik neyrofiziolog va biofizik, Nobel mukofoti sohibi (1963).
  • 1915 – Robert Xofshtadter (1990) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1961).
  • 1924 – Aleksandr Matrosov (1943) – sovet askari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1927 – Dushan Fayziy – shoir va dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1977).
  • 1928 – Komil Oqilov – tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.
  • 1946 – Sharlott Rempling – kino aktrisa.
  • 1948 – Tomas Uilkinson – britaniyalik aktyor.
  • 1952 – Tursun Ali (O‘rmonov) – o‘zbek shoiri.
  • 1958 – Abulqosim Mamarasulov – o‘zbek adibi.
  • 1965 – George Xadji – rumin futbolchisi.
  • 1978 – Abdulhay Otaxoʻjayev – dublyaj aktyori. “Kinoteatr” telekanalining bosh muharriri.
  • 1985 – Krishtianu Ronaldu – portugaliyalik futbolchi, Saudiyaning ’’Al-Nasr’’ klubi a’zosi.
    -1986 – Manuel Fernandesh – portugaliyalik futbolchi.
  • 1992 – Neymar – braziliyalik futbolchi, olimpiya chempioni (2016).
  • 1993 – Lim Jon Sim – shimoliy koreyalik og’ir atletikachi, ikki karra Olimpiya chempioni