82-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

8101.

«Men safda eng og’iriman. Doim masofa saqlayman. Gollivud filmlarini ko’rsam, qonim qaynaydi, chunki barcha bosh qahramon kompyuter bilan muomalada negadir meni unutib qo’yadi».
Nutq muallifini aniqlang?

Javob; Probel (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10532?comment=86089)

8102.

Bir rus shoiri soʻzlariga koʻra yaxshi she’riy asar yaratish uchun asosan yangi she’riy jumlalardan koʻproq eski siyqasi chiqib ketgan soʻzlardan esa kamroq foydalanish kerak ekan. U bu fikrini asoslash maqsadida inson organizmini misol qilib olib ESKI she’riy jumlalarni UNGA, YANGI she’riy soʻzlari BUNGA qiyoslaydi.
Diqqat savol: Mantiqni topgan xolda Unga va Bunga degan soʻzlar oʻrnidagi soʻzlarni toping?

Javob: VЕNA va ARTЕRIYA. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10533?comment=86104)
Shoir soʻzni qonga oʻxshatgan. Organizm she’riyat deb olinsa unga yangi ishlatilmagan qon bu albatta Arteriyal qon boʻladi.

8103.

Oʻtgan asr 30-yillarida Ispaniyadagi fuqorolik urushi davrida yetim qolgan koʻplab bollar SSSR ga olib kelinadi. Urushning jajji qurbonlariga iloji boricha sharoit yaratib berishga harakat qilishadi.
Diqqat savol: oʻsha ispan bolalari xotirasi boʻyicha ular nimani «gʻalati, bemaza murabbo edi» deb eslashar edi?

Javob: Ikra (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10535?comment=86113)

8104.

Garri Trumen AQSH prezidenti oʻz siyosiy qarashlariga oʻta sodiq inson boʻlgan. Xatto siyosiy faoliyatini yakunlagach ham. Kunlardan bir kuni u AQSH dagi eng mashhur istirohat bogʻiga boradi, koʻplar attraksionlarga chiqadi. Faqatgina bitta attraksionga chiqishdan bosh tortadi. Savol oʻsha attraksion qaysi personaj qiyofasida tasvirlangan edi?

Javob : Dambo(jambo) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10536?comment=86128)
Gap shundaki fil respublikachilar partiyasi ramzidir.

8105.

A. S. Pushkin duelda yaralanib vafot etar chogʻida doʻstlariz bilan xayrlashing deyishsa xona burchagiga biroz termulib qolgan. Buning sababini esa siz ayting?

Javob: xona burchagida oʻzi yozgan kitoblari boʻlgan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10537?comment=86142)

8106.

Kun.uz nashrining xabar berishicha Xitoyda birinchi marotaba uchuvchi meduzalar 2020-yilda yaratilgan. MeduzaLar 48ta dron orqali nazorat qilinadi. Meduzalar bir vaqtning oʻzida aygʻoqchilik va hujum qilishga moʻljallangan. Ushbu maqola ostida Ukraina qurolli kuchlariga havola va psixotrop dori vositalari haqidagi malumotlarni koʻrish mumkin
Diqqat savol almashtirilgan soʻzni oʻzbekcha boʻlmagan bir soʻzda ayting?

Javob: Kamikadze (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10540?comment=86162)

8107.

Soddagina savol:
Matematika Shunday bir son borki
shu sonni 6 ga bo’linsa 5 qoldiq
5 ga bo’linsa 4 qoldiq
4 ga bo’linsa 3 qoldiq
3 ga bo’linsa 2 qoldiq
2 ga bo’linsa 1 qoldiq qoladi
Oʻsha sonni toping?

Javob: 59 (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10541?comment=86168)

8108.

PEMZA toshi —  yogʻoch, tosh va metallarga abraziv ishlov berishda, kimyo sanoatida filtr va kataliza-torlar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida, nitroglitserinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qoʻshimcha sifatida, shisha va yaltiroq boʻyoqlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Uning yana bir ajoyib xususiyati bor bu xususiya undan boshqa toshlarda bo’lmasligini bilgan holda Pemza toshining hammadan ajralib turuvchi xususiyatini toping?

Javob: U suvda cho’kmaydigan yagona tosh (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10542?comment=86188)

8109.

X larning dunyo bo’yicha faqat 4 xil ranglari mavjud ekan. Bular qizil, ko’k, yashil va qora.
Bu ranglar orasida qizil eng keng tarqalgan rang hisoblanar ekan. Qizil rangli X lardan Rossiya, Xitoy, Gruziya kabi davlatlar foydalanar ekan. Ko’k rangli X lardan esa Karib dengizining 15 ta davlati foydalanar ekan. Shuning uchun ham  Qizildan keyin eng ko’p tarqalgani sanalar emish. Qora X esa juda kam uchrar ekan va undan asosan Afrikaning ayrim davlatlari va Yangi Zellandiyagina foydalanishar ekan.
Diqqat savol : Siz bizga X ni emas, Yashil X lardan eng ko’p foydalanadiganlarni 2 yoki 1 so’zda yozib bering?

Javob: Musulmonlar yoki Musulmon davlatlari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10543?comment=86202)
Izoh: X bu pasport edi va uning dunyoda 4 xil rangi mavjud ekan. Yashil rangli pasportlardan esa ko’pchilik musulmon davlatlar foydalanishar ekan. Sababi Yashil rang Payg’ambarimiz Muhammad  sallallohu alayhi vasallamning sevimli ranglari bo‘lib, tiriklik va tabiat rangi sanalar ekan.

8110.

Savolda almashtirishlar bor.
Ilohiyotshunos Evrigen BIRINCHIni ham, IKKINCHIni ham porlayotgan yulduzlar qatoriga kirishi mumkinligiga ishongan. Buni asoslab, quyosh nuri sog’lom ko’z uchun yoqimli, kasal uchun esa og’riqli ekanligini ta’kidlaydi.
Savol: Qismlarining nomi BIRINCHI va IKKINCHI bo’lgan asar muallifini yozib bering?

