74-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

7301. Metal jismlarni har xil zararli moddalardan tozalash uchun uni bir tomonini o’tda qizdirilsa, qizigan tomondan asta sekin sovuq tomoniga zararli moddalar siljib borar ekan.
Shunga asosan sog’likni saqlash xodimlari u ishni qilayotkanda alfani ko’proq qoldirishni taklif qilar ekanlar
Savol: Alfani 2ta so’z bilan topinglar?

JAVOB: Sigaret qoldig’i

7302. 1960-yili bu ikki obyekt hajmlarining o’zaro farqi 20 barobar bo’lgan.
2010-yilga kelib esa bu farq 320 barobarni tashkil qilgan.
Afsonaga ko’ra birinchi obyektning 336 ta o’g’li va birgina qizi bo’lgan va qizi Yeniseyni sevib qolib u bilan birga qochib ketgan ekan.
Sizlar savolni boshida aytilga ikkita obyektni toping?

Javob: Baykal ko’li va Orol dengizi

7303. Blits
1) 1602 yilda asos solingan ushbu shahar Panama davlati hududida joylashgan. Ushbu shahar nomi dunyoga mashhur haykal nomi bilan bir xil. Shahar nomini ayting?

2) Dunyodagi eng yirik qushxo’r o’rgimchak, og’irligi 3.5 kg keladigan qurbaqa hamda Kongo daryosiva Tanganika ko’lida yashovchi yirik baliq turlarining nomi bir xil. Nomni ayting?
3) 1920 yilda Fransiyada 8 yoshli Samuel Reshevskiy bir vaqtda bir nechta grosmestrlar bilan bahs o’tkazib barchasida g’alaba qozonadi. Ushbu voqeaga bag’ishlangan maqolada ikki ism tilga olinadi. Qaysi ismlar?
Javob:
1.David
2.Goliaf
3.David va Goliaf.

7304. Bu yettilikni tasavvur qilganimizda oltitasini joyini aniq ko’ramiz , bittasini esa ko’rolmaymiz chunki tasavvurimizda unga joy yo’q. Diqqat : o’sha bittasini nomini yozib bering?
Javob: Yakshanba
Izoh : hafta kunlarini sanaganimizda xayolan maktab kundaligidagi joylashuvini ko’ramiz ,va kundalikda yakshanbaga joy yo’q

7305. Amerikalik millionerlardan biri vafotidan oldin vasiyat qoldiribdi: mening sevimli avtomobilim bo’lgan qora Mercedesni qabrimga birga ko’minglar! Murdani mozorga olib kelishgach go’rkov vasiyatni eshitib, bir fakt keltiribdi va avtomobil uchun boshqa mozor izlashlari kerakligini aytibdi. Go’rkov avtomobilni ko’mish mumkinmasligiga qanday fakt keltirilgan?
Javob: «Bu oq tanlilar qabristoni edi. Mashinaning rangi qora bo’lganligi sababli, bu qabristonga qo’yib bo’lmaydi»

7306. Dunyodagi 67 davlatda u umuman yo’q, 28 davlatda 1 tadan, 18 davlatda 2 tadan bor, 34 davlatda esa 3 tadan bor. Yana 21 davlatda u 4 tadan bor. O’zbekistonda esa u dan 5 ta bor.
Savol : u nima?

Javob: Chegaradosh davlatlar soni

7307. O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning fikricha BIRINCHINI birovga berganda asosiysi tagida savobi bo‘lishi kerak. BIRINCHINING IKKINCHISI esa dilga hikmat solishi kerak.
Savol: IKKINCHINI toping?

Javob: BIRINCHI- SAVOL
IKKINCHI- JAVOB

7308. Bir kuni hayvonot bog’idagi bir gorillaning sevimli banani yo’qolib qolibdi. Shunda gorillaning jahli chiqib, daraxtga shunday e’lon yopishtiribdi:
«Mening bananimni kim o’g’irlaganini topib olsam, oyoq-qo’lini uzib olaman.»
Ertasi kuni e’lon tagida yangi yozuv paydo bo’libdi:
«Garov o’ynayman, uzib ololmaysan.»
Diqqat, savol: Ushbu yozuvni kim yozib qoldirgan bo’lishi mumkin?

Javob: ILON

7309. Agar semiz bo’lsangiz, sport bilan, ayniqsa gimnastika bilan shug’ullanish orqali ozishingiz mumkin.
Shunday mashqlardan biri deylik aylanish.
Kundalik hayotimizga nazar tashlasak, buning aksini ko’ramiz.
U narsa qancha aylansa, shuncha semiraveradi.
Diqqat savol: U nima ?

Javob: Shirin paxta

7310. Bir kimyoviy terminlar hazil etimologiyasida masalan, kraxmal – kichkina muvaffaqiyatsizlik (krax + malenkiy) degan kulgili izohni uchratamiz.
Diqqat savol: Qaysi himik terminni «fransuz irsiyati» deb izohlashgan?

Javob: Galogen

7311. N. Nosovning bir asariga ishlangan illyustratsiyada sudya kreslosida zamonaviy Turkiyaning asosiy ramzlaridan biri tasvirlangan.
Asar voqealari qayerda bo’lib o’tadi?

Javob: Oyda

7312. Psixologlarning kuzatuvlariga ko’ra BU narsa haqida o’qigan yoki o’sha manzaraning guvohi bo’lgan odam tez orada o’zi BU ISHni qilar ekan.
Diqqat savol: BU ISH nimaligi topishga urinib ko’ringchi?

Javob: Esnash

7313. Tarixiy manbaga ko‘ra ALFAning ilk tasvirini Italiyadagi San-Nikolo masjidida ko‘rishimiz mumkin.
Faktga ko‘ra hozirgi kunda Xitoyning 70% yoshlari ALFAdan foydalanar ekan.
Yana shuni aytishimiz mumkinki, ALFAni ishlab chiqarishda
1-Italiya,
2-Xitoy turar ekan.
Diqqat savol: ALFAni topgan bo‘lsangiz, ALFAni ommalashuviga sabab bo‘lgan Epizodni yozib bering?

