60-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

5901. Shveysariyaning bir shahrida bir toifa insonlar jamiyati tashkil qilindi. Uning a’zolari ovchilar va baliqchilar hisoblanadi. Ularning qanday odam ekanini topgan bo’lsangiz ular mamlakati haqida asar yozgan yevropalikni toping?
Javob: Djanni Rodari.
Gap yolg’onchilar jamiyati edi. Asar esa «Djelsomino yolg’onchilar mamlakatida»

5902. Gnomeo va Julyetta multfilmida ikkita qo‘shnilar va ularning bog‘ida ishlaydigan gnomlarning o‘zaro munosabati aks etgan. Qo‘shnilardan birining familyasi Montekki, ikkinchisiniki Kapuletti bo‘lib, bir-birini yomon ko‘rishadi. Biri yoqtirgan narsani ikkinchisi yoqtirmaydi, bir-biridan xavfsirashadi. Kapuletti qizil rangni yoqtiradi. Uyi qizil rangga bo‘yalgan. xovlisiga lola ekilgan. Lola va maysalarda xonqizilar yuribdi. Qizil olmalar pishib yetilgan, hatto gnomlar ham qizil rangda. Bir kuni kechqurun Montekkining ko‘k gnomlari Kapulettining hovlisiga bostirib kirib, hovlini ostin-ustin qilishni rejalashtirishadi. Biroq bir muammoga duch kelishadi. Savol: ular qanday muammoga duch kelishgan edi?
JAVOB: Lazerli signalizatsiya
Izoh: Savolda ular bir-biridan xavfsirashini aytib o‘tgan edik. Shu darajada xavsiraganki hatto signalizatsiya ham qo‘yib qo‘ygan. Odatda lazerlar qizil rangda bo‘lishini bilsangiz kerak

5903. Eski topishmoq:
Oyog’iga qo’ysang ham, boshi bilan qo’ysang ham, devorga osib qo’ysang ham, ushlab tursang ham, qo’yib yuborsang ham yuguraveradi. Javob nima?

Javob: Soat

5904. Napoleon III buni Yevropa siyosatida muhim o’rin tutadi deb hisoblagan va ancha oldin shu taklif bilan chiqqan. Lekin bu narsa uning o’limidan so’ng o’tgan asr boshlarida amalga oshdi. Savol Napoleon qanday taklifni o’rtaga tashlagan edi?
Javob: Rossiya, Angliya, Fransiya ittifoqi ya’ni ANTANTA haqida.

5905. Hindistondagi ushbu ananaviy raqs marosimi taxminan 3 ming yildan beri mavjud. Unga tayorlanish uchun bir hafta davomida daraxtlarni sindirib olov yoqishgan. Keyin esa raqs boshlangan. Savol ushbu raqs nima deb nomlangan.?
Javob: Yomg‘ir raqsi. Olov osmonda tumanli bulut hosil qilib yomg‘ir hosil qilgan.

5906. XIX asrda Buyuk Britaniyada agar bir inson qonunni buzib shu jinoyatni sodir etsa va jinoyati o’xshamay, qo’lga tushib qolsa, u insonni aynan shu qilgan jinoyatidaqa usulda jazolashgan va o’sha qonunbuzar boshqa hech qachon bu jinoyatni sodir eta olmagan.
Savol: bu qanday jinoyat?

Javob: Inson o’zini o’zi ossa va osgan payti o’xshamay qolsa yoki osayotgan payt qo’lga tushsa sud jinoyatchini osib o’ldirishga hukm qilgan.

5907. Latifaga ko’ra bir qancha odamlar mashhur inson uy muzeyida aylanib yurishibdi. Yo’lboshlovchi har bir eksponatga izoh berib bormoqda: «Mana bu o’sha mashhur insonning skeleti», – unda bunisichi ? So’radi ulardan biri. -«Bu uning yoshlikdagi skeleti» javob qaytardi yo’lboshlovchi. – nima u X mi ? Men uni odam deb yurardim. Savol: X ni toping?
Javob: Ilon. Bilamizki ilonlar po’st tashlab kattalashadi.

5908. Savol: Taysonning Xolifildga nisbatan qilgan ishini bir o’zbek san’atkori ham bajargan. Gap qanday ish va qaysi san’atkor haqida ketmoqda?
Javob: Ozodbek Nazarbekov. Gap quloq tishlash haqida ketmoqda.

5909. Bu mashhur asarni ruscha variantdagi talqinida film boshida erkak aktyor rol o’ynagan bosh qahramonlardan birini, keyinchalik yosh, bo’yi uncha baland bo’lmagan sportchi qiz uning o’rnini egallaydi. Savol ushbu film nomini topishga urinib ko’ring?
Javob: Boshsiz chavondoz

5910. Ularni yevropaliklar Taitiga olib kelishganida mahalliy aholi ularni «boshida tishi bor cho’chqa» deyishgan ekan. Biz nima deymiz?
Javob: Sigir

5911. Qadimgi greklar bir qushni «Aedonis» deb atashadi. Bu qush go’shti tibbiyotda anemiya, surunkali toliqish, qorin og’rishi va boshqa xastaliklarga shifoligi bilan juda mashxur. Germaniyada restoranlarda bu qush tili qo’shib tayyorlangan taom juda qadrlanadi.
Diqqat savol: ushbu qushni yozib bering?

Javob: Bulbul

5912. Bu jonvorning miyasi, yuragi va qoni yo’q. Rossiyadagi eng yirik mustaqil nashr nomi ham shundek. Mashhur turk pop qo’shiqchisi Tarkanning shundek nomli qo’shiqi bor.
Diqqat savol: ushbu jonvorni yozib bering?

