59-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5801. Xalqimizda bir odat bor .Unga koʻra agar tovoqda osh qolsa uni X qilishgan.
Xni ikki soʻz orqali ifodalang?

Javob: Osh otish. Xalqimizda tovoqning soʻngida qolgan oshni oxirida qolib yeya olmagan kishining ogʻziga hovuchlab solishgan

5802. Bu sport turi XIX asrning oxirlarida yevropada paydo bo’lgan va tezda dunyoga tarqaldi. Olimpiada o’yinlari qatoriga kiruvchi bu sport turi «Qirollar o’yini » hisoblanarkan. Sababi bu sport turi bilan muntazam ravishda shug’allanish shifokorlar tomonidan ko’z uchun juda foydali sanaladi va bunga e’tiborsiz bo’lmagan yevropalik boy va mansabdorlar uni sevib o’ynashga odatlanishgan. Bu sportning kelib chiqishida bir nechta taxminlar mavjud. Dastlabki taxminga ko’ra Misrning Tanis shahrida kelib chiqqan sanaladi. Yana bir taxminga ko’ra oʻrta asrlarda bu oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan va sportning hozirgi nomini shu bilan bog’lashadi. Fransuzchada mana ol ma’nosini anglatuvchi bu sport turini aniqlang?
Javob: Tennis
Izoh: hozirda ikki yoki to‘rt kishi o’ynovchi tennisni o’rta asrlarda 10 kishi o’ynashgan va inglizcha tens o’nlab so’zidan kelib chiqqan deb qaraladi. Misrning Tanis shahrida ham tennisga o’xshash o’yinlar o’ynalgan. Fransuzchada esa tennis «tenez mana ol» ma’nosini berarkan.

5803. Aqshning bir jurnali XVIII asr boshlaridan boshlab chiqa boshlagan va o’z davrida oddiy bir sabab tufayli ancha mashhur bo’lgan ya’ni jurnal burchagida kichik teshikcha bo’lgan.
Savol: Jurnaldagi teshikcha nimaga hizmat qilgan?

Javob: Jurnaldagi teshik ishlatib bo’lingandan so’ng hojathona devoridagi mixlar uchun osongina ilinadigan bo’lgan va bir tortishta yirtib olingan

5804. Insoniyat rivojida erkaklarning xissasi beqiyos . «Yurt boshiga ish tushsa , birinchi bo’lib mard yigitlar koriga yaraydi . Shuning uchun , O’g’il bolalarning tarbiyasi bilan mukammal shug’ullanmoq kerak » deb yozgan faylasuf Aflotun . Aflotun «Yigitning mardligi qachon bilinadi : u nafaqat otda yurish qilichbozlik ilmu arqon o’rganishga balki mardlikda jasurlikda zid bir his ham yigit ko’rkiga koxrk bag’ishlaydi » degan.
Savol qanday his yigitning barkamol qiladi?

Javob: Yigit navnihol paytida ayrim hollarda uyala bilmog’i kerak . Bu uning beg’uborligini ko’rsatadi!

5805. Qadimda hindu qabilalari bir biriga turli predmetlar orqali xabar yuborishgan. Masalan urush e’lon qilishmoqchi bo’lishsa nayza yoki tomagavk (https://t.me/TAIRI_Nnt/11935). Aytingchi ularda tinchlik belgisi nima bo’lgan?
Javob: Tamaki va trubka

5806. Buyuk Charli Chaplin shunday degan. “Komediya suratga olish uchun menga park, politsiyachi va alfa kifoya qiladi”.
Alfa dagi ostidagini ikki so’zda ayting?

Javob: Chiroyli qiz

5807. 1988 yilda Armanistonda kuchli zilzila sodir bo’ladi. O’sha zilziladan keyin arman erkaklari soqol qo’yib yuborgani kuzatilgan. Nima uchun?
Javob: Soqol qo’yish ularda motam belgisi.

5808. Ushbu element miloddan 6—7 ming yil avval Misr, Mesopotamiya va qad. dunyoning boshqa mamlakatlari xalqlariga maʼlum boʻlgan. Ular Alfadan haykal, uy anjomlari va boshqa buyumlar yasashgan. Rimliklar alfadan suv quvurlari sifatida foydalanishgan. Yunonistonda alfa birikmalari — turli dori va boʻyoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan. Hozirda akkumulyatorlari usiz tasavvur etish qiyin. Oʻsimliklar esa oʻzi uchun kerakli alfani tuproqdan, suvdan va atmosfera yogʻinlaridan oladi. Odam organizmi uchun esa zaharligini hisobga olib alfa ni aniqlang ?
Javob: Qo‘rg‘oshin

5809. Atoqli olmon faylasufi Artur Shopengauer ezma bir xotin bilan birga tushlik qilib qoladi. Tushlik davomida ayol eri va o‘zi o‘rtasidagi munosabatlar haqida mayda-chuydasigacha gapirib, noliydi. Faylasuf uni sabr-toqat bilan eshitib o‘tiradi, lekin hech narsa demaydi. Bundan zardalangan xotin: – Meni tushunyapsizmi, o‘zi? – deb so‘raydi. – Yo‘q, – deb javob beradi Shopengauer. – Lekin …
Shopengauerni gapini davom ettiring?

Javob: Lekin eringizni juda yaxshi tushunib turibman.

5810. Bu savol qishloq odami uchun cho‘t emas. Odatda chorva mollarni yani sigirlarni sotish uchun chorva bozoriga olib boriladi. Odamlar sigirini sotishdan oldin bozorda chiroyli va savdogir bo‘lish uchun uni yuvintiradi. Lekin chorva bozordan qaytgan sigirlar yuvintirilib olib chiqqaniga qaramay chap tomoni dog‘ bo‘lib qolar ekan. Diqqat savol bu dog‘ nimaning dog‘i bo‘lishi mumkin?
Javob: sut dog‘i
Izoh: sigirni harid qilmoqchi bo‘lgan uni sutini bilish uchun qo‘liga sog‘ib ko‘radi va qo‘lidagi sut dog‘ini sigirni ustiga artadi. Nega chap tomon? Chunki sigir chap tomondan sog‘iladi.

5811. «Sport» gazetasida Yevro-1984 haqida maqola chop etiladi. Maqola nomi ikki so’zdan iborat. Yordam sifatida shuni aytish mumkinki sarlavha nomi mashhur ingliz yozuvchisi va mashhur fransuz futbolchisining familiyasidan iborat. Maqola sarlavhasini toping?
Javob: «Shou Platini».
Yevro-84 haqiqatan ham Platinining porlagan davrida bo’lgan edi.