Javob: Garri Potter
Alfa- ko’zoynak

7314. Bu qahramon bir umr unga tegishli bo‘lgan narsani qidirib kelarkan. Hatto Vashington Irvingning bir asarida ham bu qahramon o‘zining ahvoliga boshqalarni solarkanu ammo hech ham … to‘g’ri kelmas ekan.
Bu asar nomi yoki qahramon qidirgan narsani ayting?

Javob: Boshsiz chavandoz.
Izoh: U o’zining boshini qidiradi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/9373?comment=72371)

7315.
1.Qaysi davlatda qorbobo yo’q va uning o’rniga issiqbobo bor hisoblanadi?
2.Santa Klausning tug’ilgan kuni qaysi sanaga belgilangan deb o’ylaysiz?

Javob:
1.Kambodja
2. 18-Noyabr

7316. Mavlono Jaloliddin Rumiyning masnaviylarida keltirilishicha «Hamma payg’ambarlar yoshligida U ishni qilganlar. U ishni qilib sinovdan o’tmagunlaricha Alloh uni yo’lboshchi qilmas ekan.»
Hamma payg’ambarlar yoshligida qilgan u ishni nimaligini ayting?

Javob: Cho’ponlik

7317. Gyote uni nemis xalqining g’ururi, iftixori, qolaversa, otasi deb atagan. U qariyb 40 yil bir xil vaqtda turib, bir xil vaqtda uxlagan, bir paytda tushlik qilib, bir paytda sayr qilgan. Odamlar unga qarab soatlarini to’g’rilashgan. U haqiqiy aslzoda nemis edi.
Diqqat savol: Gyote kimni nemis xalqining otasi deb nomlagan?

Javob: Emmanuel Kant.

7318. O’tgan yili Vladivostokdagi bir hajviy jurnal 1-aprel kuni bir sur’at chiqardi. Unda poyezd tasvirlanib yoniga Vladivostok – Xayshinvey degan yo’nalish koʻrsatib qoʻyilgan edi. Bu haqiqatdan ham kulgili edi.
Diqqat savol: sababini toping?

Javob: Xitoyliklar » Xayshinvey» deb Vladivostokni atashadi.

7319. Koʻp narsalarga qiziquvchan boʻlgan bir odamning soʻzlari:
«Avval Xvalissa koʻchasidan o’tdim, sinf ro’paramdan Stebol nomli koʻcha chiqdi. Oxirida Gunduston koʻchasi orqali niyatimga yetdim».
Bu yerda koʻcha soʻzi boshqa bir soʻz bilan almashtirilgan.
Diqqat savol: o’sha koʻcha o’rnidagi soʻzni va u odamni toping?

Javobi: Dengiz. Afanasiy Nikitin. Xvalissa- Kasbiy dengizi, Gunduston- Hind okeani, Stebol- Qora dengizlarning qadimgi nomlari.

7320. Tabiatning qiziq xodisalaridan:
Buffalo- Gamilton trassasidan may-iyun oylarida o’tsangiz faqat yomg’irga duch kelasiz. Eng qizigʻi, 20-25 km.gacha faqat yomg’ir yog’ib turadi.
Diqqat savol: nimaning hisobiga yog’ingarchilik roʻy beradi?

Javob: Niagara sharsharasida may-iyun oylarida juda koʻp suv oqadi. Sharsharadan atrofga suv zarralari yomgʻir boʻlib sachraydi.

7321. Bu futbol komandasi Rossiyada bo’lganda «зеленый лес», bizda boʻlsa «yashil o’rmon» deb atalgan boʻlardi. Garchand u davlat fuqarolari xulqi nemislarga yaqin boʻlsa ham Germaniyada bu komanda «Gryukvald» deb atalgan boʻlardi.
Diqqat savol: jamoa aslida qanday ataladi?

Javob: Litva jamoasining nomi » Jalgiris».

7322. Afrika hayvonlari hayotini o‘rganuvchi olimlar, chiyabo’rilar populyatsiyasining tez o‘sishi leopardlarning ov qilish odatlarining o‘zgarishiga olib kelganini payqashdi. Leopardlar birinchidan, yosh hayvonlarni ovlashni afzal ko’rishadi, bu fizika nuqtai nazaridan juda tushunarli, ikkinchidan, endi ular o’ljalari bilan ovqatlanishni boshlashdan oldin bu ishni tez-tez qilishmoqda. Leopardlar o’z o’ljalari bilan avvalgidan ko’ra ko’proq tez-tez nima qilishlarini aniq ayting?
Javob: Ular o’ljalarni daraxtga sudrab borishadi.
Izoh: chiyabo’rilar leopardlarning o’ljasini o’g’irlashmoqda, shuning uchun leopardlar o’ljalarini balandroq yashirishlari kerak bo’lyapti

7323. Minut sari soatga boqib,
Uchrashishni kutaman faqat,
Hamon seni ko’rganda jonim,
Aytolmayman yurak so’zimni.
Borib aytay deymanu lekin
Borolmayman sening yoningga
Aytay endi yurak so’zimni
To o’lguncha sevaman seni.
Diqqat savol: Mazkur she’rning sarlavxasi qanday?

Javob: Mazkur she’rning sarlavxasi she’r qatorlaridagi bosh harflarning qo’shilishi- MUHABBAT.

7324. Ushbu jazo chorasini futbol qoidalarini buzgan klublarga nisbatan tez-tez qo’llab turishadi. Hattoki terma jamoalarga ham. Bizning aksariyat klublarimizga nisbatan esa ushbu jazoni qo’llashga xojat yo’q.
Diqqay savol: Qaysi jazo?