Javob: Dante
Izoh: BIRINCHI va IKKINCHI – Jannat va do’zax edi. Dantening Ilohiy komediya asarining 2 ta qismi Jannat va do’zaxdir. ilohiyotshunosning so’zlariga ko’ra, barcha o’liklarning ruhlari yulduzlarga boradi, ammo solih ruhlar o’z nurlaridan bahramand bo’lishadi va gunohkorlar bundan azoblanadi.

8111.

Bir mashhur yozuvchi sabr-toqat bilan graf Xvostovni tinglagani va keyinroq qarz olishi uchun Xvostovning she’rlarini har tomonlama maqtashini aytib o’tgan. Xvostov va yozuvchining o’zi 1807-yilgi asar qahramonlarining prototiplari bo’lgan degan fikr bor. Bu qahramonlarni ikkisini ham yozib bering?

Javob: Qarg’a va tulki. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10545?comment=86233)
Izoh: Savol Ivan Krilovning «Qarg’a va tulki» ertaki haqida edi. Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Krilov graf Xvostovni qarg’a bilan, o’zini esa Tulki bilan taqqoslagan.

8112.

Viktor Guyogadan Alfa haqida so’rashganida u shunday javob beradi:

Alfa bu – olg’a ketayotgan inson har qadamda yuzaga keltirayotgan doimiy kashfiyotdir. Qadimgi Shummerda Alfa dastlabki yozuv shakllanishi bilan boshlanganligi aytiladi. Ba’zi bir mutaxasislar esa Alfaga madinayatning sinonimi sifatida qarashar ekan va uni moddiy madaniyat ma’nosida qo’llashar ekan. Alfa atamasini esa  birinchi bo’lib Fergyusson o’z asarlarida qo’llagani aytiladi.
Diqqat savol : Alfani o’tmish va kelajak o’rtasidagi chegara ekanligini bilgan holda uni 1 so’zda yozib bering?

Javob: Sivilizatsiya (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10547?comment=86239)

8113.

Ushbu rasmda bularni barchasini umumlashtiruvchi narsa joylangan. U nima?

Javob: Vinoni nimalar bilan isteʼmol qilish! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10548?comment=86252)

8114.

Bir jurnalda yaponlarning sevimli mashgʻuloti roʻyxati tuzilibdi.
Unga koʻra:
Birinchi oʻrinda restoranga borish.
Ikkinchi oʻrinda Yaponiya boʻylab sayohat.
Uchinchi oʻrinda mashina haydash oʻrin olibdi.
Siz esa endi ushbu roʻyxatda
Toʻrtinchi oʻrindan joy olgan va yaponlar odatda yolgʻiz shugʻullanishni avzal koʻruchi mashgʻulotni toping?

Javob: Karaoke qoʻshiq kuylash (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10550?comment=86291)

8115.

Qadimdan ushbu oʻyin tosh , shisha yoki loydan yasalgan toshchalar orqali oʻynalgan ekan. Baʼzi manbalarda faqat suyak bilan oʻynalgan deb ham izohlanadi. Bu oʻyinni 8-9 kishi oʻynagani aniq. Xullas oʻyin qoidalari quyidagicha: qirolicha bir toshni tanlaydi, kimda kim oʻsha toshni birinchi boʻlib ursa u bir qadam yurishga ega boʻladi. Agar yana urinishi omadli kechsa yana bir qadamga ega boʻladi. Agar shu zaylda davom etaversa oʻsha inson qirolichaning qoʻlini ushlashga erishadi. Savol oʻyin nomini soʻramayman ushbu oʻyin kim sabab toʻxtab qolganini toping?

Javob: ODISSЕY. Gap shundaki ushbu oʻyinni Odisseyni xotini Penelopaga uylanishga xarakat qilgan kishilar oʻynagan ekan.

8116.

XX asrning boshlarida Angliya futbol chempionatida barcha futbolchilar uchun bir xil futbol formasi joriy etiladi. Shundan soʻng futbolchilarni kiyimining faqatgina bir jihatidan farqlash mumkin boʻlib qoladi. Oʻsha farqni toping?

Javob: Belbogʻidan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10554?comment=86393)

8117.

Lionel Messi intervyusida X dagi Messi xaqiqiysidan ustinroq ekanligini aytadi. Hozirgi kunga kelib X dagi Messi ham ancha kuchsizlantirligan. X o’rnidagi so’zni ayting?

Javob. Playstationdagi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10557?comment=86398)

8118.

And togʻidagi qadimgi hindu qabilalari fikricha bu narsa insonni turli xafv xatardan ,masalan ilon va boshqa xashorotlar chaqishidan saqlar ekan. U insonga tetiklik , kuch-gʻayrat berar ekan. Albatta bu fikrlar hozirgi kunda baxs-munozaralarga sabab boʻlgan. Aslida bularning hech qaysinisi bermasligi ham mumkin. Savol gap nima haqida?

Javob: Kokain (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10558?comment=86425)

8119.

Gonkong binolarida bunday teshiklar nima uchun qilingan?

Javob: Sharqda anʼanalarga eʼtibor kuchli . Bu teshiklar ajdarlar uchib oʻtishi uchun qoldirilgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10559?comment=86433)

8120.

Bu qoʻllanma kimlarga va qaysi kasbdagilar uchun oʻqitilgan?

Javob: Dirijor (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10560?comment=86449)

8121.

Qarshingizdagi suratda chet el kompaniyalaridan birining logotipi. Logotipda sigir tasvirlangan boʻlsa-da, kompaniya nomi boshqa bir jonzot nomi bilan bir xil eshitiladi.
Diqqat savol! Ushbu jonzot nomi yozib bering?