5812. Bu daraxt po’stlog’ining shifobaxsh xususiyatlari azaldan ko’p millatli xalqlarga ma’lum bo’lgan. XVIII asrning o’rtalarida Zdmund Stoun londonning qirollar jamoasi prezdentiga bu daraxt po’stlogi isitmani tuzatishi haqida hisobot berdi. Bu daraxt namlik yuqori va botqoq joylarda o’sishini inobatga olib aytingchi gap qaysi daraxt haqida ketmoqda?
Javob: Tol daraxti

5813. Yapon olimlari hozirda o’zida tonna tonna yukni ko’tara olib suzib yuruvchi va yukni tashlab kelish uchun hech qanday yonilg’iga muhtoj bo’lmaydigan ixtironi yaratish fikri tug’ildi eng qizig’i buni ular u narsadan ilhomlanib yatatishmoqchi ekanligini bildirishdi
U narsani biz har kuni ko’ramiz
Ammo unchalik ham e’tibor beravermaymiz siz u narsa nima ekanligini ayting?

Javob: Bulut

5814. Mashhur bobomiz Rudakiy o’z asarlarining birida xalqni tarbiyaga chaqirib shunday degan edi
«Qaysi bir millatni yakson qilmoqchi bo’lsangiz ularning X larini tarbiyadan chiqaring. Qaysi bir millatni yuksaltirmoqchi bo’lsangiz ularning X larini chiroyli tarbiyaga chaqiring»
Xo’sh bilimdonlar aytingchi X ning o’rnida kimlar nazarda tutilgan?

Javob: X = Qizlar (bo‘lajak onalar)

5815. O’g’li jangda o’lgan sparta ayollari marhumning jasadini ko’rish uchun jang maydoniga borishgan. Shunda ayrim marhumlar dafn etilmasdan tashlab ketilgan.
Bunga sabab nima?

Javob: Agar marhum orqa tomondan yaralangan bo’lsa jangdan qochgan xoin deb hisoblab dafn etmay tashlab ketishgan.

5816. XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan har bir odam “Sharqqa bosh egish”
aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Hozirda esa bu deyarli hamma joyda bir shaklda
qo‘llaniladi. Bir hudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha hududda boshqacha tarzda
qo‘llaniladi. BU nima?

Javob: Arab raqamlari.

5817. Rossiyada chop etiladigan “Xalqaro huquq” jurnalining birinchi betida 1998 yil
yo‘lbars, 2000 yilda baliq, 2001 ilon rasmi chop etilgan. Lekin 1999 yildagi har bir jurnalda
quyonning rasmi bilan bir insonning rasmi chop etilgan. Savol, bu kim?

Javob: Pushkin
Izoh: shu yili Pushkinning 200 yilligi bo’lgan

5818. Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman.
“Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni
bir so‘z bilan tugating?

Javob: Ishlamadi

5819. Germaniyada – perlon, Polshada – stilon, Shvetsiyada – grilon. Xo‘sh bizdachi?
Javob: Kapron

5820. Anatomlar inson tanasidagi mushaklardan birining nomini «Tikuvchilar mushagi» deb nomlashgan.
Sizlar aynan shu mushak tananing qaysi sohasida joylashganini aniqlang?
Sizlarga bermoqchi bo’lgan savolim garchi tibboyot hodimlari bilishi kerak bo’lgan mavzuda bo’lsa ham mantiqan o’ylab javob topa olasiz degan umiddaman?

Javob: Son sohasida
Izoh: Bu muskul tikuvchilarda oyoq bilan tikuv mashinasi tepkisini ish jarayonida muntazam bosishlari tufayli ko’proq va yaxshiroq rivojlangani uchun anatomlar huddi shu muskulga shunday nom bergan

5821. Hindiston kino ustalari suratga olgan «English Venglish» kinosining bir epizodida Nyu Yorkga kelgan «Amitabx Bachchan»ga aeroport hodimi Shunday savol beradi-AQSHga nima maqsadda keldiz?
Shunda Bachchan personaji bir antiqa va bir tomondan rost bo’lgan javob bilan hodimi «yediradi»
SAVOL u qanday javob bergan?

Javob: -(kulimsirab)Shu yerda 3-4 dollar ishlab topib AQSH iqtisodiyotiga yordam bergani keldim

5822. Bizda tabobatda undan doim ham foydalanaverilmaydi. Lekin misr ayollarining 90% ning fikricha bu narsa yuz uchun foydali bo‘lib odamni yoshartirar ekan. Savol u nima?
Javob: tuproq, qum
Manba: «Ming dardga ming davo».

5823. U yaqin o’tmishda bizda kelinchak «inventar»laridan biri bo’lgan. Uzoq o’tmishda esa Rimda jangchi qullar ramzi hisoblangan. Bir hazilga ko’ra, mabodo, «Nega?» degan savolga javob topa olmay qolsangiz, u yordamga keladi. U nima?
Javob: gladiolus
Izoh: – kelinlar qo’lida gladiolus bo’lardi oldinlari;
-gladiator va gladiolus asosdosh so’z («qilich») bo’lgani uchun ham «jangchi qul» atamasini ishlatdik;
-Почему?
-Потому что гладиолус:)

5824. Aleksandr Chakovskiyning ’’Qamal ’’ nomli kitobida Gitler Bergxofdagi rezidensiyasi bo‘lmish istiroxatgohini ya’ni villasini juda yaxshi ko‘rgan deb aytiladi. Hatto u generallarni ham shu yerda qabul qilgan. Savol nega aynan shuyerni Gitler yaxshi ko‘rgan?
Javob: U yer Alp tog’i joylashgan.
U hammadan balanda turishni hohlagan.
Manba: A.Chajovskiy «Qamal».

5825. Rossiyaning qaysidir bir yerida joylashgan Kristina deb nomlangan go’zallik saloni tashqi tomonidagi nomi yozilgan bannerda salon nomidagi «Kristina» so’zining bosh harfi soha bilan bog’liq bir predmet orqali ifodalangan. Diqqat kutilmagan savol. Siz menga o’sha predmetni emas, uni yutadiganni ayting?
Javob. Tosh
Izoh. U predmet qaychi edi. Tosh qaychi qog’oz o»yinida esa qaychini tosh yutadi.

5826. Bir erkak va ayol ish yuzasidan suhbatlashishdi. Ular uchrashganlarida erkak so‘rashish uchun qo‘l cho‘zdi. Lekin bu befoyda edi.
Savol nega?

Javob: estetika bo‘yicha erkak va ayol uchrashish vaqtida ayol birinchi so‘rashish uchun qo‘l cho‘zish kerak.

5827. Meksika va Kolumbiyada harbiylar askarlarni ma’lum mavsumda okean va dengiz bo’yiga olib borib «bir jonzotni ko’payishi uchun» boshqa yirtqichlardan va brokonerladan himoya qiladi.
Savol:u hayvon qaysi?

Javob: Dengiz toshbaqasi!

5828. «Sherlok Holmsning sarguzashtlari» asari muallifi A.Konan Doyl o’z asari qahramonini dastlab yaxshi ko’rgan keyinchalik esa undan nafratlana boshlagan uni asarlaridan surib chiqarishga harakat qilgan. Ammo foydasiz ketgan bu harakatlari.
Savol: muallif nima sababda Holmsdan nafratlangan?