Javob: Muxlislarsiz stadionda o’ynash.
Izoh. Ba’zan jamoalar yoki ularni muhlislari qoida buzsa, ular muhlislarsiz o’ynash jazosiga tortiladi. Bizning Paxtakor, Loko, Neftchi kabi jamoalarimizga esa bu jazoni qo’llash shartmas. Ularni o’yiniga shundog’am muhlislar bormaydi

7325. Bu ishni Cristiano Ronaldo La Ligada 1 kalendar yilida 2 marta qilgani, Leo Messi Chempionlar ligasida qilgani, Robert Levandovskiy eng qisqa muddatda qilgani, Maksim Shatskix esa terma jamoada qila olgani bilan maqtanadi.
Diqqat savol: Qaysi ishligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: bir o’yinda 5 ta gol urish (Penta – trik yoki Flesh)
Izoh: Ronaldu La Ligada 2015-yilda 2 marta: Granada hamda Espanyolga;
Messi 2012-yil Bayerga;
Lewandowskiy 2015-yil Wolfsburgga 9 daqiqada;
Maksim Shatskix esa terma jamoada 2007-yil Xitoy Taypeyiga 5ta gol urgan.

7326. 2 ta Fransuz yaratgan bu ixtiro: 30 daqiqa yong’inga, 1 oydan ortiq suv ostida turishga va undan tashqari har qanday turli kuchli zarbalarga chiday oladi.
Diqqat savol: o’sha ixtironi toping?

Javob: Qora Quti

7327. Avstriyada olmali rulet, Hindixitoyda betel, Avstraliyada murabbo, Ukrainada borsh, Italiyada vermishel sho’rva. Ushbu taom va yeguliklar yuqorida sanab o’tilgan mamlakatlarda X ni tanlashda muhim ahamiyatga ega?
Diqqat, savol: X ni toping?

Javob: kelin. Rafiqa

7328. Alfa Qadimgi Xorazm va Baqtriyada boylik ramzi hisoblangan. O’zini boy ekanligini ko’rsatish ilinjida alfa dan foydalanishgan. Alfa ga erishish oson biroq qaytara olish ancha mashaqqat talab etadi.
Hozirgi kunda alfani manbasiga qarshi «Kurashish» avjiga chiqqani holbuki butun dunyoni qamrab oldi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Alfa ni topgan bo’lsangiz menga uning soxtasi bilan bizni xursand qiladigan ismni ayting.
Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki bu kishining boshida «Qalpog’i» hech qachon tushmaydi.

Javob: Marayimamat.
Izox: alfa- bu qo’rin qo’yish . Xorazm va Baqtriya davlatlarida qorin qo’ygan odam boy badavlat deb hisoblangan. Qorin qo’yishlikning manbasi bu semizlikga olib keladi semizlikga qarshi «Kurashish» ya»ni parzex butun dunyoda keng avj olmoqda. Soxta qorin esa «Qalpoq» telexajviy ko’rsatuvi ijodkori Marayimamat.edi. Qalpoq so’zi ham javobga olib borishi kerak edi

7329. Aleksandr Meshcheryakov yaponiyaliklar keraksiz teginishdan qochishlarini yozadi va U ni misol qilib keltiradi. Mashhur hikoyaning sarlavhasida ham Uni ko’rishimiz mumkin.
U nima ekanligini ayting?

Javob: ta’zim(xayr)
Sharh: Aleksandr Meshcheryakovning yozishicha, yaponlar keraksiz teginishni yoqtirmasliklari ta’zimning ommalashishiga olib keldi. «Uning vidolashuv ta’zimi» – Artur Konan Doylning qisqa hikoyasi.

7330. Fidel Kastro shunday degan «Agar lardan keyin «g’alaba-qozonish» Olimpiada o’yinlariga kiritilganıda, men unıng oltin medalini qo’lga kiritgan bo’lardim».
Savol: alfa o’rnida bu mashhur siyosatchi nimani nazarda tutgan?

Javob: SUIQASD
Izoh: KUBA davlati sobiq prezidenti FIDEL KASTRO joniga 600 dan ortiq suiqasdlar uyushtirilgan ekan

7331. Bir yumoristik kartinada Senegal, Jazoir, Misr, Liviya, Somali, Suriya, Afgoniston va Norvegiyaga hukm o’tkazishni istayotgan dengizlar hukmdori Buyuk Britaniya alfa ko’rinishida tasvirlangan.
Diqqat savol: alfa ni toping?

Javob: Sakkizoyoq.
E’tibor bersangiz davlatlar ham sakkizta.

7332. O’tgan asrning eng iste’dodli yozuvchilaridan biri, ko’p janglar ishtirokchisi E. Xeminguey bolaligida qo’lini kesib olganida, otasi uning jarohatini tozalab, bog’lab qo’ydi. Shunda ota o’z o’g’liga shunday maslaxat berdi.
«Agar jarohating og’riyotgan bo’lsa bu ishni qil. Bu og’riqni yengishga yordam beradi. «
Bola buni bir umrga eslab qoladi. Nafaqat tana jarohatlarida balki ko’ngil jarohatlarida ham bu ishni takrorlaydi.
Savol : bu qanday ish ?

Javob: Hushtak chalish

7333. Internetdan iks ning tarixi haqida ma’lumot izlaganimda qadimgi yunon afsonasiga duch keldim. Ya’ni afsonaviy qaxramon Kadm ajdaxoni yengib, tishlarini sug’urib oladi va atrofga sochib yuboradi. Keyin esa zum o’tmay undan odam shaklidagi mahluqlar o’sib chiqadi. Yana bir afsonada esa iks lar Gefestning xizmatida bo’lishgan.
Savol: iks deb men nimani nazarda tutayabman?