Kavob: “Cowbra” boʻlib, inglizcha “cow” – sigir va “zebra” – zebra soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Logotipda ham zebra kabi yoʻl-yoʻl sigirni koʻrish mumkin (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10568?comment=86661)

8122.

Qarshingizdagi turgan rasmda qanday xizmat taklif qilinayotganligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Polshadan Rossiyaga pochta joʻnatish yoki teskarisi.
Izoh: ikki davlat bayroqlari ifodalangan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10570?comment=86673)

8123.

Ushbu rasm bundan bir necha yil oldin Toshkent shahri Shota Rustaveli koʻchasidagi «Pollo city» kafesi. Mashhur trendni davom ettirgan holda eshigi oldiga ushbu tablichkani qoʻyib qoʻygan. Diqqat savol, biz tablichkada qaysi soʻzlarni yashirganmiz?

Javob: Qaysi biri oldin paydo boʻlgan?. Tovuq oldin paydo boʻlganmi yoki tuxummi, degan mashhur dilemmani takrorlashgan. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10571?comment=86682)

8124.

Diqqat Zakovat sandiqchasi.
Amerikalik Betti Grem bir safar yoʻlda bezorilar tomonidan devorga yozib ketilgan xunuk soʻzlarni oʻchirayotgan boʻyoqchilarni koʻrib qoladi va sandiqchasi narsani ixtiro qiladi. Sandiqchada nima bor?

Javob: Yozuvlarni oʻchirishga moʻljallangan kanselyariya zamaskasi(shtix) (https://t.me/Eski_Savollar/86689)

8125.

El klassikolarning birida Ronaldinoning parashyut uslubida uzatgan topini Xavi xuddi shunday uslubda darvozabon ustidan oshirib gol kiritadi. Bu gol tarixda mashhur bir brend nomi bilan qolgan. Savol: oʻsha brendni toping?

Javob: McDonaldʼs (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10573?comment=86699)
Izoh: oʻyindagi 2 ta parashyut uslubidagi toʻp uzatish va zarba, xuddi Makdonaldʼs logotipiga oʻxshaydi.

8126.

Siz koʻrib turgan suratda FORD kompaniyasining yuk tashuvchi mashinalari reklama qilinmoqda. Diqqat savol mazkur rasm (poster) orqali kompaniya vakillari yuk tashuvchi mashinalardan tashqari yana qanday jihatni reklama qilishmoqda?

Javob: Avtomat uzatgichli tizim. Avtomat karobka
Izoh: Xuddi uchar gilamda uchganday bemalol yurasiz, boshqarish juda oson deyishmoqchi.

8127.

Razvedkada yozilmagan qonunlar koʻp. Razvedkachilarni ishga olish uslublari ham xilma xil. Yozilishicha, ingliz razvedkasida suxbatda chaqirilgan nomzodni ma’lum muddat oʻtgach boshliq kabinetida yolgʻiz qoldirishar ekan. Shundan keyin nomzod bir ishni qilsa razvedkaga olinar ekan. Nima qilsa?

Javob: Stol tortmasini ochib koʻrsa (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10576?comment=86737)

8128.

Qarshingizda 2019-yilda chiqqan “Qinidan chiqqan pichoqlar” filmi posterini ko‘rib turibsiz. Film ijodkorlari posterda o‘zlari xohlamagan holda spoylerga yo‘l qo‘yishgan. Filmni ko‘rmagan inson ham ushbu posterdagi qaysi personaj aniq qotil emasligini tushunishi mumkin. Bu bir mashhur kompaniya siyosati bilan bog‘liq.
Savol: Personajni emas, mashhur kompaniya nomini toping?

Javob: Apple (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10577?comment=86743).
Izoh: Apple kompaniyasi filmlarda o‘zining mahsulotlaridan salbiy personajlar foydalanishiga ta’qiq qo‘ygan. Ushbu posterda esa chap tomondagi aktyor Jeyden Martell ijrosidagi personaj “Jeykob Trombi” qo‘lida ayfonni ko‘rishimiz mumkin.

8129.

Siz rasmdagi Qadimgi Rimda qo’llanilgan jazo turini ko’rib turibsiz. Ushbu jazo haqidagi maqolada qaysi yunonning sahifasiga havola berilgan?

Javob. Gerostrat (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10578?comment=86756)

8130.

Miloddan avvalgi I asrda G’arbiy Yevropaning deyarli butun hududini band etgan qadimiy qabilalar keltlar , yoki gallar deb atalgan. Garchi ularda monax timsolidagi oliy hukumat, davlatchilik bo’lmasa-da, ular oʻzlarining ma’naviy dohiylari- Ularga boʻysunganlar. Ular qurbonlik qilish marosimlarini boshqarishar, tabiblik qilishar, solnomalar bitishar, bashorat qilishar, bolalarga saboq berishar, gunoh ish qilgan katta yoshlilarni jazolashar edi. Ular sir-sanoatli ilohiy bilimlarga ega deb va bu ularning kishilar ustidan hukmronlik qilishlariga juda katta imkoniyat berardi. Ularning nomlanishining kelib chiqishi irlandcha soʻzga taqalib, «eman daraxti» degan ma’noni anglatadi va an’anaviy ravishda bilim va donolik ramzi sifatida ishlatiladi.
Diqqat savol: Ularni toping?

Javob: Druidlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10579?comment=86783).
Izoh: Druid irlandcha, » doire» – «eman daraxti» degan ma’noni anglatadi.

8131.

Chingiz Aytmatov oʻz xotiralarida: “bolalik paytlarim, kattaroq yigʻilish boʻlib qolsa, oqsoqollar oʻyinqaroq bolalarning gʻururini qoʻzgʻatish uchun ushbu oʻyinni oʻynatar edi”, deb yozadi. Bolalar birpasda jiddiy boʻlib qolishar va adashmaslikka harakat qilishar ekan.
Hozirgi kunda bu oʻyinda afsuski koʻpchilik yaxshi natijaga erisha olmaydi!
Diqqat savol! Bu qanday “oʻyin” ekanligini aniq ayting?