Javob: Asarda Holmsning uyi bilan uning uyi bir xil ko’rsatilgan ya’ni
Beyker-Street, 221-uy.
Shu uyga asar muallifi uchun emas balki Sh.Holms uchun xat kelgan. Shu muallifni Holmsdan Nafratlanishiga sabab bo’lgan.
Manba : «Harobadan chiqqan mashhurlar» kitobidan.

5829. Patanatomlar xizmat qiladigan xalqchil tilda «Morg» deb ataluvchi o’liklarni yorib o’rganuvchi maskanlarni eshitmagan odam bo’lmasa kerak. XVI-XVII asrlarda murdalarni yorish ochiq yo’lga qo’yilib, buning uchun shaharlarda maxsus alohida joylar quriladi va bu joylar xalq tomonidan antiqa nom bilan nomlanadi. Ya’ni «Anatomik x» Sizlarga yordam tariqasida shuni ayta olamanki X lar bugungi kungacha odamlarni o’ziga jalb etib kelmoqda?
Javob: X = Teatr
Ya‘ni «Anatomik teatr»
Izoh: O»sha davrlarda odamlar murdaning organlarini tasvirini chizish uchun yorib ko’rgan va har bir shifokor yaxshigina rassom ham edi U yerda murdalar yorilgach ichki a’zolari olib qo’yilar va teri ichiga somon tiqilib tikilib mumiyolanar va saqlab qo’yilar edi Tashqaridan ko’rganlar esa bularni «teatr aktyor»lari deb nomlashardi

5830. Buyuk bir shaxsning fikricha: “Intellektni ilohiylashtirmaslik kerak. Uning baquvvat muskullari bor-u, lekin X si yo‘q”.
Siz X nimaligini bir topib ko‘ring-chi?

Javob: Intellektni ilohiylashtirmaslik kerak. Uning baquvvat muskullari bor-u, lekin yuzi yo‘q.

5831. Inglizlar uni ayol deb hisoblashadi . Eronda va boshqa ko’p davlatlarda u aniq – erkak   Uning qo’shnisi esa barcha tillarda faqat  erkak deb aytiladi . Birinchisi ayol deb ataladimi , erkak deb tushiniladimi farqi yo’q , ammo ikkinchisini vazifasi juda katta . U albatta erkak bo’lishi kerak . Birinchisi va Ikkinchisini nomma nom ayting?
Javob: Shoh va Farzin

5832. Xindlar «divabxit» «ya’ni» yorug’dan qo’rquvchi» degan so’z bilan bir jonzotni va alohida bir ish bilan shug’ullanuvchi insonni aytishadi Siz ham  ularni ayting?
Javob: Boyo’g’li va o’g’ri.
Ikkisi ham tunda ov qiladi.

5833. Aytishlaricha, bir kuni Aleksey ro’parasidagi uyda kimdir deraza orqali stol, stul va kursilarni chiqitga chiqarayotganini ko’radi. Bu holatga qaragancha tikilib qoladi va hatto hayol bilan ichayotgan choyiga anchagina qandlarni solib yuboradi. Savol: Bir qancha vaqt o’tgach Aleksey nimani ixtiro qilgan?
Javob: Tetris

5834. Ingliz hazilkashlarining fikricha, Yer yuzida Adamning Evaga jannat bog’ida ishlatgan frazasi dastlabki ALFA hisoblanarkan.1987-yilda 100 ming so’zdan iborat dunyodagi eng uzun ALFA Ginnesga kirdi. Internetdan ALFA ni qidiraturib, xatolik yuz bersa, shunda ham ALFA ga misol ko’rishingiz mumkin. Savol: Biz nimani ALFA bilan almashtirdik?
Javob: Palindrom.
Izoh: Adamning ilk frazasi “Madam, I’m Adam” bo’lgan ekan. Internetda xato yuz bersa 404 ni ko’ramiz, bu ham palindromning bir turi.
P.s Palindrom-o’ngdan ham chapdan ham bir xil yoziladigan so’zlar
Masalan: Aziza, Nodon

5835. Qo’l yozmadan na’muna keltiraman:
«Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa va tez aylansa, u havoda tirgak
Hosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.»
Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting?

Javob: Leonardo Davinchi, vertalyot.

5836. Biz bilamizki Amir Temur qo’shini asosan otlardan iborat. Amir Temur qo’shini biror-bir shahar yoki qal’ani egallash uchun asosan tunda yaqinlashgan. Otlarni shunday xususiyati bor ekanki manzilga yaqin qolganda kishnab har xil ovozlar chiqarar ekan.
Amir Temur shunday chora o’ylab topganki natijada otlar kishnamagan.
Savol u qanday chora?

Javob: Sunbula o’simligini lunji ya’ni labiga ishqalaydi shunda ot kishnamas ekan

5837. 1666 yilda Angliya poytaxti London shahri yong‘in natijasida xonavayron bo‘lib, aholining 90% uysiz qoladi. Inglizlar aybni darrov imigrantlardan qidira boshlaydi, bunda ular 2 ta millatni ayblashadi 1-fransuzlar, sizlar ikkinchi millatni toping?
Javob: Gollandlar

5838. Qadimgi hind hikoyalarida aytilishicha, Yer yuzida faqatgina 4 ta savol ahamiyatli ekan. Va ularning hammasining javobi bitta. Savollar quyidagicha: Tana nimadan tashkil topgan? Muqaddas narsa nima? Yashash uchun sabab nima? O’lim uchun sabab nima? Savol: Bu savollarga javob nima?
Javob: Sevgi, muhabbat

5839. 1962 yil Ispaniya qirg’oqlaridan Kolumbning «Ninya» karavellasini nusxasi bo’lgan kema jo’nab ketadi. Sayohatchilarni maqsadi sayyohning marshrutini takrorlash edi. Ular o’zlari bilan Kolumbgacha Ispaniyada bo’lmagan biror narsaniyam olmaydilar. Faqat Undan tashqari. U nima edi?
Javob. Sigareta. Bilamizki tamakini Kolumb olib keladi yevropaga.

5840. 1999 yilda Yaponiyada U bilan bog’lik ikkita o’lim qayd etilgan. Bir qiz tormozni bosolmay qolishi natijasida, ikkinchisi esa yiqilib bosh miya jarohati natijasida. U ni ikki so’zda ayting.
Javob: Baland poshna

5841. Ushbu so‘z biroz ajablanarli bo‘lsa ham arabcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib o‘zbekchada usta-xona ombor xona ma’nolarini anglatadi. Keyinchalik bu so‘z arablardan fransuzlarga, so‘ng ruslarga va boshqa tillarga o‘tgan. O‘rta asrlarda Movarounnahrda qurol-yarog‘ saqlanadigan joy — jevaxona so‘zi uning ma’nodosh so‘zi hisoblanadi. Hozirda esa angliyaning futbol klublaridan biri shu nomda atalashini hisobga olgan holda uni toping?
Javob: Arsenal

5842. Tarixni bilasizmi yo‘qmi bu menga qorong‘u shunday bo‘lsada ushbu savolda qiynalmaysiz deb o‘ylaymiz! Hozir men sizga Germaniyaning 3 nafar mashhur bo‘lgan Imperatorlarini sanab o‘taman Vilgelm I, Vilgelm II va Fredrix III. Savol shunday siz ushbu qatorda keltirilgan nomlarni bog‘lab turgan so‘zni ayting!
Yordam sifatida aytib o‘tishim mumkin: Savol javobi, Muqaddas Rim imperiyasida va Avstriya imperiyalarida ham uchraydi?