Javob: Robot.
Izoh: Argonavtlar sardori Yason buqani jilovlab yer haydaganidan keyin ajdar bilan jang qiladi ajdarni to’kilgan tishlaridan esa mayda temir odamchalar paydo bo’ladi.

7334. Bir odam do’konga kirib:?
-xullas, qaynonamga sovg’a olmoqchi edim…
-marhamat tanlang. Bizda hammasi elektricheskiy.
-xo’shshsh…
-Elektrodazmol olasizmi?
-yo’q.
-elektropech olasizmi, mana so’ngi modeli?
-yo’q. Menga uni bering.
Diqqat savol: uni-?

Javob: Elektr Stul

7335. Cherkes genotsidi paytida ruslar Turkiyaga 500 mingdan ortiq odamni deportatsiya qilishgan. Turk cherkeslari oilalarining to‘rt avlodi bu yo‘lda halok bo‘lgan va dafn etilmagan vatandoshlarini hurmat qilgani uchun BU ishni QILMAGANligini aytadi. Ikki so’z bilan javob bering, biz BU ishni qilmagan deb nimani aytdik?
Javob: baliq iste’mol qilish
Izoh: Kavkaz urushidan keyin rus bosqinchi kuchlari kamida yarim million cherkesni Qora dengiz orqali deportatsiya qilishdi – odamlar charchoq va jarohatlardan qayiqlarda halok bo’lganda, ularning jasadlari dengizga tashlandi. Cherkes Ilker Thamblmishning aytishicha, uning otasi, bobosi va bobosi Qora dengizdan baliq yemagan, chunki bu baliqlar cherkeslarning jasadlarini yeyishi mumkin edi.

7336. Savol qisqa
Xantlar tilida kyot-yurak,
sem-qo’l.
Diqqat , savol: Kyotsem nima?

Javob: Puls

7337. Xitoy imperatori saroyiga kelgan elchilar imperatorga 9 marta ta’zim qilishi kerak bo’lgan.
Qabuldan oldin elchilarni uni oldida repetitsiya qildirishgan.
Unga ta’zim qilish Kaligula davrida rim senatorlariga ham to’g’ri kelgan.
Diqqat, savol: U ni ikki so’zda ayting.

Javob: Bo’sh taxt

7338. Ustoz Shifu Pandaga qarab,
-bilasanmi Po senda kuch bor lekin alfa yo’q, bu ehtimol besunaqayliging uchundir))
Alfaga erishish uchun esa ichki xotirjamlik kerak dedi.
Shaxsan o’zimda ham alfa kam uchrasada ko’pchilikdan uni talab qilaman ana endi menga
Alfani maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Aniqlik

7339. Pyotr I gacha Rossiyada ordenlar bo’lmagan. Lekin odamlarni mukofotlashgan. Siz ham zaldan chiqmasdan turib bir kishini shu usulda mukofotlang.
Savol: Siz qanday mukofotlashingiz kerak?

Javob: Ismiga otasini ismini(otchestvo)qo’shib aytish kerak.

7340. Qadimgi Xitoyda uni suv ichish uchun yerga tushgan ulkan ilon deyishgan.
Diqqat, savol: Biz uni nima deymiz?

Javob: Kamalak

7341. Hindistonni inglizlar bosib olgan paytlar. Ikki ingliz ofitseri qorong’i xonaga kirib ketishdi. Biri qaytib chiqdi, biri esa yo’q.
Diqqat, savol: Qanday voqea sodir bo’ldi?

Javob: Duel.
Izoh: Qorong’i xonaga kobra qo’yvorishadi. Kimni chaqsa o’ladi. Bu ham duel hisoblangan.

7342. 1.1578- yil aprel- parijdagi bog’lardan biri.
2.1804-yil iyul- AQSH, Nyu- york shtati
3.1837- yil yanvar. Sankt Peterburg
4.1841- yil iyul. Pyatigorsk shahri
5.1979 -Yil. «Bizga tanish joy»
Diqqat savol: Sizga berilgan «bizga tanish joy» qayer?

Javob: CHINOR OSTIDA
IZOH: gap eng mashhur duellar o’tkazilgan joylar haqida edi

7343. Geografiya darsida bir o’quvchidan:?
-Yoglar qayerda yashaydi?-deb so’rashdi.
-Yogiptda dedi u.
-Qayerda velosiped eng ko’p tarqalgan transport vositasi ?
-…….
Bola nima deb javob bergan?

Javob: VELIKO BRITANIYA
Izoh o’zingizdan?

7344. Taniqli aktyor Yuriy Nikulinning aytishi bo’yicha bir vaqtlar ota-onasi alohida uyda, bobo-buvalari alohida u esa rafiqasi bilan birgalikda alohida yashagan ekanlar. Shu tufayli transport vositalariga pullar sovurilib ketar ekan!
Savol: bu holatni Yuriy Nikulin qanday geografik atama bilan nomlagan?

Javob: Bermud uchburchagi

7345. 80-yillar 2 kotiba suhbatidan:
-X daxshatli ixtiroda!!!
-Nega unday deyapsan?
-Chunki ishlamayotganingni darrov sotib qo’yadi.
Diqqat savol: Xni 2 so’z bilan ayting?

Javob: Yozuv mashinakasi

7346. Fransuz siyosatchisi Eduard de Labule qullikni tugatishning eng katta tashabbuskorlaridan biri edi. Shuning uchun ham biz «Uning» chap oyog’ida uzilgan zanjirni ko’rishimiz mumkin. Diqqat savol: Uni ayting?

Javob: Ozodlik haykali

7347. Bu firmaning paydo bo’lishiga ikki jentlmenning Sinsinattida o’tgan ko’rgazmadagi uchrashuvi sabab bo’lgan . Bittasi sovun, ikkinchisi sham ishlab chiqargan. Ularning birgalikda ochgan firmalari 170 yildan beri faoliyat yurgizib, yillik daromadlari 30 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Diqqat savol: ikki jentlmenning familiyasini yozib bering?