Javob: 7 avlod ota-bobosini nomini aytish! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10584?comment=86840)

8132.

Olimpiya mash’alasini yoqish huquqi mashhur kishilar zimmasiga yuklatildi. 1996-yiligi AQSH olimpiasida ham huddi shunday boʻldi mash’alani olib chiqish unga topshirildi. U negadir minglab tomoshabinlarni oldida baqirib yigʻlardi bu uning quvonch yoshlari edi. Yillar davomida mushtining zarbalari orqali topgan obroʻsi uchun muxlislariga ehtirom yoshlari edi. Savol gap Kim haqida ketyapti?

Javob: Muhammad Ali (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10585?comment=86860)

8133.

Toʻrtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi. Olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi oʻrinda turadi va qadimgi Gondvana quruqligining bir boʻlagi hisoblanadi. Savol gap qayer haqida ketyapti?

Javob: Afrika materigi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10587?comment=86872)

8134.

Oʻzbek bolalar yozuvchisi tomonidan yozilgan va italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi J. Rodari tahsiniga sazovar boʻlgan va dunyoning 24 tiliga tarjima qilingan asarni toping?

Javob: Sariq devni minib (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10588?comment=86888)

8135.

Tasavvur qiling, 25-30 litr sig‘imga ega bochkalar! balki sal kattarog‘idir, muhimi u emas, 30-yillarda litvalik ko‘plab bolakaylar mana shunaqa bochkalarni buzib o‘zlarining sevimli uyinlari bilan mashg‘ul bo‘larkan. Diqqat savol: bolalar nima yasashadi?

Javob: Basketball savatchasi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10589?comment=86903)

8136.

Turkiyada XX asr o‘rtalarida bo‘lg‘usi kelin bilan qaynona hammomga tushisharkan, va chiqqandan so‘ng kelin qilish hamda qalin miqdori pulini kelishisharkan. Diqqat savol, bundan aniq qanday maqsad ko‘zlangan?

Javob: Zagar haqida edi! Agar tanasida quyoshdan kuyish boʻlsa bu qiz ochiq- sochiq kiyinib yurgan , agar teskarisi boʻlsa tanasida kuyish yoʼq boʻlsa uzun koʻylaklarda «paranjada» yurgan deb oʻylashar ekan!! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10590?comment=86935)

8137.

Nyu Jersidagi shaharchada qirg’oqlarning yemirilishi oqibatida ular ko’chalarga chiqib qolishdi. Bir spektaklda aktyor uzun mato bilan dengizga qayta tashiyotganini tasvirlaydi. Bunda aktyor bir qiyofani gavdalantiradi. Bu spektaklda qaysi pyesa qo’yilgan edi?

Javob: «Chol va Dengiz» (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10592?comment=86941)
Izoh: ular – akulalar. 2012 – yilgi tornado oqibatida Brigantin ko’chalariga chiqib qolishadi.

8138.

Reklama mavzu!
Bir sarlavha posterida pitsa ishlab chiqaruvchi kompaniya oʻz mahsulotini reklama qilishning juda antiqa uslubini oʻylab topdi. Reklamaga shunday joy tanlanganki, bunda mijoz uyidan chiqmasdan turib bu reklamaga guvoh boʻlishi mumkin edi. Diqqat savol, mijozlar reklamani aynan qayerda koʻrishgan?

Javob: Glazokdan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10593?comment=86945)

8139.

Xazilga koʻra bu chashka kimlar uchun?

Javob: Moʻylovlilar uchun (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10596?comment=86965)

8140.

Savol unga dastlab Pirmatvoy yoki O‘tkirvoy deb ism qo‘ymoqchi bo‘lishadi. Siz menga uning hamma bilgan ismini emas, balki u qaysi qishloq xoʻjaligi buyumini harakatga keltirganini ayting?

Javob: Ketmon (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10597?comment=86977) (Bu Abdullajon edi. Unga dastlab Pirmatvoy yoki O‘tkirvoy deb ism bermoqchi bo‘lishgan)

8141.

Diqqat rebus
Rebusni topishga urinib koʻring
Eslatib oʻtaman rebus ruscha variantda?

Javob: Школа (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10598?comment=86988)

8142.

Amerikaning Los-Andjeles shahri kafelarining birida vrachlar oʻrtasida bir ajoyib musobaqa oʻtkaziladi. Gʻolibga eng qimmatbaho restoranda ikki kishilik stol tekinga va’da qilinadi. Diqqat Savol: ishtirokchi vrachlar oldiga qanday vazifa qoʻyilgan edi?

Javob: vrachlar retsept(yozuvini) muallifini aniqlash (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10599?comment=87007)

8143.

Yevropa shaharlaridan birida yalqov va dangasalar uchun kofe chashkalari ishlab chiqildi. Ularda kofe maʼlum bir darajada toʻlganda musiqa yangraydi. Lekin maʼlum vaqt oʻtgandan keyin chashkalar boshqa bir toifa odamlar tomonidan ommaviy tarzda sotib olina boshlaydi. Diqqat Savol: Bu qanday toifadagi insonlar?

Javob: koʻzi ojizlar uchun (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10608?comment=87053)

8144.

Koʻrib turgan suratingiz hali
balogʻat yoshga yetmagan bolalarning bir tasviri. Ular bir narsani reklama qilishmoqda Diqqa savol: rasmda nima reklama qilinmoqda?

Javob: Xavfsizlik kamari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10609?comment=87064)

8145.

AQSH terma jamoasining uzoq muddatli lideri Landon Donovan bir ajoyib laqab ortirib oldi, unga koʻra bu lider 1917-yil 4-iyulda boʻlib oʻtgan voqea natijasida, bir odamning yaratgan personaj sifatida taxallusni oldi. Diqqa Savol: Bu taxallus Amerika(aqsh)dan kelib chiqqanini inobatga olib qaysi taxallus olganini siz ayting?