Javob: «Kayzer» unvoni ( Lotincha – Caeser so‘zidan olingan)
Izoh: Germanlarda monarx unvoni . Qadimgi rimliklardagi «Sezar» unvonidan kelib chiqqan. Yevropaning boshqa tillarida Germaniyaning 3 nafar Imperatori: Vilgelm I, Vilgelm II, Fredrix IIIga nisbatan ishlatigan. Germaniyaning bu paytdagi davri (1871 – 1918 ) «Kayzer Germaniyasi» deyiladi.

5843. Ilmu-maruf donishlar aytishlaricha bir nechta narsa hayotda uzoq vaqt qololmas ekan. Bular: Yoshlikning husni, mol dunyoning serobligi, yolg‘on aytilgan maqtov, yengil tabiat ayolning sevgisi, yomon odamning hamdo‘stligi, bulutning … !
Savol: siz menga donishmandlar fikrini qoldirib ketilgan bir so‘z bilan yakunlab bering?

Javob: SOYASI

5844. Nosir Xusrav Armaniston tog’laridagi bir shaharga borib, u yerda arab, fors va armanlar ham yashashini ko’rib: «Bu shahar turli aholili bo’lganligi uchun …….deb atalgan kerak, deb o’ylayman» deb yozadi. Savol: U qaysi shaharga borgan va bu shahar nima deb atalgan?
Javob: AXLAT shahri.
Izoh: Bu yerda «aralash», «qurama» degan ma’noda.
Manba: «Sayyoh olimlar». H.Xasanov asari

5845. NAPALEON yurishlari davrida ob -havo katta ahamiyatga ega edi. Uning bir yurishida Qamoqxona mahbusidan xat keldi. Unda 1 hafta oldingi ob-havo haqida yozilgan edi!. DIQQAT SAVOL MAHBUS 1 hafta oldingi ob-havoni qanday aniqlaydi .Maksimal aniqlikda Javob variantingizni yo’llang?
Javob: «O’rgimchak to’ri» orqali bilgan!
Izoh: agar o’rgimchak keng chiroyli qilib to’r to’qisa havo iliq kun yaxshi va ochiq bo’lishidan dalolat bergan! Mahbus shu orqali ob havoni bilib olgan!

5846. Bu «A»dan foydalanuvchilarda odatda «B» ham bo’ladi, lekin bu narsa hamma joyda har xil standartga ega. Masalan: AQShda qat’iy belgilanmagan lekin «B» dan foydalanishadi, Malayziyada «A» standarti konservativ ko’rinishga ega bu davlatda ham ularda «B»ni ko’rasiz. Eng g’ayritabiiysi yana bir davlatda ularda «A» kimano ko’rinishida lekin bularda «B» ni ko’rmaysiz.
AZIZ BILIMDONLAR: Bizga «A» va «B»nima ekanligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: A-maktab formasi
B- portfel

5847. Odatda, ikki kuchning to’qnashuvi yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin bu holat bundan mustasno. Bu «to’qnashuv» hosilasi ko’zimizni quvnatib, ilhom bag’ishlaydi. Kimlar uchundir qurol, yana kimlar uchun ko’prik hisoblanadi. Bizda esa «harakat»ni ifodalaydigan «u»ni toping?
Javob: kamalak.
Izoh: «Ikki kuch» – bu quyosh nuri va havodagi suv tomchilari bo’lib, qadimgi hind afsonalariga ko’ra, kamalak Indra ilohining kamoni hisoblangan, qad. yunon afsonalarida esa Xudolar va insonlar dunyosini bog’lovchi ko’prik ramzi bo’lgan. Bizda esa «Kamalak» bolalar ijtimoiy harakati

5848. Rasmli savol
Ma’lum muddat oliynasablik belgisi va go’zallik aksesuari sifatida ishlatilgan. USHBUni XVIII asr shifokorlari bosh aylanishiga, ko’z shamollashiga, kuyish va epilepsiyaga qarshi «dori» sifatida tavsiya qilishgan. Sur’atda siz ushbuning zamonaviy ko’rinishlaridan birini ko’rishingiz mumkin. Marhamat USHBU suratdagi aslida nima ekanligini toping?

Javob: Soyabon

5849. Eronda jamoat transportida konduktorlar salon o’rtasida turishi belgilab qo’yilgan. Ular bilet sotishdan tashqari yana bir vazifani bajarishar ekan. Bu qanday vazifa?
Javob. Salonda erkak va ayol yo’lovchilarni ajratib turishadi.

5850. Hurmatli bilimdonlar, keling Oxford universiteti talabalariga berilgan mantiqiy savolni esga olaylik, ya’ni:
1111=0
2680=4
3893=3
1590=? hullas bu mantiqiy savolni javobini barchamiz yaxshi bilamiz, ya’ni bu savolda raqamlardagi aylanalarni sanash kerak bo’lgan. Endi biz sizga beradigan savolimiz shunga o’xshash!
3, 3, 4, 2, 4, 3, 4, 5, 6, 6, 2, 5, 6, 4, …. mantiqan o’ylab raqamlar nega bunday terilgani sababini ANIQ QILIB AYTING?

Javob: raqamlardagi umumiy harflar «soni»!!!
nol- 3
bir – 3
ikki – 4
uch – 2
to’rt – 4 hullas davom etadi shu tartibda

5851. AQSh prezidentlaridan biri UNI xudo bizni sevishinishi isboti deb aytib ketgan ekan. U insoniyat bilan bir necha ming yildan beri birga. Ba’zi antropologlar fikricha U insonlar sivilizatsiyasida juda katta ro’l o’ynab bergan, ya’ni Uning oqibatida insonlar ovchilikdan yerga ishlov berib, dehqonchilik qilishga o’tishgan. Savolimiz oddiy, UNI toping?
Javob: Pivo
Izoh: AQSHning eng mashhur prezidentlaridan biri Benjamin Franklin pivoni xudo bizlarni yaxshi ko’rishini isboti deb aytgan. Pivoning birinchi marta yaratilishi ham uzoq tarixga borib taqalar ekan. Ba’zi antropologlar aynan piva tufayli insonlar ovchilikdan dehqonchilik qilishga o’tishgan degan nazariyani oldinga suradi.

