Pakombo
Pakombo (? – 1867 yil dekabr) – Kambodjada frantsuz mustamlakachilari va mulkdorlarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon rahbari; 1866-67 yillarda yuqori cho’qqisiga chiqqan. Pakombo o’zini qirol Ang Channing nabirasi deb e’lon qilgan. Qo’zg’olonchilar Pakombo rahbarligida bir qancha viloyatlarni egallaganlar. Ularning asosiy kuchlari 1866 yil frantsuz qo’shinlari va qirol otryadlari tomonidan tor-mor keltirilgan. Pakombo asir olinib, qatl etilgan.