Javob: Meduza

5913. Hind afsonasiga ko’ra hayvonlar odamlardan xafa bo’lishgach «Birinchilarni» o’ylab topishgan. O’simliklar esa odamlarga rahmi kelib «Ikkinchilarni» o’ylab topishgan.
Savol: Birinchi va Ikkinchini to’g’ri tartibda yozib bering?

Javob. Kasalliklar va dorilar.
Ko’plab kasalliklar hayvonlar bilan bog’liq, bu kasalliklar esa o’simliklardan tayyorlanadigan dorilar bilan davolanadi.

5914. Uning o’ylab topilganligi haqida Irland xalqi bu ularning fikri bo’lganligini aytib hazillashishadi. Buning sababi esa, o’tgan asrda ushbu davlat hududidan Kelt qabilalariga tegishli toshga toshga o’yilgan yozuvlar topilgan. Ma’lumot sifatida, Undagi so’ngi belgi tekshiruvchi belgi hisoblanib, siz ushbu so’ngi belgini to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini o’zingiz ham tekshirib ko’rishingiz mumkin. Diqqat savol, siz U ni defiz ishlatgan holda yozib bering?
Javob: Shtrix-kod

5915. Savol: Tojikistonlik amaldorlarda bularning bo’lishi ma’n etilgan. Qo’shiqchi Rihannada endi ular bor. ULAR nima?
Javob: Tilla tish

5916. Savol: Arabistonning oshxonalarida agar bir ishni qilsangiz sizni jarimaga tortishadi.
U ishni qilma deb bizga yoshligimizdan o’rgatib kelishadi.
Savol: gap qaysi ish haqida ketmoqda?

Javob: o’z nasibasini qoldirishsa

5917. «Бархатный сезон» intellektual o’yinlar festivalida rasmli savol namoyish etildi. Rasmda yer sharini o’rab turgan oltita X tasvirlangan edi. Biz bu oltitani hammasini ayting demaymiz, Ularni hammasini bir so’zda ayting?
Javob: Til.
Bular BMT rasmiy tillari-ingliz,rus,ispan,xitoy,arab,fransuz tillari edi.

5918. Savolni L.N.Tolstoy beradilar.
«Вокруг света» jurnalida chop etilgan maqolada avtor insoniyatni ikki guruhga ajratadi. Bular qanday guruhlar?

Javob.Vegetarian va go’sht iste’mol qiluvchilar. Tolstoy bobo ham mashhur vegetarianlardan bo’lgan ekan.

5919. Quyidagi rasmda I Jahon urushida shifoxonada ishlagan avvaliga farmatsevtika sohasida ishlagan yozuvchi tasvirlangan.
Diqqat savol: bu qaysi yozuvchi?

Javobi: Agatha Christie

5920. Falsafa Falsafa bugun faqat Falsafa. Hamma savollar Falsafaga olib boradi.
fan darajasiga olib chiqqan Platon uni „mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish“, Aristotel „narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan“ deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafsilotlarga intilish deb, epikurchilar unga „aql vositasida alfaga erishish yoʻli“ deb qaragan.
Diqqat savol. Alfani yozib bering?

Javob: Baxt

5921. Donishmandlik bu ajoyib xislat
Shunday hayvonlar borki u sizning ovozingizni eshitish orqali yoshingiz va jismingizni aniqlay oladi. Qadimgi davrlarga qaytadigan bo’lsak, bu hayvon xudolarga ham borib taqaladi. hinduizmning barcha mazhablari tomonidan ibodat qilinib, uni hindu xudolarining eng muhim qismiga aylantiradi. O’sha xudo shu hayvon ko’rinishida bo’lgan
Diqqat savol: ushbu hayvonni nomini ayting?

Javob: Fil

5922. Yapon choy marosimidagi talablardan biri jimlikdir. Lekin yaponlar marosim paytida 2 mavzuda gaplashish mumkin deyishadi. Qanday mavzularda?
Javob: Tabiat va sa’nat

5923. Qadimgi Angliyada cho’ntak o’g’rilarilari qo’lga tushgudek bo’lsa, omma oldida qatl etilgan. Qatl marosimidan bir kasb egalari “unumli” foydalanib, ul-bul narsali bo’lib olishgan. Shu kasb egalarini ayting?
Javob: Boshqa cho’ntak o’g’rilari. Ular omma ichida o’z ishlarini osongina bitirishgan.

5924. Bilamizki, o’tgan asrlarda paranji ayollar o’rtasida odatiy libosga aylangan. Bir ixtironing yurtimizga kirib kelishi paranji tashlanishi jarayonini ancha tezlatdi.
U qanday ixtiro ekanligini toping?

Javob: fotoapparat
Izoh: Bir marta ochilgan yuzlar ikkinchi bor ochilishga ham uyalmay qolgan. Bora-bora chiroyli suratga muhrlanish xohishi paranji tashlanishini tezlatdi.

5925. Agar siz korrida uchun bilet sotib olsangiz g’arbiy tribuna biletlari sharqiysidan qimmat bo’lishi mumkin. Lekin ba’zida biletga ortiqcha pul to’laganizga afsuslanib qolishiz ham mumkin. Nima sababdan?
Javob: Havo bulut bo’lib quyosh ko’rinmasa.Biletlar soya tomonga qimmat bo’ladi.