Javobi: Proktor va Gembl. Firma nomi » Proktor and Gembl».

7348. Aynan barokko usulidan tarqalgan bir usul haqida shunday ma’lumotlar bor: unga me’mor Beato Anjeliko da F’ozole asos soldi. U cherkovdagi barokko usulidan nusxa ko’chirdi, kichik hajmdagi tasvirlarni kattalashtirib chizish orqali o’z usulini yaratdi. U usulini o’zining uzundan uzun ismi sharifi bilan nomlaydi.
Diqqat savol: me’mor yaratgan usulni toping?

Javob: Freska

7349. Uning ismi Yakov, otasining ismi Vasiliy bo’lgan. Petersburgdagi kasalxonalarda ishlagan, keyin Saratovga kelib stomatologik qilib kun kechirgan.
Diqqat savol: Yakov Vasilevichning familiyasini ayting?

Javob: Chexovning «Otga o’xshagan familiya» hikoyasi personaji Ovsov.

7350. Bir yili Sofiya Rotaru Sibirda konsert berdi. Qo’shiqchiga konsertdan keyin uni sovg’a qilishdi. Qarangki, Rotaru dala hovlisiga uni ekkan edi, juda yaxshi unib ketdi.
Diqqat savol: qo’shiqchiga Gagaringa bog’liq nima sovg’a qilingan?

Javob: Kedr daraxti. Gagarinning kosmosdagi laqabi (oti) Kedr edi.

7351. 1951 yildan 2001 yilgacha Avstraliyaning chekka hududlaridagi maktablar «havo maktablari» deb nomlangan va bu maktablarda o’quv jarayoni oddiy maktablardan qanday farq qilgan?
Javob: Avstraliyaning chekka hududlarida aholi kam, tom ma’noda bir necha kishidan iborat qishloqlar mavjud va aholi punktlari orasidagi masofa juda katta bu esa maktabda o’qishni deyarli imkonsiz qiladi. va buxgalteriya hujjatlarini bunday maktablarga samolyotda yetkazib berish mumkin emas. 2001-yilgacha oʻqitish radio orqali olib borildi maʼruzalar havo orqali uzatilar edi, shuning uchun ham maktablar havo maktablari deb ataldi 2001-yildan boshlab esa oʻquv Internet tarmogʻidan foydalangan holda olib borildi.

7352. Tibbiyot sohasidagi ushbu yangilikdan eshitganidan, Shifokor Yanovskiy har kuni qotillik sodir bo’ladigan joyda ishlay olmasligini aytib ishdan bo’shaydi.
Ushbu yangilikni ayting?

Javob: Abort qilish

7353. Arman podshosi Yervandt Yervandakert shahrini barpo etadi va shahar o’rtasiga o’zining tanga ushlab turgan holatdagi haykalini o’rnatadi.
Bu qanday ma’noni anglatadi?

Javob: «Davlatning barcha pullarni shahar qurilishi uchun sarfladim» demoqchi

7354. Men buni hozirgi konsert zallariga ko’proq o’xshataman, qancha oldinroqdagi qatorda o’tirsang shuncha yaxshi ko’rinadi, jami 68 o’rinli, 12 qatordan iborat, faqat joylashuv sal tartibsizroq. Eng qizig’i yettita tomoshabin butun boshli 68 o’rindiqni o’zlari band qilib olishgan. Birinchi qatorni aytmayman faqat oxirgi uchta qatorda 8 kishidan jami 24 kishi band qilishgan.
Ana endi savol, siz menga birinchi qatordagi ikki tomoshabinni nomini aytib bering?

Javob: Ш ва Б
Izoh: savolda okulistik alfavit haqida o’xshatish qilinyapdi.

7355. Bu yerda mashhur komediyachi Bill Cosbi. Sizdan yopilgan tasvirning chap qismida bir matematik amal mavjud. Tenglikni chap tomonini toping?

Javob: SinB/TgB= CosB
Izoh: CosB- Kosbi deb o’qilishini bilamiz

7356. G’afur G’ulomdan She’r:
Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek,
Intizor ko’zlarda halqa- halqa yosh.
Eng kichik zarradan Y .gacha
O’zing murabbiysan, xabar ber, X.
Diqqat savol: X va Y ni yozib bering?

Javob: X-Quyosh Y- Yupiter

7357. Jahonda kemalarning turlari juda ko‘p. Lekin bu «kema»ning bor yo‘g‘i ikki xil turi
bo‘lib, birinchisi dromedar, ikkinchisi esa baktrian deb ataladi.
Savol: Xo‘sh, bu kemalarning bir-biridan farqi nimada?

Javob: O’rkachining sonida
Izoh: Dromedar – bir o‘rkachli, baktrian – ikki o‘rkachli tuya. Tuya esa sahro
kemasi hisoblanadi.

7358. “Yomg‘ir keltiruvchi momaqaldiroq”. Antuan Antuan de Sent-Ekzyuperi bu haqda shunday degan edi.
Stendal esa uni “kulguning eng yuqori darajasi” deb nomladi.
Savol: Uni ayting?

Javob: Ko’z yosh

7359. Yaqinda bir karikaturaga ko’zim tushib qoldi. Unda jurnalist va kandidat suhbati berilgan:?
Jurnalist: Agar yer sayyorasi o’z oqi atrofida doimgidan 30 marta tez aylansa, nima sodir bo’ladi?
Kandidat: Agar shunday bo’lsa, …….
Diqqat, savol: kandidatning fikrini mantiqan yakunlang?

Javob: Kandidat: Agar shunday bo’lsa, oylik maoshimizni har kuni olar edik)

7360. Suhbatlardan birida “Xotin kim?” mavzusida bahs ketadi. Bahslashayotganlardan biri xotinni bir jonzotga qiyoslaydi. Fikrining isboti sifatida bu jonzotning ham jonga azob, ham bizga huzurbaxsh ne’mat berishini ta’kidlaydi.
Diqqat savol: Gap qaysi jonzot haqida ketmoqda?