5852. Qadimdan Irland xalqi ajoyib bir ot zotini parvarish qilib kelishgan ekan. Bu ot zoti bo’yi o’rtacha bo’lsa ham juda ham chidamliy ekan. Shuning uchun bo’lsa kerak bu ot zoti shaxtalarda va dalalarda ayovsiz mehnat qilar ekan. Hatto ularni poygalarga ham qo’yib turiladi. Shuning uchundir Irlandalar bu ot zotiga juda bog’lanib, vaqtini juda ko’p qismini ular bilan o’tkizar ekan. Savol: bu ot zoti qanday nomlanadi?
Javob: Xobbi
Izoh: bu ot zotini Irlandalar shunchalik yaxshi ko’rib qolgan ekanki, bu ot ularni XOBBIsiga aylanib qolgan. Shuning orqasidan bu ot zoti XOBBI deb nomlangan

5853. Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida agar Farhod va uning vatandoshlari ham musulmon bo’lganida edi, musulmonlar soni anchaga ko’paygan bo’lardi deydilar. Navoiy hazratlari nimaga ishora qilganlar?
Javob: Farxod xitoylik – chinlik edi

5854. Rossiya fuqarolarining emigratsiya hisob kitobi bo’yicha 1992-1999 yilgacha 1,5% i Ispaniyaga, 7,1% i Gretsiyaga, 9,7% i AQSHga yashash uchun ko’chib ketgan. Savol: Qolgan necha % rossiyaliklar qaysi davlatga ko’chib ketishgan?
Javob: 72,3% aholi Germaniyaga. Rossiyada 7-8 mln. nemislar yashagan.

5855. Oq saroy qurilish davrida binoni qurish jarayoni tez bitib binoga bezak berish jaronigacha 2 yil muddat qurish ishlari to’xtatib qo’yilgan ekan. Qizig’i shundaki shu 2 yil davomida shiftdan yerga zanjir osib qo’yishgan ekan. Diqqat savol Nima sababdan zanjir osib qo’yishganni maksimal aniqlikda yozib yuboring?
Javob: binoning kerakli chuqurlikka cho’kishini kuzatish uchun

5856. U inson o’z mamlakatida juda yaxshi obru-e’tiborga ega, mashhur va bir necha bor «Ginnesning rekordlar kitobi» dan joy olgan, u Shu qadar mashhurki uni o’z mamlakatidagi deyarli barcha inson taniydi, ammo uning uzoq yillardan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjati ya’ni pasporti yo’q?
U kim?

Javob: Angilya qirolichasi Yelizabetta II

5857.Mendeleyev dunyoning 100 dan ortiq akademiyalari va ilmiy jamiyatlari a’zosi bo’lgan. U bir kuni o’zining barcha unvonlari keltirib o’tilgan maqola korrekturasini o’qir ekan kulganicha bu maqolani bosib bo’lmaydi deydi. Olim nima uchun bunday degan?
Javob: Chunki uning unvonlari podshonikidan ko’p bo’lgan.

5858. Ushbu serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan. Serialning ilk qismi 2004-yilning 16-noyabrida FOX telekanalida efirga chiqdi. Serialdagi bosh qahramon bilan mashhur kitobiy detektiv Sherlok Xolms oʻrtasidagi oʻxshashliklar butun teleserial davomida kuzatib boriladi. Oʻxshashlik taraflariga qahramonning ishni yechimida boʻlgan ishonchi, qiziqarsiz deb bilgan ishlarga qoʻl urmasligi, uy manzili (221B-xonadon) musiqiy asbobni chalish (Holms skripkani, serialdagi qahramon pianino va gitarani chaladi) misol qilish mumkin. Serialning nomi bosh qahramonning nomi bilan bog‘liqligini bilgan holda qaysi amerika seriali ekanligini toping ?
Javob: Doktor House

5859. Rostgo‘ylik xuddi X ning ipiga o‘xshaydi. U uzilsa, kishining barcha fazilatlari sochilib ketadi.
X ni aniqlang?

Javob: Tasbeh

5860. «Dunyo mo’jizalari» atlasida har bir qit’adagi mashhur arxitektura inshootlariga xronologik tartib berilgan. Ushbu atlasda Bryussel Gran Palasi(1402-y.) va Rimdagi Avliyo Pyotr sobori(1506-y.) oralig’ida qanday inshoot borligini ayting?
Javob: Moskva Kremli

5861. Shoir Abay unga shunday ta’rif beradi:
«Oq saqolli, oq kiyimli, so’qir va gung, paxlavon, tirik jonni tanimaydi»
Shoir nimaga ta’rif bergan?

Javob: Qish fasli

5862. Bir kuni xayr-sadaqa yo’li bilan uyushtirilgan kechada qatnashib, keksaroq ayollardan birini raqsga taklif etibdi. Raqs tamom bo’lgach, haligi ayol uyalib, qizarib atoqli yozuvchiga minnatdorchilik bildiribdi. Bernard Shou unga javoban shunday debdi: “Minnatdorchilik bildirishning hojati yo’q, xonim. Axir, biz …”.
Savol: Shouni gapini davom ettiring?

Javob: Minnatdorchilik bildirishning hojati yo’q, xonim. Axir, biz xayr-sadaqa kechasida ishtirok etyapmiz-ku.

5863. Turkchadan so’zma-so’z tarjima qilganda nok ma’nosini anglatuvchi bu predmet sandiqcha ichida turibdi. Turklar uni hazillashib 90-60-90 deb atashadi. Savol: Sandiqchada nima borligini aniq ayting?
Javob: Armud ikkinchi nomi esa bagmal

5864. Agoam shahrida har yili bir kunda «Guns» va «Hoses» jamoalari o’rtasida «Blood war» o’tkaziladi. Pistolet(ya’ni politsiyachilar jamoasi) va Shlanga(ya’ni o’t o’chiruvchilar) jamoalari o’rtasida kechgan qonli jang nima sababdan bo’ladi?
Javob: Donorlik uchun

5865.
1.Axilles
2.Edip
☝️Ushbu yunon to’qima obrazlari o’rtasidagi nozik o’xshashlikni toping va bizga Sharq allomasining nomini ayting. (Sizga Farhod va Shirin ham yordam berishi mumkin)?

Javob: Nasimiy
Farhod va Shirin qo’shig’i (Maxtumquli she’ri) dan parcha: «Nasimiyni tovonidan so’ydilar».
-Axillesning nozik joyi – tovoni;
-«Edip kelgusida otasini o’ldirib, onasiga uylanadi» degan bashoratni eshitgan ota (Lay) chaqaloqning tovonini kesib, o’ldirish uchun bir odamga topshirgan. Uni boqib olgan kishi esa chaqaloqqa Edip, ya’ni «tovoni shishgan» deb nom beradi.
-nozzzzik o’xshashlik – tovon edi. Hurufiylik oqimiga kirgani bois Nasimiyni tovonidan so’yib, tiriklayin terisini shilishgan.

5866. Bu savol boshqa savollardan farq qiladi. Sizning vazifangiz berilgan ‹‹shifr››ni yechib, berkitilgan so’zni topish.
101 01 010 01 10 100 01 1111
Bu ‹‹shifr››ni bilishni zarari yo’q, zero u ko’plarni hayotini qutqarib qolgan. Siz bizga berkitilgan savolni ayting?