5926. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda Davlat rahbarlarida u bo’lmasligi kerak ekan! Germaniyaning Vaylburg qasrida joylashgan, og’zidan suv oqib turuvchi sher haykalida esa u bor! Vladimor Putinning aytishi bo’yicha esa, tez boyib ketgan odamlar birinchi navbatda qimmat mashinalari va U bilan maqtanishni yoqtirishar ekan.
Uni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Tilla tish

5927. Indoneziya afsonalaridan biriga ko’ra, erkak va ayol palma daraxti ustida 7 kun o’tkazishgan ekan. Shu 7 kun ichida ular ba’zi-ba’zida kokos pastga tashab turishgan ekan. Qanaqa voqea ularni shu ishga majbur qilganini toping?
Javob: Sel/butunolam to’foni/Nuh to’foni.
Afsonaga ko’ra butun dunyoni suv bosganida erkak va ayol kokoslarni yerga tashlab suvning qay darajada chuquriligini aniqlashgan.

5928. Isroilda jinoyatchilar katta o’g’irlikka qo’l urishadi. Ular yaxshi tayyorgarlik ko’rishgani uchun polisiya jinoyat joyidan na barmoq izini, na DNK izini topa olmaydi. Lekin jinoyatchilar bir xatolikka yo’l qo’yishadiki, bu xato matbuotda jinoyat haqidagi maqolada bir tarixiy qahramonning nomi maqola sarlavhasidan joy olishiga sababchi bo’ladi. Diqqat savol: Maqola sarlavhasida qaysi qahramon tilga olingan edi?
Javob. Axilles
Izoh: Jinoyatchilardan biri ehtiyotsizlik qilib oyoq kiyimi izini qoldiradi. Bu esa matbuotda «Axilles tovoni» maqolasi chop etilishiga sabab bo’ladi.

5929. Shekspirning «Qirol Lir» tragediyasida qirol va uning qizlari taqdiri haqida hikoya qiladi. Qirol Lir kenja qizini bir og’iz gapi uchun badarg’a qiladi.Qirol Lirga shunchalik haqorat bo’lib tuyulgan va qizini saroydan quvishgacha borib yetgan so’z nima edi?
Javob: Go’sht tuzni yaxshi ko’rganchalik sizni yaxshi ko’raman degan gapi uchun haydavoradi.

5930. Futbol tarixi juda qiziqdir. Ronaldinho futbol tarixida bir ish bilan muhirlanib qolgan Yagona futbolchidir. Ronaldinho Barselonadan kettib Milan jamoasiga qo’shilgan bo’sa ham bu ikki jamoani o’yni boshlanayotganda yana o’zini barsa o’yinchisidek xis qilishi uchun bir ish qilgan hali aytganimday bu ishni avval ham hozir ham xech kim qilmadi.
Savol Ronaldinho o’zini yana jonajon jamoasi o’yinchisidek xis qilgan ishni toрing?

Javob: U o’yin boshlanayotganda barsa futbolchilari bilan suratga tushgan.

5931. Bir hazilomuz nashrda yozilishicha, muzey xodimlarining beparvoligi tufayli bu sur’at 2 oy davomida oyog’i osmondan bo’lib osilib turdi, ammo hech kim buni payqamadi.
Savol: Ushbu sur’atning muallifini ayting?

Javob: Malevich
Izoh: Bu asar – «qora kvadrat»

5932. 1. «TRAKTOR» so’zining asl ma’nosini toping ?
2. Qaysi Osiyo davlati 7000 ta oroldan tashkil topgan ?

Javob:
PO’LAT OT
FILIPPIN

5933. Biz buyuk jadid Abdulla Avloniyni ilmsizlikka qarshi kurashganini bilamiz. Uni ta’lim olishni takommillashtirishga ajoyib bir holatni(usul) qo’shgan. Aynan ana shu usul bir necha yillar mobaynida ta’lim muassasalarida qo’llanib kelingan. Gap qaysi mashhur usul haqida ketayapti?
Javob: sinfdan sinfga qoldirish.

5934. Bu mevani 3 xil qizil, sariq va qora ranglilari bor. Qizili bular orasida eng mazzalisi, sarig’i butun dunyoda keng tarqalgan, qorasi esa Seyshel orollarida ovqatga garnir (qayla) sifatida ishlatiladi. Savol bu qaysi meva?
Javob: Banan

5935. O’zbek «Tagorshunosligini» ham, Robindranat Tagor asarlarini O’zbek tiliga o’girishni ham qaysi o’zbek boshlab bergan?
Javob: Abdulhamid Cho’lpon
Izoh: Tagor asarlarini «Yuragi shamol tekkan yaproqdek qaltirab» xayajon va qoniqish o’qigan cho’lpon XX asr ning 20-yillarida «Inqilob» hamda » Maorif va O’qituvchi» jurnallarida uning ba’zi sherlarini tarjima qilib bostirib chiqarishdan boshlagan.
Manba: «Tafakkur» jurnali 2/2013

5936. Ruhshunos M.Litvak «Психологический вампиризм» asarida yozishicha odam qattiq o’ylanganida organizm adrenalin ishlab chiqaradi. Muammoga yechim topganida esa adrenalin qonga o’tadi va odamni o’z xatti harakatini boshqarolmaydigan holatga tushiradi. Litvak o’z fikrining isboti sifatida qaysi tarixiy shaxsni misol keltiradi?
Javob: Arximedni.