Javob: Asalari

7361. Malay arxipelagidagi Belitung oroli yaqinida 1200 yillar oldin cho’kib ketgan arab kemasi topiladi. Belgilariga qaralsa u oltin,kumush va keramikadan yasalgan 60 000 ga yaqin buyumlarni ortgan bu kema yurtiga qaytayotgan bo’lgan. Bu voqeaga bag’ishlab «National geographic» jurnalida bosilgan maqola ancha keng tarqalgan uch so’zdan iborat edi.
Maqola nomi nima?

Javob: MADE IN CHINA

7362. Bir paytlar Gretsiyada alfa ning yetishmasligidan juda qadrlashgan. Hatto xayrlashishdan oldin oq yo’l emas alfa ning tozasini tilashgan.
Alfa nima?

Javob: Suv

7363. Siz XVI asrda Angliyada yashab qarzdor bo’lib qoldingiz va to’lay olmadingiz.
Diqqat, savol: Hibsga olmasliklari uchun nima qilishingiz kerak?

Javob: Uydan chiqmaslik kerak

7364. Tush ta’birnomalarida yozilishicha, agar Siz tushingizda alfani o’qiyotgan bo’lsangiz, demak Sizda o’zingizga ishonch yetishmaydi va boshqalarda madad kutadigan odamsiz.
Diqqat , savol: alfani 2 so’z bilan yozib bering?

Javob: Tush Ta’birnomasi

7365. Slavyanlar bo’ron paytida yosh daraxt qulasa yoshlar, keksa daraxt qulasa keksalar vafot etadi deyishgan.
Agar daraxt ildizi bilan qulasachi?

Javob: Shu joylarning xo’jayini vafot etadi deyishgan

7366. Bir hazilga ko’ra ruslar nihoyatda sovuqqa chidamli xalq.
Lekin nimagadir -114 gradus haroratda ularning kayfiyati tushib ketar emish.
Diqqat, savol: Nima uchun?

Javob: bu haroratda etil spirti(aroq) muzlaydi

7367. Bir donishmand cherkovda va’z aytardi. Bir kishi esa tinmay yig’lardi. Shunda donishmand bu kishiga mening so’zlarim ta’sir qilib yig‘laydi dedi. Odamlar esa: nega bizga bu so‘zlar ta‘sir qilmaydiyu sen esa yig‘layapsan deb so‘rashdi. Shunda haligi kishi: bir oriq echkim bor edi juda yaxshi ko‘rardim qarib o‘lib qoldi o‘shani eslab yig‘layapman dedi.
Odamlar buning sababini so‘rashganda u qanday javob berdi?

Javob: Donishmand va‘z aytganda soqoli qimirlab echkimni esga soladi. Chunki u ham shu kabi uzun soqol edi deydi.

7368. Yuqorida Tretyak galereyasidagi suratlardan birini kurib turibsiz.
Savol surat nima haqidaligini toping?

JAVOB: «2»
IZOH: suratdagi portfel ko’targan bolakay maktabdan yana «2 baho» olib kelgan.

7369. Twitter logotipidagi havo rangli chumchuqning ismi bor ekan
Diqqat savol: bu chumchuqning ismini toping?

Javob: LARRI BYORD

7370. Bir mashhur rus qo’shiqchisi o’zining konsertlarida bir frazani aytishni odat qilgan ekan. U tomoshabinlarga shunday degan: «ALFAngizni ehtiyot qiling, u keyinchalik bolalaringizga mehr ko’rsatganda kerak bo’ladi».
Savol: ALFA o’rnidagi so’zni yozib bering?

Javob: Kaft (qo’l javobi ham qabul).
Izoh: Bu qo’shiqchi Visotskiy edi. Uning konsertlarida qarsakbozlik judayam kuchli bo’lgan. Shunda u odamlarga aytgan: «Kaftingizni ehtiyot qiling, u bolalaringizni boshini silash uchun kerak bo’ladi».

7371. Deyl Karnegi: “U hech qancha turmaydi, ko‘p narsaga qodir emas. U hadya qilingan odam boy bo‘ladi, hadya qilgan odam esa kambag‘allashib qolmaydi. Uning davomiyligi bir lahza, ammo xotiramizda abadiyga qoladi. Uni sotib olish, so‘rab olish, qarzga olish, o‘g‘irlab olish behuda. Chunki u chin dildan taqdim etilgandagina qadrli»
Diqqat savol: Deyl Karnegi nimaga bunday ta’rif bergan?

Javob: Tabassum

7372. Pekin metrolarida pul o’rniga jeton olish uchun alfa ham qabul qilinar ekan.
Diqqat savol. Alfa ni toping?

Javob: Plastik idishlar

7373. «Iks— bu quyosh chiqib turganida sizga soyabon berib turadigan, ammo yomg‘ir yog‘ishni boshlashi bilan uni qaytarib olishni istaydigan yigitchadir.»
Diqqat savol: Mark Tven nazarda tutgan Iksni toping?

Javob: Bankir

7374. Uning Rossiyada paydo bo’lishi 1666-yilda chet ellik Gordon hamda Mayor Montgomeri nomi bilan bog’liq. Keyinchalik kardinal Reshalye davrida fransiyada kuchayib ketgan. Diqqat savol. Uni nimaligini anglagan bo’lsangiz, u bilan bog’liq 25, 10, 8 va hattoki 3 raqamlari nimani anglatganini ayting?
Javob: Duelga chiquvchilar tashlaydigan qadam soni

7375. Savol: XIX asrning o’rtalarida Avstraliya qo’ylarining orasida oyoqlarini sindirib olib – jarohatlanish holatlari tez-tez kuzatila boshlangan. Jarohatlar sababchisi esa ALFA lar edi.
Diqqat savol:ALFA ni ikki so’zda ayting?