Javob – QALAM
Izoh: Biz quyidagi alifbodagi ‹‹·››(nuqta)ni ‹‹0››(no’l)ga,
‹‹-››(chiziqcha)ni esa ‹‹1››(bir)ga aylantirdik. Ya’ni: 101 01 010 01 10 100 01 1111
Morze alifbosi bo’yicha: . ._ .. . . .. ._ _ _ _ _
КАРАНДАШ
Bizning ona tilimizda esa
QALAM

5867. Ko’pgina zamonaviy va tarixiy shaharlarning ko’chalarini kezib yursangiz har xil ustun (stolbik) larga ko’zingiz tushishi mumkin, bu ustunlar ma’lum bir voqea yoki shaxsni hurmati yoki qilgan ishi evaziga qo’yiladi va hkz…
Endi sizlar suratdan foydalanib Ispaniya ko’chalaridan birida o’rnatilgan ushbu ustun qanday voqae yoki shaxs sharafiga qo’yilganini topinglar?

Javob; Shahar sudyalari!
Izoh; Tarixiy binolar oldida mashina qo’yish mumkin emas : ustunni shahar aholisi sudda bu masalani yutib chiqishgan , shu munosabati bilan qo’yishgan .

5868. Asardagi Sitatani eshiting: “U avvaliga juda zaif edi, hatto botqoq o’tlarini ham «yeb qo’yolmasdi»; U huddi kasal hayvonga o’xshab chayqalardi, u mayda hashorotlardan qizg’ish rangini o’g’irlab olgan”. Savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Olov.
Izoh: Bu Katta Jozef Ronining “Olov uchun kurash” asaridan parcha edi.

5869. Amazonkada shunday baliqlar borki, ular hayvonlar organizmiga ulardagi tabiiy kirish-chiqish kanallari orqali kirib olib, chidab bo’lmas og’riq berishadi. M. S. ismli yozuvchi (men emasman) ning bir romanida kelajakdagi yuqori texnologiya davri yoritiladi va bir jinoyatnI qilganlarni akvariumga tashlab, o’sha baliqlar yordamida jazolash joriy qilinadi. Bunday jinoyatchilar hozir ham bor. Siz ularning jinoyatlari nima ekanini toping.
Javob: Kompyuter viruslarini yaratish.
Izoh: kandir balig’ining organizmga kirib azob berishi bilan viruslarning vazifasi o’xshash, albatta. M.S. – Maykl Sarris.

5870. Bir kuni Suvorovdan jangda necha marta yarador bo’lganini so’rashibdi. O’ttiz ikki marta deb javob beribdi qo’mondon, ikki marta urushda o’q tekkan, o’n marta pahrahadan ozor chekkanman va yigirma bir marta Peterburg saroyida jarohatlanganman debdi. Savol: Uni Peterburgda nima bilan jarohatlashgan?
Javob: So’z bilan.

5871. Nokia telefonidagi mahsus kodlar haqida diqqat bilan eshiting : 92702689 bu kod bilan telefon o’g’irlangani yoki o’g’irlanmagani haqida ma’lumot olsa bo’ladi ! Ya’ni telefon qachon chiqqani yoki seriya raqami va boshqa ma’lumotlarni bilsa bo’ladi .
Savol : Nega aynan manashu raqamdan foydalaniladi va sababi?

Javobi. Shu sonlar kombinatsiyasi orqali raqamlarda joylashtirilgan harflardan ushbu so’z yashash mumkin.
Warranty.
W-9
A-2
R-7
Ikkita R ligini bildirish uchun 0
A-2
N-6
T-8
Y-9

5872. Mashhur adib D.Defo asari qahramoni R.Kruzo kimsasiz orolga tushib qoladi. Dastlabki kunlari u yolg’izlik va umidsizlikdan nihoyatda zerikadi. U ushbu og’ir hissiyotni yengmoq uchun, bu g’ariblikning “yaxshi” va “yomon” tomonlarini qog’ozga tushiradi: 
“YOMON”: 1. Men odam qadam bosmagan bir orolda sargardon bo’lib qoldim. Qutilish uchun hech umidim yo’q. 
“yaxshi”:1. Hamrohlarim kabi dengizga g’arq bo’lishim mumkin ediyu, ammo, men tirik qoldim 
“yomon”: 2. Men insonlardan ayriliqda qolgan bir miskin, odamlar dunyosidan quvg’in bo’lgan bir sahroyiman. 
“yaxshi”: 2. Lekin, shunisi ham borki men ochlikdan o’lmadim va bu sahroda halok bo’lib ketmadim
«yomon”: 3. Kiyimlarim oz qoldi, va hademay qip-yalang’och qolaman 
“yaxshi”: 3-?

Savol: Bu bandga ko’ra mos tushuvchi “yaxshi” tomonini ayting?
Javob: Lekin, bu
yerning iqlimi issiq, kiyim boshsiz ham yashamoq mumkin.
(manbaa: D.Defo. ”R.Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”)

5873. Ko’pchilik o’tkir so’z va aql egalari boshqa insonlarga har xil laqablar berishi hech kimga sir emas. Masalan, o’z sport faoliyatini chervok jamoasida boshlagan bir italiyalikka «jingalak soch» laqabi berilgan. Lekin bu laqab bu italiyalikni ancha ranjitgan. Unga berilgan boshqa laqablar orasida XX asrning mashhur kinofilmlimining bosh qahramonini ismi ham bor.
Savol: bu italiyalik shaxsni ism va familiyasini yozib bering?

Javob: Perluidgi Kallina.
Izoh: Bu italiyalikni futbol olamida tanimagan insonni topish ancha qiyin. SAVOLDA BEKORGA O’TKIR SO’Z VA AQL EGALARI deb aytmadim. Bilasizki , Perluidgi Kallinani boshida bir dona ham tuk yoq (ya’ni лысый). Bunga sarkazm ishlatgan holda uni «jingalak soch» deb chaqirishgan. Uning laqablari orasida «Fantamas» laqabi bor.

5874. AQSH ning bir kompaniya olimlari yadro radioaktiv halokat bo’lgan yerlarga bir o’simlik ekish loyihasini ishlab chiqishdi.
Qaysi o’simlikni?

Javob: kungaboqar
Izoh :Uning ildizida seziy, barglarida esa stronsiy to’planar ekan.
Olimlar 10 kun ichida radioaktiv zararlangan hududdagi 95% radiatsiya so’rib olinganini aniqlashgan

5875. Versiyalardan biriga ko’ra ushbu iborani kelib chiqishi ingliz tilidagi «All correct» so’zidan olingan deb taxmin qilinadi va ushbu iboraning abreviaturasini noto’g’ri, ya’ni aytilishicha yozish orqali kelib chiqqan degan fikr ilgari suriladi. 1839-yilda birinchi bo’lib Boston gazetasi nashrida tarqalgan va «all correct» bo’lishi kerak bo’lgan.
Diqqat savol: Bu iborani ingliz tilida yozib bering?