5937. 10 yil oldin bir Yevropa shaharida ayrim uylarning qizil rangdagi pochta qutilarini bir guruh odamlar sariq rangga bo’yab ketishgan. Savol: bu uylarda kimlar istiqomat qilgan?
Javob: Olimpiada chempionlari
Izoh: Qizil pochta qutilari bu London shahrini tashrif qog’ozi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Endi eslang bundan 10 yil oldin Londonda yozgi olimpiada o’yinlari bo’lib o’tdi. Londonliklar mana shu olimpiada o’yinlarida qatnashib oltin medal (Buyuk Britaniya nomidan albatta) olgan chempionlarni uylaridagi pochta qutilarni qizil rangdan sariq rangga bo’yab ketishgan. Sariq rang bu oltin medal ramzi edi.

5938. Ushbu mashhur yapon adibi 1892 yil 1-martda, qadimgi Yapon yil hisobi bo’yicha ajdar oyining ajdar kuni va ajdar soatida Tokioda savdogar oilasida tug’ildi. Shuning uchun ham ota-onasi unga X , ya’ni Ajdar deb nom qo’ydi.
Sizlar menga ushbu Yapon adibi kim ekanligini ayting?

Javob: Ryunoske Akutagava
Manba: «Tafakkur» jurnali 2/2013, 54-bet.
«Akutagava haqiqati» (Farxod Xamroyev)

5939. O’z noshiri bankrot bo’lgan V.Skott katta qarz bo’lib qoladi. Qarzni yopish uchun u ertayu kech yozuv stolida o’tirishga majbur bo’ladi. Bu haqida hikoya qilar ekan G.Morten Skottni sharq ertaklaridan biridagi jonzotga o’xshatadi. Bu qanday jonzot?
Javob: Alouddinni sehrli chirog’idagi jinga.
Jin chiroqning quli Skott ham stolning quliga aylanib qoldi degan ma’noda aytadi.

5940. Bir kompyuter o’yinida bosh qahramon robotlar o’tolmaydigan to’siqlardan o’tishi kerak. Bir xil harf bilan boshlanadigan ikkita so’zdan iborat bu o’yin nomini toping?
Javob: Tyurin testi
Izoh: Savolni birinchi gapida aniq etib o’tildi: bu o’yinda inson robot o’ta olmaydigan sinovdan o’tadi deb. Savolni kaliti shu yerda edi. Tyurin testi bu mashhur sinov bo’lib unda siz kompyuterda o’tirib chatda gaplashish. Sinovni oxirida esa siz suhbatdoshingiz Kompyuter yoki tirik odam ekanligini aytishingiz kerak. Bu o’yin ham mana shu test nomiga atab qo’yilgan.

5941. Beruniyning yozishicha, hindlarni janubiy shaharlarida xurmo va narjilga o‘xshagan bo‘yi uzun daraxtlar o‘sar ekan. Mamlakatning o‘rta va shimoliy qismida esa to‘z nomli daraxt o‘sishini yozib qoldirgan. Savol nima uchun Beruniy bu daraxtlarni o‘zining qo‘lyozmalariga kiritgan?
JAVOB: Chunki bu daraxt xom ashyosi mos ravishda o‘z hududlarida yozuv vositasi – ya’ni qog‘oz vazifasini bajargan ekan.
Izoh: Savolda ham uch marotaba yozuv bilan bog‘liq so‘zlar ishlatildi.

5942. Mashhur bil filmning syujeti mazmuni Kalmar o’yini filmini esga soladi. Bu filmda ham o’ta boy va hayotdan maqsadi qolmagan bir odam noodatiy o’yin o’ylab topadi. Unga ko’ra bir qancha pulga muhtoj o’yin ishtirokchilari o’rmonga qo’yib yuboriladi va bir nechta boylar guruhi qurollangan holda o’rmonga kirishadi. Film nomi ham mazmuniga mos tarzda – Odam «X»i deb nomlangan. Diqqat savol: «X» o’rnidagi bir qisqa so’zni yozib bering?
Javob: Ov

5943. Alfa muammo Angliyada Georg I ni, Shvetsiyada- Karl XIV Yuhanni, Gretsiyada – Georg I ni qiynab kelgan, lekin shunga qaramay ularning o’g’illari bu muammoni osonlikcha yechishgan.
Diqqat savol: Alfa qanday muammo ekanligini ayting?

Javob: Oʻzi bosib olgan,hukmdorlik qilayotgan davlat tilini bilmaslik.

5944. BBC kompaniyasi vakilining so’zlariga qaraganda, 2010-yilda suratga olingan serialni original joyda suratga olib bo’lmadi. Buning sababi esa, har safar kameraga tushib qolavergan ko’p sonli suvenir do’konlaridagi 2 so’z bo’ldi. Qaysi 2 so’z qariyb hamma do’kon nomida uchragan?
Javob: Sherlok Holms.
Serial bu Sherlock seriali edi. Hozirgi paytda Beyker Street ko’chasida «Sherlok Holms» nomli ko’plab do’konlar mavjud. Bu suvenir dokonlar serialni aynan Baker Streetda olishga halaqit berishgan.

5945. Braziliyalik aytishicha ularning davlati doim narx navo oshuvchi mamlakatlardan ekan. Oddiy xalq esa mamlakatdagi 2 ta davlat vazifasidagi odamni yomon ko’rishar ekan. Biri davlat bosh moliya vaziri bo’lsa, ikkinchi vazifani siz toping?
Javob: Milliy terma jamoa murabbiyi

5946. Bir hangomaga ko’ra, yigit qizni oldiga faqat 2ta narsa bilan kelibti. Birinchisi – g’isht, ikkinchisini siz toping?
Javob: ko’chat olib borgan.
Bu hangomada erkak kishi hayoti davomida qilishi kerak bo’lgan 3 ish aytilgan: uy qurish, daraxt ekish va farzand ko’rish

5947. 2010-yilda chiqqan animatsiyon filmda kompyuterdan foydalanish uchun USHBU HODISA bo’lib o’tadi. XVI asr o’rtalarida esa USHBU HODISAda ishtirokchilarning 2/3 qismi halok bo’lishadi. USHBU HODISAni 2 so’z bilan atang?
Javob: Minyonlar dueli.
2010-yilgi Minyonlar multfilmni hammangiz ko’rgan bo’lsangiz kerak. XVI asr o’rtalarida esa Fransiya qiroli Genrix 3 tarafdorlari (Minyonlar) va gersog de Giz tarafdorlari (Gizarlar) o’rtasidagi duel haqida Dyumaning «Grafinya de Monsoro» asarida yozilgan.