Javob: Kapitan Amerika (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10610?comment=87074)
Izoh: Ayniqsa, Donovan bir muddat AQSh terma jamoasi sardori bo’lgan. «Kapitan Amerika» laqabli Marvel komiks qahramonining tarjimai holiga ko’ra, u 1917 yil 4 iyulda AQShning Mustaqillik kunida tug’ilgan.

8146.

«Аргументы и факты» gazetasi 8-mart arafasida quyidagilar mavjud bo‘lgan ro‘yxatni e’lon qildi.
Lab bo‘yog‘i, ajinlar uchun krem, jonivorlar, termometr, vitaminlar, chekuv vositalari, alkagol ichimliklar, kulinariya kitobi.
Diqqat savol: Bular qanday asosda tuzilgan edi?

Javob: bularni barchasini ayollarga sovg‘a sifatida berib bo‘lmaydi

8147.

Savol qisqa: Qanday muassasa oʻz xizmatini taklif qilmoqda?

Javob: Stomatalogiya. Biz sariqni xushlamaymiz) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10612?comment=87092)

8148.

Avvallari UNI doim vertikal tik holatda uchratardim, hozir UNI gorizontal holatda ko’raman. Bir yozuvchi oʻz maqolasida UNI oq-qora ranglisini Oʻzbek ayoli shaxsan oʻz qoʻllari bilan yaratib, Stalinga sovg‘a qilgani haqida yozgan. Bir ertakda esa, U xoʻjayinni bolasi talqonni ag‘darib yuborgani uchun UNI tashqariga chiqarib doʻppaslashganidan shikoyat qiladi.
Diqqa savol: UNI nima ekanini ayting?

Javob: Gilam (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10613?comment=87099).
Izoh: Avval hamma gilamni devorga osib qoʻyardi, hozir polga yoyamiz Lyudmila Ulitskaya oʻz asarida yozishicha: Bir Oʻzbek ayoli oʻz sochlaridan gilamchani uzoq vaqt toʻqiganidan qora sochlari qorday oqaradi , shu sabab gilam ham yarmi qora ,yarmi oq boʻlib chiqadi. Ayol Gilamni Stalinga sovg‘a qilgan ekan.
Ertak qahramoni Gilam : talqonni toʻkkan bolasi, kaltak yegan esa men «deydi

8149

8150.

Bir reklama roligida Eminem ushbu mahsulotni reklama qilayabdi. Diqqat savol: ushbu mahsulotni aniq ayting?

Javob: M&M’s (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10614?comment=87111)

8152.

Qarshingizdagi surat bir kino filmdan olingan variantning oʻzgartirilgan parchasi! Dimmi Kimmelning shousida shu narsa isbot boʻldiki, aslida joy ikki kishiga ham yetarli edi. Diqqa Savol: Siz esa ushbu parcha qaysi filmdan va kim rol ijro etganini aniq ayting?

Javob: Titanik. Di
Kaprio va Keyt Uinslet (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10617?comment=87134)

8153.

Dunyoda eng ko’p so’z ishlatilgan Qo’shiq «Rap God»

Repper Eminemga tegishli «Rap God» 6 daqiqalik repi hisoblanadi! Bu degani
1560 ta so’z ishlatilgan! Ya’ni 1sekundda 4ta so’z degani!

8154.

Karikatura Mavzu!
Karikaturalarning birida ikki do‘st bahslashmoqda. Biri ikkinchisiga qarab:

  • Men sendan kattaman, turishinga qara…
    Shunda ikkinchisi “turishi”ni o‘zgartirganda birinchi aytgan gapiga pushaymon yegan ekan. Savol: Karikaturada tasvirlangan Ikkinchini ayting?

Javob: 8 (Cheksizlik) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10622?comment=87164)

8155.

Savol qisqa: Ushbu motoroller tanasining shakli va matorining ovozi sabab U nomni olgan. Diqqa Savol: U ni aniq ayting?

Javob: Asalari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10624?comment=87170)

8156.

Qaydlar: Diqqat hozir sizga uchta qisqa topishmoqlar beriladi. Uchalasini ham toping va ularga yaxshilab oʻqib e’tibor bersangiz har bir topishmoq javobining boshidan bitta, yoxud ikkita harf olinishiga guvoh boʻlasiz va ushbu uchta topishmoq javoblaridan yana bir javob hosil qilasiz. Har bir topishmoq javobidan nechta harf olishingizni topishmoqni oʻzini oʻqib bilib olasiz.

Misol uchun: Javobi sabzi boʻladi . She’riy misrada ilk harfi , yoki birinchi harfi olinsin desa, bitta birinchi harfini olasiz , demak, S harfini olasiz. Ikkita oling desa , Sa harflarini olasiz.
( Unda topishmoqlarni boshlaymiz, diqqat bilan oʻqing)

Topishmoq:
Kim ekan sharpaday bekinib olgan?
Odamlar siridan voqif boʻlishni,
Shubha tugʻdirmay, pinhon yurishni,
Yurgan yoʻlida yolgʻon soʻzlashni,
Hunar-u, maqsad, niyat, deb bilgan?
Demak, shu kasbning ilk harfini oling?

Topishmoq:
Oʻzini oʻrmon sohibi bilib,
Meva, asal, tana, baliq yeb
Tinim bilmay oʻkirgan, qishda esa koʻrinmay,
Panja soʻrib uxlagan hayvon nomini esla.
Oʻsha jonivor nomining ikkita harfini tanlang

Topishmoq:
Va nihoyat: insonlarning qiziq asbobi,
Taxta yuzasida borki butoq jallodi
Nima ekan, shoshilmay, obdan oʻyla.
Ikkita harfini olgin-u, barini qoʻshib soʻyla.