Javob. Ok

5876. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyada mahsulot krizisi yuz beradi.
Hatto sigaretlar ham kamayib ketadi. Natijada kashandalikka ruju qo’yganlar sigaretlarni oxirigacha cheka boshlaydilar.
Shunday kunlarning birida mashhur tadbirkor aka-uka Kasiolarning biri «X» ixtiro qiladi. Ushbu o’ziga xos qurilma nafaqat sigaretni oxirigacha chekish imkoniyatini bergani uchun, balki ishdan chalg’imay tutatish imkoniyatiga egaligi uchun ham ommalashib ketadi.
Aynan «X»lar savdosidan olingan daromad keyinchalik aka-uka Kasiolarga birinchi «Casio» kalkulyatorini yaratish imkonini bergan.
Savol bu qanday ixtiro?

Javob: Uzuk-trubka

5877. Hozirda kosmosga uchishni sayohat qilishni har kim orzu qilishi mumkin va bu narsa iloji bor ishlardan biri bo’lib qolgan.
Har bir sog’lom va kosmonavtlar sinovidan o’ta olgan insonlar kosmosga uchishlari mumkin.
Ammo quloqlari eshitmaydigan, ko’zlari ko’rmaydigan va shunga o’xshash qandaydir kasaliklarga ega insonlargina ucha olmaydilar. Yaqin yillardan beri esa butunlay sog’lom ammo bir sabab tufayli ba’zi ayol qizlar uchish sinovlariga qo’yilmaydigan bo’lganlar
Savol: qanday ayollar kosmosga ucha olmaydilar ?

Javob: Lablariga boshqa a’zolariga implantant (silikon) qo’ygan ayollar

5878. Har bir xalqing o’zini ulug’lovchi dostonlari bo’ladi albatta. Shuningdek shonli o’tmishga ega bo’lgan xalqlarda ham bunday dostonlar talaygina. Men ulardan ikkisini o’qiyotganimda dostonlardagi epigraf va ismlarni qandaydir (sifat va xulq-atvor) bilan belgilanganiga guvoh bo’ldim. Birinchi dostonda butun asosiy voqea bir shaxsning g’azabiga qaratilganiga guvoh bo’lasiz.
Ikkinchi dostonda esa Jafokash odam uyi uchun qanchalik »shoshilganini» va boshidan kechirgan «sarguzasht»lari haqida borardi.
Endi savol yuqoridagi qaysi dostonlar haqida gap ketayotganini payqagan bo’lsangiz, O’sha asarlarda quyidagi ta’riflar qaysi obrazlarga tegishli ekanini siz ayting:
botir-? olifta-? oriyatli- ?.

Javob:
Botir-Menelay.
Olifta-Baris
Oriyatli-Gektor.
Izoh : yuqoriidagi ikki doston bu «Illiada» va «Odisseya»edi.
«Illiada» dostonida asosiy voqea bosh qahramon Axill ning g’azabiga qaratilgan bo’lsa.
«Odisseya» Yurtiga qaytish uchun mashaqqat chekkan. Odisseyni sarguzashtlari haqida.
Savolda epigrafga biron sifat bilan ta’rif degan jumlaga Shekspirning asaridan Otelloni bo’g’ma ilonga o’xshatish timsolida ko’rishimiz mumkin

5879. Hokku:
Oyning birinchi kuni, mening ushoqdek …im boshqa …lar bilan
Qo’shilib likillar Edo* ustida.
Edo- Tokioning eski nomi.
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping. (1 ta so’z).

JAVOB: VARRAK (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/7206?comment=48210)
Oyning birinchi kuni, mening ushoqdek varragim boshqa varraklar bilan
Qo’shilib likillar Edo ustida.

5880. Antarktidadagi qutb stansiyalarida yong’in ikki sababga ko’ra eng xavfli fojea hisoblanadi. Birinchisi u yerda havo quruq bo’lgani uchun yong’in tez tarqaladi. Ikkinchi sababni siz ayting?
Javob: Kuchli sovuq sababli olovni suv bilan o’chirishning deyarli iloji yo’q.

5881. Yil qadrini imtihonga kirishga tayorgarlik ko‘rayotgan abiturientdan so‘rang.
Oy qadrini o‘z vaqtidan oldin dunyoga keltirgan ona biladi.
Soat qadrini ushrashuvni kutayotgan sevishganlar biladi.
Daqiqa qadrini uyiga ketayotib, so‘nggi samolyotga kechikkan kishi aytsin.
Soniya qadrini avtomobil g‘ildiraklari tagida mo‘jiza tufayli o‘limdan qutulib qolgan kishi biladi.
Soniya ulushi qadrini esa …??
Hurmatli bilimdonlar amerikalik psixologlar fikricha soniya ulushi qadrini qanday odamlar juda yaxshi biladi?

Javob: Olimpiada kumush medal sohibi
Izoh: bir necha soniya ulushi deb 4 yilda bir bora o‘tkaziladigan olimpiada oltin medalidan quruq qolgan kumush medal sohiblari soniya ulushining qadrini juda yaxshi bilisharkan.

5882. Hokku:
Baliq ovi mavsumida
«U» ishonqiramay
O’lchab yurar qumda oyoq izlarin . . .
«U» nima ekanini toping?

Javob: Qisqichbaqa.

5883. Harbiy yurishlar paytida mug’ullar har qanday yoqilg’idan ko’ra bambukni afzal ko’rishgan ekan. Aytishlaricha mug’ullar buni xitoy cho’ponlaridan o’zlashtirishgan ekan. Bambukning xususiyati va cho’ponlar hayotidan kelib chiqib nima uchun bambukdan foydalanishganini ayting?
Javob: Bambuk yonganda qarsillagan ovoz chiqarib atrofdagi yirtqichlarni cho’chitar ekan.

5884. XIX asrda Misrda bir ko’zli askarlardan tashkil topgan polklar tuzila boshlaydi. Bu polklar eng og’ir vazifalarni bajarishar edi. Bu polklar qanday askarlardan tuzilgan deb o’ylaysiz?
Javob: Harbiy xizmatga bormaslik uchun o’z ko’zlarini o’ygan odamlardan tuzilgan. Jazo tarikasida eng og’ir topshiriqlar berilgan.

5885. Mening eng sevimli hikoyam X haqida hikoya:
Bir odam uzoq vaqt X ni izladi. Oxiri uni topdi. U qari yuzlari burishgan kampir qiyofasida edi. Haligi odam X dan so’radi:
-Sen haqingda odamlarga nima dey?
-Ularga meni 18 yoshli qiz ekan deb ayt.
Savol: X ni aniq ayting?

Javob: X- Haqiqat

5886. Uy bekalari uchun qadimgi xitoy resepti:
Kastryulkaga keragicha uksus solasiz va plita ustiga qo’yasiz. Uksus bug’lana boshlagach uy burchagi, stol tagi va boshqa joylarga silkitasiz. Bu resept nima uchun?