5948. O’rta asrlarda xristianlar yer yuzida ham to’g’ridan to’g’ri do’zahga tushish mumkin deb hisoblashgan. Savol ular do’zah deb qayerni nazarda tutishgan ?
Javob: Vezuviy vulqoni

5949. Uning adashi bir ishni amalga oshirganlar orasida birinchi bo‘lsa, familiyadoshi esa 1606 yilda Yangi Gvineya orolining janubiy qirg‘oqlarini va Marjon dengizini zabt etadi. Oradan 402 yil o‘tib uning o‘zi Yevropani zabt etilishda hal qiluvchi paytda asosiy rolni o‘ynaydi. Yana oradan 4 yil o‘tib, Yevropaning kichik yangi yerini to‘laqonli zabt etilishida u yana asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Uning kimligini toping?
Javob: Fernando Torres
Izoh: Ismdoshi Fernando Magellan. Familiyadoshi esa Luis Vayes de Torres. Fernando Torres Yevropa chempionati finalidagi gol va Barselonani Nou Kampda (Yangi yer) mag‘lubiyatga uchratishdagi asosiy figuralardan biri bo‘lgan.

5950. Napoleon Bonopart shunday degan ekan:
«Agar menda yangi din yaratish imkoni bo’lganda men uni xudolashtirgan bo’lardim va shu orqali butun insoniyatni birlashtirar edim»
Savol Bonopart yaratmoqchi bo’lgan xudoni toping?

Javob: Quyosh

5951. Insonlarga kasblar nuqtayi nazaridan ta’rif beramiz:
Shifokorlar ta’rifida: “sog’lom odam”.
Notiqlar ta’rifida: “nutqi ravon odam”.
O’qituvchilar tilida: “bilimli odam”.
Savol: “istarasi issiq odam” degan ta’rif qaysi kasb egalari tilidan olingan?

Javob: “Istarasi issiq”, aslida, “sitorasi issiq” shaklida bo’lgan. Fors-tojikchada sitora – yulduz degani. Bu kasb – MUNAJJIMLAR

5952. Qadimda Londonda bir toifa o’g’rilar mavjud bo’lib ularni omma orasida payqab olish qiyin emas edi. Sababi bu toifaqdagi o’g’rilar shimining o’ng tomoni chap tomoniga nisbatan kalta bo’lgan. Diqqat savol: bu toifadagi o’g’rilar nimalarni o’g’irlashganligini yozib bering?
Javob: Velosiped

5953. Ushbu film qahramoni o’zining tashqi ko’rinishi, jismoniy holati, shuningdek ortiqcha vazniga qaramasdan jinoyatchilarni tutishda faol qatnashadi.
Shuningdek ushbu film bosh qahramonini «Kung Fu Panda» ning kinodagi prototipi deyishimiz mumkin.
Diqqat savol: Gap qaysi kino haqida ketmoqda?

Javob: Baqaloq Ninza

5954. Oziq-ovqat mahsulotlaridan konserva tayyorlash texnalogiyasi 1810-yilda Parijlik qandolatpaz va oshpaz Nikkola Fransua Apper tomonidan kashf qilingan.
Konservalarga uksus qo’shish esa 1996-yildan boshlab qo’llangan.
Bilasizlar, uksus kislotasi mahsulotni uzoq vaqt mikroblar tushmasligidan himoya qiladi va uning sifatini ham yaxshilaydi.
Savol 1996-yilgacha konservalarga uksus o’rniga nima qo’shilgan?

Javob: Shakar.
Izoh: Apperni kasbi qandolatpaz ekanligi ham sizlarga yordam berishi mumkin edi.

5955. Quyosh doimo bir xil nur sochdi. Yorug’ligi ham, issiqligi ham, rangi ham doimo bir hil.
Savol unda nega u botadigan vaqtda qizaradi?

Javob: Bu qizg’ish rang yerdan ko’tarilgan turli gazlarning rangidir. Quyosh botadigan vaqtda ular quyosh yuziga va ufqda aks etadi.
(Ayniqsa karbonat angidrid gazi, tarkibida uglirod bo’lganligi uchun, quyoshga aks etganda yig’ilib, tabiiy qavariq linza hosil qiladi va quyosh me’yoridan ancha kattaroq ko’rinadi).

5956. Jyul Vern asari qahramonlari tunda nimadan o’q yasab, oq ayiqni otishgan?
Pod: Jyul Vern fantastik asarlar muallifi ekanligini esdan chiqizmang?

Javob: Simobdan.
Izoh: Personajlarda haqiqiy o’qlar tugaganligi sababli ular termometrdagi simobdan o’q yasashgan. Tunda termometrdagi simob pastga tushib qotib qolganligi bu ish muvaffaqiyatli bo’lishiga sabab bo’lgan.
Manba: Jyul Vernning ‘Kapitan Gatterasning sarguzashtlari’ asari

5957. Qadimgi Rimda fuqarolardan ham ularning soni ko’p degan gaplar yurardi, haqiqatdan ham ko’chalarda, odamlardan ko’ra ularga ko’proq duch kelish mumkin.
Oddiy Rimliklar «Ular bir-biridan chiroyligu, lekin boshi fikr yuritmagani chatoqda» deb kulib qo’yishadi.
Savol nimalar haqida gap ketmoqda ?