Javob: Quyonlar ini
Izoh: Ko’rsatilgan asrda Avstraliyaga quyonlar olib kelingan. Quyon uyalariga qo’ylarni oyoqlari kirib ketib, jarohat ola boshlagan.

7376. Hazil savol: Olimlar akula va tilla baliqning xususiyatlarini o’zidan jamlagan baliq turini yaratishibdi.
Diqqat savol: Ikkala baliqning ham xususiyatlarini eslangda, yangi baliq turining o’ziga xosligini toping?

Javob: 3 ta OXIRGI tilakni bajaradi
Izoh: Akula 3 ta tilaklaringizni bajo keltirgandan keyin, yeb qo’yadi.?

7377. Bir videoda KRISTIANO RONALDO qizil to’p bilan har xil fokuslar ko’rsatadi .
Futbolchi topni janglyorlik harakatlari bilan mohirona o’ynatadi.
Uning qarshisidagi «raqib»i esa RONALDOning har bir tryukini g’azab bilan kuzatar edi. Va RONALDOga tashlanishga, «hamla qilishga» urinar edi.
Diqqat savol: Videodagi RONALDOning «raqibi»ini toping?

Javob: BUQA
Izoh: Korrido jangini eslang

7378. Yana RONALDO haqida savol)
Bir hazilga ko’ra ayollar alfa ning turlarini ilm- fan bilan bog’lashibdi.
Boshqa bir hazilga ko’ra KRISTIANO RONALDO alfasiga bog’liq muammo tufayli maydonga tushmagan ekan.
Diqqat savol: alfa ni ikkita so’z bilan ifodalang?

Javob: SOCH TURMAGI

7379. Qadimgi inklar yurtini bosib olgan ispanlar janubga tomon siljib boradi.Ular mahalliy hindulardan yanada janubroqda nima bor?-deb so‘rashadi va «U yerda sovuq»-degan javobni olishadi.
Diqqat, savol: Hindular tilida «sovuq» so‘zi nima deyilgan?

Javob: Chili
P/s: Inglizcha «Chilly-sovuq» so’zi ham shundan kelib chiqqandir balki…

7380. O’rgimchaklar to’riga barcha hashorotlar, qurt- qumursqalar ilinadi.
Diqqat, savol: Nega o’rgimchak o’zining to’riga o’zi yopishib qolmaydi(ilinmaydi)?

Javob: O’rgimchak to’rida o’zi yopishib qolmasligi uchun bazi yo’llarini o’zi yurishi uchun maxsus to’qiydi.

7381. Don Aminado ayollar to’g’risida quyidagicha fikr yuritadi:
«Ayollarga faqatgina bir holatda tosh otish mumkin, agar….»
Diqqat, savol: Mantiqqa tayangan holda, Aminadoning fikrini yakunlang?

Javob: Agar tosh qimmatbaho bo’lsa)?

7382. Tohir Malik » Odamiylik mulki» asaridan:
» Alfa- shunchalar qaysarki, uning oldida podshoh ham, gado ham teng, u shunday zulmkorki, uning qoshida iflos- fosiq ham, pokdil oshiq ham bir…»
«Alisher Navoiy»
Diqqat, savol: Alfa- ?

Javob: Ishq

7383. Mixail Sherbakovning bir musiqasi satrlariga ishonadigan bo’lsak Parfenon un dan yasalgan ekan.
Diqqat, savol: uni toping?

Javob: Parafin

7384. U 1678-yil 4-martda tug’ilib, 1741-yil 28-iyulda vafot etgan. 1703-yil U «Pieta» konservatoriyasiga o’qishga kirdi. 1738-yil 27-yanvarda oxirgi operalaridan birini yozdi.
Diqqat savol: U kim?

Javob: Antonio Vivaldi

7385. Mashhur biznesmen Richard Brenson o’zining noodatiy takliflari va maslahatlari bilan hamkasblari va omma orasida o’ziga xos, shuningdek, ajabtovur statusga ega bo’lgan. Bir kuni u qaysidir teleko’rsatuvda boshlovchiga taklif yo’llaydi. «Siz bir kunda millionerga aylanishni xohlaysizmi?
Unda X ingizni sarflang va aviakompaniya quring» deya maslahat beradi
Diqqat savol: X ni bitta so’z bilan ifodalang?

Javob: Milliardlarni sarflang

7386. «alfa» Turkiyada «kedi» ispaniyada «gato» fransiyada «chat» deb ataladi
Savol: «alfa» bizning yurtimizda nima deb ataladi ?

Javob: Mushuk

7387. Qarshingizdagi suratda bir insonning familiyasi keltirilgan.
Diqqat savol: O’sha familiyani yozib bering.

Javob: Darvin
Izoh: suratda odam evolutsiyasi tasvirlangan

7388. Uning aytishi bo’yicha 1963-yil bir qancha ming ishchilarga ovqat bergan.
Diqqat savol: U ni toping?

Javob: Alfred Xichkok.
Izoh: shunday qilib, rejissyor o’zining mashhur «Qushlar» filmida ishtirok etgan 28 ming qush haqida istehzo bilan gapirdi

7389. Ko’chada 2 ta Jentelmen uchrashib qoldi. Biri boshqasiga
-Janob meni hamdardligimni qabul qilsangiz
-Nima munosabat bilan hamdardlik izhor etmoqdasiz?
-Kecha men xotinimga yangi shuba olib berdim.
-Xosh?
-………….
Savol: Ushbu dialogni mantiqan yakunlang?