Diqqat savol: uchala topishmoq javobini toping va har bir javobning bosh harflaridan she’riy topishmoqda nechta oling degan boʻlsa, shuncha harf olib yana bir javob paydo qiling.

Qayd: she’riy topishmoqda 1ta , yoki 2ta harf oling deyilgan. Undan ortiq harf olib boʻlmaydi.

Javob:
1.Josus (J olinadi).
2.Ayiq (ay olinadi).
3.Randa ( ra olinadi).
J
A
Y
R
A
Javobi: Jayra.
Qabul: Faqatgina,
1.Josus
2.Ayiq
3.Randa
JAYRA javoblari qabul qilinadi. Boshqa chala javoblar qabul emas. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10626?comment=87199)

8157.

Oʻtgan asrning 90-yillari oxirida , Koka-kola xalqaro korparatsiyasining shu kabi sovutgichlari Rossiyada ishlab chiqarila boshladi! Rossiyaliklar bu Muzlatgichlarni xususiyatini inobatga olib, bir mashhur kino personajning nomiga toʻgʻri keladigan nom bilan ishlab chiqarildi! Diqqat savol: oʻsha personajning nomini ayting?

Javob: Dambldor
Izoh: Rasmiy ravishda ikki eshikli muzlatgichlar Double-door deb ataladi. Bunday muzlatgichlar o’zlarining norasmiy laqabini – Dambldorlarni oldilar – Garri Potter kitoblarining tez o’sib borayotgan mashhurligi tufayli.

8158.

Bu Rossiyadagi yodgorlikka ketgan quymaga bir xil qiymatga ega yuzlab tangalar tashlangan ekan. Bu ajdar kimlarni oʻzida ifodalaydi?

Javob: Talabalar. Studentlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10628?comment=87236)

8159.

Mavzu yana Reklama!
Savol qisqa: rasmda nima reklama qilinmoqda?

Javob: Saqich (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10629?comment=87254)
Hubba-Bubba

8160.

Polsha va Yugoslaviya davlat chegaralari, BMT tashkilotlari va tuzulmalari, SSSRning uzoq sharqda urushga kirishi – bularning barchasini ULAR bilan bogʼlash mumkin. Bugungi kunda ULAR haqida siz bir necha bor eshitgansiz. ULARNI ikkita soʻz bilan keltiring?

Javob: Yalta masalalari (Вопросы Ялты)
Izoh: Bu masalalarning barchasi Yalta konferensiyasida muhokama qilingan.

8161.

Latifadan
Ikki dugona suhbatini eshiting:
-Sen haligi shifokor bilan uchrashib turibsanmi?
-Yo’q. Hozir farmatsevt bilan uchrashyapman.
-Axir shifokorni sevaman derdingku?
-Albatta sevaman. Faqat u hozir safarda. Farmatsevt esa ……
Latifaning davomini ayting?

Javob: Uning yozgan xatlarini o’qib beryapti. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10632?comment=87282)

8162.

Robert Xaynlayn romanlaridan birining qaxramoni «choy chaqasiz» xizmat koʻrsatishni takomillashtirishning oddiy yoʻlini oʻylab topadi. Buning uchun unga bir necha: «mare-see», «key toss», «m’goy», «gate oss» ga oʻxshagan soʻzlarni eslash kifoya boʻladi. Bu roʻyxatda yana bitta soʻz bor, sizga shubxasiz tanish boʻlsa kerak-romanning original tekstida bu soʻz 10 ta harf bilan yoziladi. Ular orasida ikkita «yey», ikkita «i», yana ikki dona «dablyu» harflari qatnashadi. Bu soʻzni RUS TILIDA yozib koʻrsating?

Javob: Спасибо (Rahmat) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10633?comment=87287)
Izoh: Yuqorida keltirilgan barcha soʻzlar rus tiliga «Rahmat» tarzida tarjima qilinadi. «Spasibo» soʻzi yozuvchining «Marsianka Podkeyn(Marslik Podkeyn) » romanida «spawseebaw» tarzida keltirilgan.

8163.

Yevropaga bir kichik shaharchaga kiraverishida tablichkada quyidagi gaplar yozilgan «Tezlikni pasaytiring bizda U yo’q». U ni toping?

Javob: Shifoxona (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10634?comment=87294)

8164.

Bu so’z nemischadan «etishmaslik» eski rus tilida «birodarlar» so’zlari ma’nosini beradi. Ushbu so’zni toping?

Javob: Nikox (бракь) (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10635?comment=87302)

8165.

2014-yil yoz va va kuz oylarida Yekaterinburgda ob-havo ancha sovuq bo’ldi natijada Sverdlovsk viloyati hukumati 3-oktabrda hatto »U» ni ham o’chirib qo’ydi. »U»ni ikki so’zda ayting?

Javob: Ishonch telefonlarini

8166.

1888-yil Nyu-York shtatining Kongressida o’lim jazosining bekor qilinishi to’g’risidagi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu insonparvarlik harakatining sababini toping?

Javob: Elektr stulning joriy etilishi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10638?comment=87328)

8167.

NASA 2011-yil kosmonavtlar trening dasturiga yangi tartib joriy etildi. Bu dasturdan o’tolmagan astronavt kosmosga ucholmaydi. Bu yangi dasturni toping?

Javob: Rus tilini bilish (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10639?comment=87335)

8168.

Siz «Undo-It» kompaniyasining reklamasi koʻrib turibsiz. Firmaning taqdim etadigan asosiy xizmatini aytib bering?

Javob: Tatuirovkalarni olib tashlash, oʻchirish (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10647?comment=87407)

8169.

Birinchi ALFA lar XIX asrda Germaniyada paydo bo’lib, dastavval ularni tayyorlashda g’oz patlaridan foydalanishgan ekan. Hozirda ALFA larni ishlab chiqarishda polivinil xloriddan foydalaniladi. “Qiziqarli faktlar” kanalida yozilishicha, 1930-yilda ALFAning hozirgi ko’rinishdagisini ishlab chiqargan kompaniya hojatxona yorshik (yumaloq simcho’tka) larini ham ishlab chiqargan ekan.
Diqqat savol! ALFAni ikki so’z bilan yozib bering?