Javob: Yovuz ruhlarga qarshi

5887. Ushbu transport vositasini sinov jarayonlariga «suv rezurvuarlari» uchun mo’ljallangan poyezd vagonlarida olib borishgan ekan. Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: tank
Izoh: Suv uchun mo’ljallangan idishlar ingliz tilida tank deb ataladi. Ushbu qurolni ishlab chiqarganlar maskirovka qilish maqsadida shunday poyezdlardan foydalanishgan

5888. II Jahon Urushi paytida Germaniyada o’q dorilariga ehtiyoj katta bo’lgan. Shu sababli Germaniya boshqa narsa ishlab chiqaradigan zavodni o’q dorilari ishlab chiqaradigan zavodga aylantirgan. Chunki bu narsaning tuzilishi o’qlarning tuzilishiga o’xshab ketgan.
Savol: Nima ishlab chiqaradigan zavodni o’q chiqaradigan zavodga aylantirishgan va nima uchun?

Javob: Sigaret.
Chunki uning diametri o’qlarning diametri bilan bir xil bo’lgan.

5889. Xitoyda sochlari hurmat va e’tiborga loyiq ayollar yashaydigan qishloq bor. Xualun qishlog’i Xitoyning janubi-g’arbida joylashgan bo’lib, bu yerda yashovchi ayollar o’z sochlarini faqat bir marta kesadilar.
Savol: Ayollar sochlarini qachon kesadilar va bu nimadan dalolat beradi?

Javob: Balog’at yoshida kesadilar. Bu esa qiz voyaga yetib turmushga chiqishga tayyorligidan dalolat beradi.

5890. Bu Multfilmda bir jonzotning turlari Yo’qolib ketilgan deb ta’kidlangan Haqiqiy hayotda ham bu jonzotning qarindoshlari kamyob hisoblanib, brokanerlar tomonidan ovlanib kelingan. Multfilm bosh qahramon bir jihati ila muommolarga duch keladi. Ya’ni ismi jismiga mos do’stimiz bu qobilyatidan foydalana olmasdi. Bosh qahramon o’zining so’ngi vakili bilan brakanerlar qo’lidan qochib qolishadi so’ngra o’zining bu qobilyatidan foydalanishni o’rganib oladi.
Diqqat savol: Mantiqan o’ylagan holda qaysi multfilm haqida gap ketayotganini yozib bering?

Javob: Rio

5891. U inson tanasidagi eng nozik organlardan biri. Aynan shu sababli ham bir oʻzbek iborasida «O’ta ehtiyot qilish» ma’nosini anglatishda undan foydalaniladi. Xonanda Otash Xijronning ham shu nomli qoʻshigʻini eshitgan boʻlsangiz kerak.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketayotganligini 1 soʻzda yozib bering.

Javob: Qorachiq

5892. Siz o’zingizni o’ziga xos deb bilsez, demak bu yerda sizga joy topilishi mumkin.
Kecha Olmos metrosida bir mushuk topib oldim, uni ismini nima qo’yishni bilmadim va osongina Olmos qo’ydim.
Bu filmda 40 yillik orzusiga yetishidan ko’ra o’z orzusini qurbon qiladi jiyani sababli. qariyalar uyiga borishni afzal ko’radi. Aqlli kishi shlyapasiga doimo marmalad saqlab qo’yadi.
Diqqat savol: qaysi filmdan ma’lumotlar keltirildi?

Javob: Paddington

5893. Hikoya: « X haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»
Yordam: X bu ibora. Aniqlovchi vazifasida keladi.
Savol: X-?

Javob: X-bu: «Chekib olgan»
Izoh: Eng qisqa hikoyalar. Muallif: O’Genri

5894. 1715 yil 01.09 kuni ertalab soat 07:15. O’sha kuni bir vaqtning o’zida ham quyosh chiqishini ham quyosh botishini ko’rish mumkin edi. Bu voqeani mashhur ibora bilan izohlang?
Javob: Qirol o’ldi, yashasin qirol!
Lyudovik XIV(quyosh laqabi)vafot etadi.

5895. «Koka Kola» haqida:
Birinchi unda bir kechada erib ketadi.
Ikkinchi esa unda ikki sutkada erib ketadi. Savol: Birinchi va ikkinchini tartib bilan ayting?

Javob: Sut tishlari va asosiy tishlar.
Shunaqa ko’p ichmang kolani

5896.Mashhur Garri Potter va Alanga Kubogi (Harry Potter and Goblet of fire) asarida »uch afsungar» musobaqasida 2-turnirdan 10 minut avval «jabra o’sar»ni Garri ga Kim olib keladi?
Javob: Dobbiy (elf)

5897. Diqqat: savol matnidagi «Bu ishni qilish» so’zi boshqa ikki so’zga almashtirilgan.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru yaqinda omadsiz jang o’tkazgan Paulo Kostani UFC kamariga ega chiqqani bilan tabrikladi. Shu haqidagi maqola sarlavhasi Braziliya Prezidenti «BU ISHNI» qildi deya nomlanadi. San’atshunoslik fanlari nomzodi Ortiq Sultonov sahna madaniyati haqida gapirar ekan bizning jamoa «BU ISHNI» qilmaydi deya ta’kidlab o’tadi.
Siz ham Savolga noto’g’ri javob berib «Bu ishni» qilib qo’ymang.
Diqqat savol: «Bu ishni» qilish bilan almashgan ikki so’zni toping?

Javob: qovun tushurish

5898. Bir kuni Moskva universiteti fiziklaridan biri kulgili ammo qiziqarli taklif beradi. Unga ko’ra ayollarning jozibadorligini radianlarda o’lchashni taklif etadi. U bu birlik bilan nimani o’lchagan?
Javob: Yonidan o’tayotgan erkaklarning boshini burish burchagini

5899. Agar siz bu so’zni Qadim Rimda aytsangiz, unda Siz Rim ma’budlaridan birini ismni aytgan bo’lasiz va ular bu ma’bud nomi bilan qish mavsumidan eson-omon qutilish marosimini ham atagan ekanlar. Agar siz bu so’zni google yoki boshqa qidiruv tizimiga yozsangiz 8 talikdan biri haqida ma’lumotga duch kelasiz.
XX asr 30 yillarida bu so’z bilan ataluvchi dunyoga mashhur kompaniyaga asos solinib, hozirda ham o’z ishini davom ettirmoqda.
Qaysi so’z haqida gap ketmoqda?

Javob: Mars
Izoh: Rimda Panteon urush ma’budi hisoblanib, uning sharafiga «mart» oyi atalgan ekan. Bilasiz mars bizni quyosh tizimimizdagi 8 sayyoradan bittasi (oldin 9 ta hisoblanardi, 2006 yildan buyon Pluton sayyoralar safidan chiqarilgan…)
1932 yil Forest Mars «Mars» kompaniyasiga asos solgan..

5900. Diqqat Savol
Azot
Mishyak
oltingugurt
Yod
Bariy
Yuqoridagi elementlarni qo‘shib, mantiqan o‘ylab, ulardan menga ismni keltirib chiqaring?

Javob: NASIBa
Izoh: davriy jadvalda:
azot-N,
mishyak-A,
oltingugurt-S,
yod-I,
bariy-Ba
harflarida belgilangan!