Javob: Bugun sizlarnikiga mehmonga bormoqchimiz)

7390.
Yunon Faylasufi Suqrotdan
-Odam tanasidagi eng sezmas joyi qayer? deb so’rashganida Suqrot
-Burun, deb javob beribdi.
-Nimaga Burun?, deb so’rashibdi.
Suqrot esa bunga biz ko’p eshitgan bir ibora bilan javob bergan.
Diqqat, savol: qanday ibora so’ralmoqda?

Javob: Burundan ip o’tkazish
Izoh: Suqrot: «Buvim bobomni burnidan ip o’tkazib olgan, buni esa bobom butun umr sezmagan» deb aytgan ekan.

7391. Misr ierogliflari: ikki oyoq-yurmoq degani, ikki ko’z ko’rmoq degani, qalqon va nayza-jang. Bir ieroglif Qadimgi Misrda ochko’zlik, ochofatlik timsoli bo’lib tasvirlangan.
Diqqat savol: Ochko’zlik va ochofatlik belgisi etib nima tasvirlangan?

Javob: Timsoh

7392. Bu narsa namlik joylarda ko’payadi. Zaharni zararsizlantirishda unga yetadigani yo’q. U bo’lmaganida na elektronika ilmi dunyoga kelardi, na qit’alar aro sun’iy yo’ldoshlar bo’lardi. U neftni qayta ishlashni tezlashtiradi. Raioaktiv nurlarni so’rib, muhitga zararini kamaytiradi. Uning yana bir qancha xislatlarini sanash mumkin.
Bu ta’riflar egasini ayting?

Javob: Eng zo’r so’ruvchi, tozalovchi, zararsizlantiruvchi katalizatorning nomi baliq.

7393. Hindistonda avvallari ham sanitariya holati yaxshi bo’lmagan. Ayniqsa quduqlardagi suvni mahalliy aholi bemalol icha olsa, o’zga yurtlik muhojirlar bu suvdan kasallanishgan. 1398 yili Amir Temur Hindistonni zabt etganida, uning lashkarlari ham xuddi shu muammoga duch kelishgan. Hind diyorida ko’p uchraydigan ne’mat ularning joniga oro kiradi. Bu narsa har bir lashkarga turli xil mahsulotlarga qo’shib tarqatilgan.
Savol: Bu ne’mat nima?

Javob: Limon

7394. Asqad Muxtor unga mohirona ta’rif bergan: «U o’lgudek nozik, yelvizakdan qo’rqadiyu, tutundan o’ladi. Shovqinu yorug’dan cho’chiydi, issig’u sovuqdan ozadi. Odamlar uning bu kabi nozikligidan » ko’z tegdi deb ham qo’yishardi».
Diqqat savol: Yozuvchi nimaga ta’rif bergan?

Javob: Ipak qurti

7395. 5 yashar qizchadan Alfa nima ekanligini so’rasangiz, u taxminan mana bunday javob beradi:
» Alfa- shunday insonki, avtomobillarni suratini chizadi».
Diqqat, savol: Alfa nima?

Javob: Avtograf
Izoh: qizaloq bu so’zni bo’g’inlarga ajratib , «avto»- «mashina», » grafo»- «chizaman» degan ma’noni chiqaradi.

7396. «Garry Potter va Tilsim shaxzoda» filmida Garryning bir do’sti juda ko’p yurishini hatto tushida ham yurishi va shu sabab uxlaganda «u ish»ni qilishini aytadi.
Diqqat Savol: Qanday ish haqida gap ketmoqda?

Javob: Uxlaganda oyoq kiyimini kiyib yotish

7397. Rey Bredberi ta’rifi: Alfaning devorlari chang bilan to’ldirilgan, ovozlari esa osilib qolgan tomchiga o’xshaydi, go’yo dengiz chig’anoqlari bir tekislik bilan sas beradi. Bu ovozda tabiat yer bilan hamohang.
Savol: Ta’rif nimaga berilgan?

Javob: Qumsoat

7398. Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanida ko’plab hajviya aralashgan qismlarni ko’rishingiz mumkin.
Bir safar roman qahramoni Dehqonqul shaharda maishiy xizmat uyi qidirib qoladi va adashib «Ж» yozilgan xonaga kirib ketadi. Anchagina uyatga qolgan Dehqonquldan militsiya xodimi nima sababdan adashganini so’raganda u chalasavod emasligini va «M» va «Ж» harflarini qanday tushunganini aytib beradi.
Diqqat savol: Asar qahramoni o’zini qanday oqlashga harakat qilganligini ayting?

Javob: «Ж» – jigitlar; «M» – marjalar
Izoh: Bu savolga javob topishda Tog’ay Murodning qaysi viloyatdan ekanligini bilish ham javob topishni osonlashtirardi. Surxandaryo shevasida asar qahramoni vaziyatdan chiqishga harakat qiladi.

7399. Yaqinda bir maqolada
Amerikalik kitob o’g’risi Simon Stivenson haqida o’qib qoldim. U odam umri davomida qiymati bir necha million dollar bo’lgan 10mingdan ortiq kamyob kitoblarni o’g’irlagan ekan. Bundan ko’plab kutubxonalar zarar ko’rgan. Simon Stivenson buning oqibatida bir necha marotaba panjara ortiga tushgan. Eng qizig’i u o’g’irlagan kitoblarini birortasini sotmagan va zarar yetkazmagan faqatgina o’qigan.
Diqqat Savol: siz yuqoridagidek voqea tasvirlangan «Aybsiz aybdor» qatnashgan SSSR filmini ayting?

Javob: Avtomobildan saqlaning

7400. Bu ishni biz odatda bahor oylarida qilamiz,
Odatda bu ishni qilishda adashib ketish hayot bilan xayrlashuvga ham olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamonda bu ishni qilish uchun bahorni kutish shart emas.
Yordam tariqasida «U»ning nomi tashqi ko’rishiga qarab berilgan.
Diqqat Savol: «Bu ish»ni ayting?

Javob: Qo’ziqorin terish