Pak Nikolay Semyonovich
Pak Nikolay Semyonovich (1922.5.5, Xitoy) — rangtasvir ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1979). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1960). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-46). 1946 yildan O’zbekistonda. 1960 yildan Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida pedagog, 1981 yildan dotsent, 1989 yildan professor Pak asarlari o’zbek xalqi (jumladan, qishloq) hayotiga, urf-odatlariga bag’ishlangan: «cho’pon Sobirov», «qahramon ona», «suv keldi», «Mehmonda», «ayol mehnati» va boshqalar. Pak, shuningdek, turkum asarlar ham yaratgan: «Vetnam bolalari», «Amerika bolalari» va boshqalar.