Javob: Haykallar edi

5958. Bu savol qanchalik detektiv quizga mosligi haqida o’yladik, keyinchalik asosiy ma’nosi o’g’rini Politsiyachi quvish bo’lganligi sababli mavzuga mos deb bildik…)))
Ushbu barchamizga ma’lum Politsiyachi ortiqcha vazni va jismoniy holati past ekanligiga qaramasdan har gal jinoyatchini quvib yetadi. Jinoyatchi qanchalik epchil va chaqqon bo’lsa ham ushbu Politsiyachidan qochib qutila olmaydi. Diqqat savol: Biz ushbu politsiyachini qayerda uchratamiz?

Javob: Subway surfers

5960. Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilik»
Asariga koʻra dunyo 3 ga boʻlinar emish 1.Halol, 2.Xarom va uchinchisi Halol va Xaromni ajratib turuvchi narsa bu nima?

Javob: shubha, gumon

5961. U bilan bir hududda yashovchi afrikaliklar uning nomini aytmasdan «kulib turib jon oluvchi»-deyishar ekan. Siz uning nomini ayting?
Javob: Timsoh

5962. Yaponiyalik texnologlar qariyalar uchun aqlli elektr choynaklar ishlab chiqarmoqda. Bunday elektr choynaklarga ega qariyalar, choynakni yoqishlari bilan, SMS xabar xizmati ishga tushadi.
Diqqat Savol: Bu SMS xabar kimga joʻnatiladi?

Javob: Qariyalarning farzandlariga.
Izoh: Yaponiya yolgʻiz yashovchi qariyalar koʻp. Bunday choynaklar qariyalar uchun ishlab chiqarilgan boʻlib, har kuni choynak yoqilishi bilan qariyaning farzandlariga sms xabar yetib boradi. Bu bilan farzandlar ota-onalarning bugungi ahvolidan xabardor boʻladi

5963. Britaniya muzeyiga ushbu hayvonning terisini olib kelishganda ko’pchilik hayrat bilan tomosha qiladi. Ba’zilar esa ushbu hayvonning tumshug’ini olib tashlashni tavsiya ham qilishadi.
Savol gap qaysi hayvon haqida?

Javob: O’rdakburun

5964. Diqqat savol : Savolda bir nechta almashtirishlar bor.
Simpsonlar oilasi multfilmining bir seriyasida qahramon televizorda asr o’g’riligini qilgan jinoyatchilar haqida ko’rib qoladi va o’zi asr o’g’riligini amalga oshirmoqchi bo’ladi. Tarixiy o’g’rilikni amalga oshirmoqchi bo’lgan qahramon MOLI ni o’g’irlash uchun «PIRAMIDA» ga yo’l oladi.
Diqqat savol: MOLI o’rnidagi so’zni topgan bo’lsangiz bizga «PIRAMIDA» so’ziga almashtirilgan 1 so’zni yozib bering?

Javob: Luvr

5965. Igor Kray hikoyalaridan birida Londondagi chet ellik arvoh boshqaradigan ikki qavatli avtobus haqidagi afsonani keltirgan. Afsonaga ko’ra bu avtobus, XYZda harakatlangan ekan. XYZni 3 ta so’z bilan yozib bering?
Javob: Yo’lning o’ng tarafida. Faqatgina chet ellik haydovchi Londonda mashinani yo’lning o’ng tarafida boshqarishi mumkin.

5966. Krossvordlar lug’atidagi ushbu so’zga atalgan maqolada, kanadalik xokkeychi Lemye 6-o’rinda, «Cho’qintirgan ota» romani muallifi esa 5-o’rinda joylashgan. 1-o’rindagi personajning kasbini toping?
Javob: Santexnik/vodoprovodchi. 6-o’rinda Mario Lemye, 5-o’rinda Mario Pyuzo, biz hammamiz o’ynagan Supermariodagi santexnik Mario esa 1-o’rinda.

5967. Vavilov haqida hamma eshitgan. Lekin hamma ham u vaqtni juda qadrlashini bilmasa kerak. Aytishlaricha u sutkada 3-4 soat uxlab qolgan vaqt fan bilan mashg’ul bo’lar ekan. Umuman bo’sh vaqtidan unumli foydalanishga harakat qilar ekan. Bir kuni bir amerikalik biolog olim bilan kavkaz tog’lariga ilmiy sayohatga chiqibdi. Samolyot parvoz vaqtida yomon ob-havo tufayli qulay boshlabdi. Shunda amerikalik shosha pisha yon daftarini olib unga bir nimalarni yoza boshlabdi (ehtimol vasiyatnomadir). Savol shu payti Vavilov nima qilishga harakat qila boshlaydi?
Javob: Uhlashga. Vavilov o’sha payti uhlab olishga harakat qilgan ekan.

5968. ZEBUNISO asarida quyidagicha to’rtlik yozilgan:
Men zaxarli ilon og’zidan shakar talabman
O’rgimchak inidan par talabman,
Erkak sher ko’ksidan oq sut talabman
Yalang oyoq kimsadan oltin talabman.
Savol gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Bilim

5969. Ushbu asarda Alisa Asher, Betti Bernard, Carmaykl Clark kabi personajlarni uchratish mumkin. Ushbu asardagi qotilliklar seriyasi «X» ga asoslangan. Diqqat savol: Gap qaysi asar haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz «X» o’rnidagi so’zni ayting?
Javob: Alifbo

5970. Bir alternativ asarda, Dug ismli hukmdor kambag’al odamlarni pulini tortib olib boylarga berish bilan shug’ullanadi. Dugning familiyasini toping?
Javob: Nibor.
Izoh: Robin Gudning teskarisi.

