7 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Moviy osmon uchun xalqaro toza havo kuni.
🇺🇳 Xalqaro politsiya hamkorligi kuni.
🌏 Butunjahon Duchenne xabardorlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇺 Avstraliya ‐ Milliy yo’qolib borayotgan turlar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Harbiy razvedka kuni.
🇦🇲 Armaniston – Muhandis qo’shinlari kuni.
🇵🇰 Pokiston – Harbiy havo kuchlari kuni.
🇳🇵 Nepal – Davlat xizmatchilari kuni.
🇹🇿 Tanzaniya ‐ Muhandislar kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Baliq dehqonlari kuni.
🇲🇿 Mozambik – G’alaba kuni.
🇧🇷 Braziliya – Mustaqillik kuni.
🇺🇸 AQSh –  Kolbasa bayrami (Solyami) kuni.
🇫🇯 Fiji – Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

-1191 – Salib yurishlari: Arsuf jangi.

  • 1776 – Birinchi suv osti hujumi :„Toshbaqa“ suvosti kemasi Nyu-Yorkda ingliz kemasiga bomba oʻrnatmoqchi boʻldi.
  • 1810 – Rus-turk urushi: Batin jangi.
  • 1812 – Borodino jangi.
  • 1822 – Braziliya Portugaliyadan mustaqil bo’ldi.
  • 1859 – General A.I.Baryatinskiy Gunib ovulini egallab, kavkazliklar  yetakchisi Imom Shomilni asirga oldi.
  • 1926 – Ispaniya Millatlar Ligasini tark etdi.
  • 1928 – SSSRda «Mehnat Qizil bayroq» ordeni ta’sis etilgan.
  • 1936 – Tasmaniya hayvonot bog’ida oxirgi xaltali bo’ri vafot etdi.
  • 1945 – Berlinda Gitlerga qarshi koalitsiya mamlakatlari Ittifoqchi kuchlarining G’alaba Paradi bo’lib o’tdi.
  • 1947 – Moskvaning 800 yilligi nishonlandi.
  • 1947 – Moskvada Yuriy Dolgorukiy haykali ochildi.
  • 1950 – Berlindagi Gogensollernlar saroyi buzib tashlandi.
  • 1953 – Nikita Xrushchyov KPSS Markaziy Qo’mitasining birinchi kotibi etib saylandi.
  • 1977 – AQSH prezidenti Jimmi Karter va Panama harbiy rahbari Umar Torrixos Panama kanali 2000-yildan Panama davlatiga o‘tkazilishini belgilagan ikkita shartnomaga imzo chekishdi.
  • 1991 – O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
  • 2007 – Marg’ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlandi.
  • 2011 – „Lokomotiv“ xokkey klubining barcha tarkibi aviahalokatda nobud boʻldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1533 – Yelizaveta I (1603) – Angliya malikasi (1558-1603).
  • 1860 – Anna Meri Mozes (1961) – amerikalik rassom, rassomchilikda primitivizmning asosiy vakillaridan biri.
  • 1870 – Aleksandr Kuprin (1938) – rus yozuvchisi, dramaturg.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1897 – Abduvahob Azimov (1964) – aktyor va rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti (1939).
  • 1908 – Mo’minov Ibrohim Mo’minovich (1974) – faylasuf, olim, jamoat arbobi, O’zbekiston FA akademigi (1956), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari doktori (1950).
  • 1911 – Todor Jivkov (1998) – Bolgariya Kommunistik partiyasi MQ bosh kotibi (1954-1989).
  • 1912 – Devid Pakkard (1996) – amerikalik tadbirkor, “Hewlett-Packard” kompaniyasi asoschilaridan biri.
  • 1917 – Jon Uorkap Kornfort (2013) – avstraliyalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sovrindori (1975).
  • 1920 – Rauf-Rafail Aleksandrovich Katsenovich (2003) – terapevt, kardiolog va fizioterapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968).
  • 1945 – Bahodir Yoʻldoshev (2021) – rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1979), Oʻzbekiston xalq artisti (1995).
  • 1967 – Xurshida Hasanova – bastakor.
  • 1987 – Evan Reychel Vud – amerikalik aktrisa va qo’shiqchi.
  • 1988 – Anna Levandovska – polshalik karatechi, shaxsiy murabbiy va tadbirkor.