Javob: Sunʼiy archa (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10648?comment=87417)

8170.

Olim Zohi Xavassning fikricha, ular sayyohlardan qo’rqishadi. Ularni toping?

Javob: Piramidalar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10649?comment=87421)

8171.

Baader-Maynhoff sindromi: inson yangi ma’lumotni eshitganida uni bu maʼlumot ta’qib qila boshlaydi, bu ma’lumotga bog‘liq narsalarni barcha yerda ko‘rib boshlaydi.
SAVOL: Kimlar bu sindromdan eng katta azob chekishadi?

Javob: Tibbiyot yo‘nalishida ta’lim oladigan talabalar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10650?comment=87430).

8172.

Bobomurodovadan to’rtlik:

Qo’shma,olma,bo’lma dilimni,
Ko’paytirma,g’animlarimni.
….. …. …. tilimni,
Notenglarga tenglama meni!
Mantiqni ishga solingda nuqtalar o’rnidagi uchta so’zni toping?

Javob: Qavs ichiga solma (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10651?comment=87434)

8173.

Davlatning mavqeyi unga berilishi mumkin bo’lgan Alfa bilan o’lchanadi. Alfani toping?

Javob: Qarz (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10652?comment=87445)

8174.

Bu yerda nima reklama qilinmoqda?

Javob: Audio kitob (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10653?comment=87456)

8175.

Ma’lumki jannatga birinchi navbatda payg’ambarlar keyin sahobalar undan keyin ulamolar kirishlari taʼkidlangan. Xadislardan birida ayrim toifadagi odamlarning payg’ambarlardan ham oldin jannatga kirishi aytib o’tilgan. Diqqat savol qanday toifadagi insonlar haqida gap ketyapti?

Javob : Turmush qiyinchiliklarini mardonavor yengib farzandlarini yolg’iz voyaga yetkazgan onalar (bevalar). (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10654?comment=87468)

8176.

Professional boksda sportchining jismoniy holati odatda to’rtta asosiy parametrga ko’ra baholanadi: yoshi, vazni, balandligi … To’rtinchi parametrni siz ayting?

Javob: Qo’llarning uzunligi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10655?comment=87474)

8177.

Siz koʻrib turgan rasm Nensi shahrida oʻrnatilgan boʻlib, XX-asrning boshida fransuz siyosatchisi Paul Druled bu yodgorlik qahramoni haqida shunday bir gap yozgan edi: «Ikkala singlimni yoʻqotdim». Diqqat savol: Gap nima haqida ekanligini bilgan boʻlsangiz shu «ikkala singilni» menga yozib bering?

Javob: Elzas va Lotoringa (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10656?comment=87484)
Izoh: Bu ibora alohida siyosatchilarning Elzas va Lotaringiya yo’qotilishining o’rnini qoplash uchun Afrikada tobora ko’proq hududlarni bosib olish takliflariga munosabatdir.

8178.

Savol qisqa, sizga taqdim etilgan rasmda siz Golf klub va bir toponimni ham koʻrishingiz mumkin! Diqqat savol: ikkinchi toponimni siz ayting?

Javob: Sparta (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10657?comment=87495)
Izoh: Agar diqqat bilan qarasangiz, yunon dubulg’asining ko’rishingiz mumkin. To’g’ri, bu klubda uch yuzta «spartalik» bor yoki yo’qligi noma’lum

8179.

Duplet!

  1. 2015-yilda rassom Dji Li birinchi oʻz ishini nimaga bagʻishlagan?
  2. 2015-yildagi bir tadbirga rassom Dji Li ikkinchi ishini nimaga bagʻishlagan?

Duplet javoblari bir postda qabul

Javob:
1) Irlandiyada bir jinsli nikohning qonuniylashuvi
2) Xitoyda oilada ikki farzandaga ruxsat berilishi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10658?comment=87511)

8180.

Savolda almashtirish bor!

Bir ijtimoiy plakatda sogʻlik, baxt, oila, doʻstlik, hurmat, farzand, tinchlik kabi qismlardan tashkil topgan hayot shari(pufak) koʻrinishida berilgan va bu pufak «yovuzlik» nomli igna bilan yorilayotgani tasvirlangan. Diqqat savol: Matnda qaysi soʻz almashtirilganini topgan holda, ushbu ijtimoiy forumni toping?

Javob: Narkomaniyaga qarshi kurash (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10659?comment=87541)

8181.

Rebus
Rebusni topishga urinib koʻring.
Javobi Rus tilida

Javob: Леснитса (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10660?comment=87549)

8182.

Suratda nima reklama qilinmoqda?

Javob: Ovozli xabar joʻnatish! (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10661?comment=87571)
Izoh: Klavishni bosishga qiynaladigan, yoki erinchoqlar uchun ovozli klaviatura)

8183.

Jizzax viloyatining tog‘li hududlaridagi shaharu qishloqlarni aylanib chiqqan germaniyalik geograf olim, o‘z mutaxassisligidan butunlay boshqa mavzuda gap ochib, yarim hazil, yarim chin ohangda, “O‘zbek xonadonlarida dunyodagi boshqa xalqlar xonadonlariga nisbatan alohida bir qotillik quroli turi ancha ko‘p ekanligini aniqladim”, degan ekan
Diqqat savol: gap qanday qotillik quroli haqida ketayapti?

Javob: Yostiq (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10662?comment=87581)
Izoh: Yevropalik huquqshunoslar yostiqni ham alohida bir qotillik ashyosi sifatida qayd etishadi.

8184.

Lev Tolstoy – 4 ming, Belinskiy – 9 ming, Lermontov – 22 ming, Chexov – 8 ming va 60 ming, Pushkin – 95 ming, Jukovskiy – 101 ming. Bu raqamlar nimani anglatadi?