5971. Viktor Jukkoni fikriga ko’ra, Kim Chen Ir o’limidan keyingi millionlab koreyaliklarning ox-nola chekib, g’am tortishi – millat miqyosidagi BU hisoblanadi. Siz BUdagi shahar nomini toping?
Javob: Stokgolm.
Izoh: Stokgolm sindromi – o’zini qiynagan kishiga bog’lanib qolish. Yoki jabrlanuvchining agressorni yaxshi ko’rib qolishi.

5972. Diqqat savol:
«OQ» ko’pchilikning biringchi eshitgan detektiv asari bo’lsa kerak. «OQ» da qochqinga nisbatan uch martta muvaffaqqiyatsiz suiqasd uyushtiriladi, to’rtinchisida esa o’ldiriladi.
Biz yuqorida bir nechta o’rinda bir so’zdan bir nechta harflarni tushurib qoldirdik. Diqqat savol: Qurbonni ayting?

Javob: Bo’g’irsoq

5973. Arab bahorining natijalariga bag’ishlangan kursatuvda jurnalist shunday deydi:
-Qo’zg’olonchilarning barcha tilaklari amalga oshdi, lekin, bu ularga baxt olib kelmadi…
Shu gaplar aytilayotgan paytda qadrda bir predmet ko’rsatiladi. Shu predmet ichida nimalar borligini toping?

Javob: Oltin baliqchalar
Izoh: Ertakda cholning tilaklari amalga oshishi uni baxtli qilmagan.

5974. 80-yillar Amerika serialidagi ikki personajning suhbatini o’qing:
-IKSdan keyin yana ikkita ALFA bor!
-Xo’sh, ikkita ALFAni nomi nima? Mikki Maus bilan Donald Duckmi?
IKS ortida qanday so’z yashiringan?

Javob: Pluto.
Izox: ALFA – sayyora. Disney personajlari orasida Pluto lakabli it bulgan. Ingliz tilida Pluto bilan Pluton bir xil yoziladi.

5975. Odam organizmida shunday bir a’zo borki uni nomini teskari o’qiganda shirinlik nomi kelib chiqadi. Bu shirinlikni barcha birdik sevib e’stimol qiladi.
Savol: Bu qaysi inson a’zosi va qaysi shirinlik ?

Javob: Novot-Tovon

5976. Sherlok o’ta jiddiy, kelishgan, zukko va diqqatli personaj. U butun dunyoga mashxur. Ammo Sherlok Holms asarining yozuvchisi ijodida uni surib chiqa boshladi.
Endi siz menga shuni aytingki nima sabab ijodkor Sherlokni surib chiqa boshladi?

Javob: Gap shundaki ijodkor boshqa obrazlarda, janrlarda ijod qilmoqchi bo’ladi ammo butun e’tibor Holmsda edi.Va muallif shu asar orqali qattiq e’tiborda edi.

5977. Rossiyada uzoq vaqtlar U ni ikkita boshqa-boshqa odamlar deb hisoblashgan. Bunga sabab U ning ba’zi ishlarini arabcha, ba’zilarini forscha yozgani ekan. U ni ayting?
Javob. Umar Hayyom.
Matematikaga oid risolalarini arabcha, ruboiylarini forscha yozgan.

5978. Ulug’ Gippokratdan so’rashibdi:
«Aytishlaricha, donishmandlik bu kasallik emish, shu rostmi?»
«Ha, rost» deb javob beribdi ulug’ Hakim. Bu kasallik kamdan kam kishilarda uchraydi.
Afsuski…………..
Jumlani to’ldiring?

Javob: Afsuski «Yuqumli emas» deganlar.

5979. Mashhur futbol yulduzi Krishtianu Ronaldo Yevropaning mashhur nashrlaridan birining «Siz uchun futbolchilikdan ko’ra osonroq va maroqliroq kasb bo’lishi mumkinmi?» deganda u «albatta, ha» deb bir kasbni aytgan. Garchi u kasb sanalmasa-da, bu ish to’p tepishdan ko’ra oson va maroqlidir. U nimani aytgan?
( Bu aynan kasb emas )

Javob: «Muhlislik» qilish

5980. Bu so’z ijodkorlar faoliyati bilan bog’liq. Uni birinchi bor qo’llagan ijodkor yunon komediyografi Aristofan qo’llagan. Uni Navoiy, Lutfiy kabi buyuk shoirlardan tashqari Jahongir Otajonov singari xonandalargacha undan foydalangan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Taxallus

5981. U klassik asarda 3 haftada 6 persanaj vafot etadi. 3 tasini o’ldirishadi, 2 tasi o’zini o’zi o’ldiradi va bittasi iztirob chekib o’ladi.
Qaysi asar 3 hafta voqealarini o’z ichiga oladi?

Javob: Romeo va Julyetta

5982. Mark Tven shunday deydi:
«Pul kerak bo’lsa begonalar, maslahat kerak bo’lsa do’stlaringni oldiga bor. Hech narsa kerak bo’lmasa ularning oldiga bor». Savol: kimlarning?

Javob: Hech narsa kerak bo’lmasa «Qarindoshlaring» yoniga bor.