Javob: Tegishli shaharlardagi (aholi) aholisi soni (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10666?comment=87612)

8185.

Bu qaysi kasb egalarini embelmasi?

Javob: Ortopedlar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10667?comment=87633)

8186.

Nemis faylasufi Lyudvig Bern fikriga ko’ra «Ko’pchilik narsalarni yashirish oson» ,
«Sevish qiyin» sevgini yashirishning eng qiyin usulini toping?

Javob: Befarqlik (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10668?comment=87642)

8187.

Siz ko‘rib turgan dasxat qanday kasb egasiga tegishli?

Javob: Reanimatologga (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10669?comment=87655).

8188.

Oddiy hayotda biz ushbu arzon narsalardan foydalanamiz. Agar ularga biror nuqson berilsa ularni ishlata olmaymiz, ammo keyingi yillarda ushbu mahsulotlarning qiymati sezilarli darajada o’sib borib va bir necha million dollarga yetishi mumkin. Ularni toping?

Javob: Markalar (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10670?comment=87664)

8189.

2006 yil yangi zelandiyada hayriya jamgʻarmasi tashkil qilindi, unda 20 mingta shunday koʻrinishdagi paketchalar tarqatildi! Diqqat savol: biz bu jamgʻarma urush uchun ko‘tarilgan degan savolni bermayamiz, bizga paketchalar ichida nima borligini aytsangiz bas?

Javob: Ketchup (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10672?comment=87674)!
Izoh: Minalarga qarshi piyodalar kurashgan; Bu minalar xavfining «vizual» dalilidir.‌‌

8190.

Ushbu yodgorlik Bonn shahrida joylashgan. U kimga bag’ishlangan?

Javob: Lyudvig van Betxoven (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10679?comment=87735)

8191.

Nima uchun Isroildagi harbiy oshxonalarda idish yuvish uchun ikkita xona bor?

Javob: Sut idishlar va go’sht idishlarni aralashtrib yuvish mumkin emas ular alohida yuviladi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10680?comment=87743)

8192.

Qo’shma Shtatlarda siyosiy tanqidiy fikrlarga sabab bo’lgan ushbu taniqli roman: «Va hech kim qolmadi» deb nomlangan. Bu roman bizga qanday nom ostida ma’lum?

Javob: »O’nta negr bolasi» (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10681?comment=87750)

8193.

«Smombie» so’zi 2015-yilda Germaniyada yoshlik so’ziga aylandi. Ushbu so’z deb atalgan kishilar uchun Augsburgda qanday qulaylik yaratilgan?

Javob: Asfaltga svetafor o’rnatgan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10682?comment=87754)
Izoh: «Smoyi» – «smartfon» va «zombi» so’zlaridan olingan va smartfonga doimiy qaram bo’lgan kishilarni bildiradigan so’zdir. Bunday kishilar tez-tez oyoqlariga qaragan sababli chiroqni sezmaydilar, shuning uchun Augsburgda ular o’ta xavfli joylar uchun asfaltga o’rnatiladigan bir nechta svetafor o’rnatishgan.

8194.

Osiyo mamlakatida alkogolizm tufayli odatda jigar bilan bog’liq ko’plab muammolarga duch keladilar lekin hozirgi kunda bu mamlakatlarda bu ish sababli zaharlanganlar soni ortmoqda. Bu ishni topamiz?

Javob: Tatuirovka

8195.

Ularning qo’llash usulini yengillashtirish uchun, ularning orasiga prishebka prujinasini joylashning o’zi kifoya ekan! Savol: nimaning?

Javob: Xasi tayoqchalari (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10684?comment=87793)

8196.

Aktyor Muhammad Iso Abdulxayirov bir intervyusida aytishicha, arzon byudjetli film bilan ko‘p pul tikilgan filmning farqi shundaki, arzon filmlarda ko‘p pul ketadigan sahnalar U orqali tomoshabinlarga yetkaziladi.
2004-yili premyera qilingan “Aloqa” filmi asosini U tashkil etgan edi.
U nima?

Javob: Telefon (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10685?comment=87803)

8197.

Latifani eshiting
Arxitektura sohasi boʻyicha amaliy imtihon boʻlayotganda «U» imtihondan chiqarib yuboriladi. Sababi esa shpargalka. Ammo undan hech narsa topilmagandi.
Diqqat savol: U deganda qaysi kinopersonaj nazarda tutilmoqda?

Javob: Maykl Skoltfilt (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10686?comment=87811)
Izoh: Panjara ortida serialida Maykl chizmalarni tanasiga chizdiradi

8198.

Qadimgi Xitoyda harbiy texnika va jang sanʼati qadimdan yuksak darajada rivojlangan. Xitoyliklar moxir jangchi boʻlishgan. Ular baʼzi maxfiy qilinadigan hujumlarni amalga oshirish uchun gʻalati usulni qoʻllashgan. Bu hujumlardan oldin jangchilar boʻyinlariga nok shaklida ishlangan katta toʻpni osib olishgan. Savol: bu nok shaklidagi toʻp qanday vazifa bajarganini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Bu latta toʻplarni maxfiy hujumlardan oldin, ogʼzilariga solib olishgan. Bundan maqsad har qanday holatda ham ovoz chiqarmaslik edi. А.Иванкин »Ikki buyuk sarkarda» kitobidan (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10687?comment=87828).

8199.

Bu yerda nima reklama qilinmoqda?

Javob: Kir yuvish kukuni (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10688?comment=87836)
Tide kukunlari

8200.

Unga quyidagi taʼrif mos keladi. Bu har xil moddalarning organizmga tushushii taʼsirida organizmning noodatiy javob reaksiyasi. Menga Uni emas yuqorida taʼkidlangan reaksiya keltirib chiqaradigan modda qanday atalishini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Allergen. U allergiya edi (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/10690?comment=87845)