5983. Tarixda mavjud bo’lgan qaysi tarixiy davlat haqida yevropalik shoirlardan biri «samarasiz donishmandlikdan mangu xoli yurt» deb ta’rif bergan?
Javob: Sparta

5984. Erix From shunday deydi:
«U miya faoliyatining eng quyi vazifasini ham, eng oliy darajadagi eng muhim vazifasini ham ifodalashi mumkin».
U nima?

Javob: Tush

5985. Bu mashhur asarni birinchi kitobi yozilganda 12 ta nashriyot birdan bu asarni chop etishdan bosh tortgan. Ammo hozirda o’sha muallifning shu seriyadagi asarlari 400 mln.dan ortiq nusxada chop etildi. Ushbu mashhur asar ( kinosi ham mashhur ) qaysi?
Javob: Garri Potter

5986. Qaysi mashur film qahramonining eng sevimli iborasi «Ilhomlanib ketyapman» jumlasi edi?
( O’zbek filmi emas )

Javob: «Ivan Vasilyevich o’z kasbini o’zgartiradi».

5987. Donishmandlar fikriga ko’ra:
«U – san’at, u – nafosat, u – nafrat, u – quvonch, u – mehr, uning o’rnini eng zo’r dori ham bosolmaydi». Gap nima haqida?

Javob: So’z

5988. Luqmoni Hakimning o’g’liga nasihatlaridan: «Birinchi ishni o’ngdan, ikkinchisini chapdan boshlagin».
Diqqat savol: bu qaysi ish?

Javob: Oyoq kiyimni kiyish va yechish

5989. Xitoyliklarda shunday falsafa bor ekan. «Uni katta qilib qonini chiqarib yeguncha hoziroq yeb qo’ygan yaxshi.».
Xitoyliklar nima haqida shunday fikr yuritishgan?

Javob: Tuxum

5990. Savol muallifi Stokgolm sindromi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/7332) haqidagi ma’lumotlarni o’qir ekan unga keltirilgan misollar orasida 2005-yilda suratga olingan bir filmga ko’zi tushadi va sindromning naqadar kuchli ta’sir etishi mumkinligi, hattoki odam bo’lmasa ham sevib qolish mumkinligiga iqror bo’ladi. Diqqat savol: gap qaysi film haqida ketmoqda?
Javob: King kong

5991. Edrian Monk serialida qotil uy egasiga tegishli bo’lgan «X» dan foydalanadi. Qotillik sodir bo’lgandan so’ng politsiyachilar qurbonning tanasida qolgan izlari sababli hech kimdan qotillikda gumon qilmaydi, aksincha baxtsiz hodisa deb hisoblaydi. Ammo jinoyatchining baxtiga qarshi qotillik sodir bo’lishidan 1 kun avval «X» o’lgan bo’ladi va shu sababli jinoyatchining hiylasi amalga oshmaydi. Diqqat savol: «X» o’rnidagi qisqa so’zni yozib bering?
Javob: It

5992. Agata Kristi o’z detektiv asarlarini yozish uchun hech qanday tergov manbalarini o’rganmaganligini, aksincha ularni bir joyda o’tirib to’qib yozganligini aytadi. Savol: qayerda?
Javob: oshxonada

5993. XX asrda yozilgan bir turkum asarlarda unga shunday ta’rif berilgan: o’qishni tugatgan, uylangan, farzandlari yo’q. Partiyasiz, Afg’onistonda urushda qatnashib, ikki bor jarohatlangan, yaxshi regbichi. U kim?
Javob: Doktor Vatson

5994. Birinchisi – majburiy, Ikkinchisi – kechirimli, Uchinchisi -qonunbuzarlik, To’rtinchisi -orsizlik bo’lgan.
Gap nima haqida ketmoqda haqida ketmoqda?

Javob: Gap Oila qurish haqida ketmoqda edi.
Izoh: Qadimgi Rus davlatida ikki martadan ko’p oila qurish ta’qiqlangan ekan.

5995. Mashhur yozuvchilardan birining aytishicha «bunday odamlar bir-biriga soya solib qo’ymaslik uchun yolg’izlikda ulg’ayadilar. Qanday odamlar haqida gap ketmoqda?
Javob: «Iste’dodi» bor odamlar haqida.

5996. Donishmandlar «tana uning ulovidir» deydi. Mantiqan o’ylab ko’ringchi, u nima?
Javob: Ruh

5997. Shoir Sergey Yesenin bir she’rida yoshligida juda bezori bo’lgani, tengdoshlari orasida ‘qahramon’ bo’lganini, agar shoir bo’lmaganida bezori bo’lib ketishi mumkinligi haqida yozadi.
She’rida esa yoshligida X ni qon  bo’lgani, ulg’aygach esa Y ni qon ekanini aytib o’tadi.
X va Y inson a’zolari.
Diqqat Savol: X va Yni ayting!?

Javob: X- Burun Y- Yurak

5998. Usmon Nosir bir she’rida uni «achchiq tajriba» deydi, Xitoy donishmandlari esa uni «bizga berilgan eng katta sovg’a» deyishgan. Savol: u nima?
Javob: Hayot

5999. Tohir Malikdan aforizm:
«Dushmaning bu ishni qila boshlasa hushyor bo’l». Haqiqatdan bu ishida nimadir manfaat yotgani aniq. Qanday ish?

Javob: Xushomand qila boshlasa

6000. Mashhur rus yozuvchisi Dostoevskiy shunday deydi:
«Do’stim, yodingda tut, bu ish yaxshi, xavfsiz va chiroyli».
Qanday ish haqida gap ketmoqda?

Javob: Jim Turish