Patriarxat
Patriarxat — ibtidoiy jamiyat davriga xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlar shakli. Patriarxatda jamiyat, xo’jalik, oilada erkak hukmron mavqega ega bo’lgan. Patriarxatning xo’jalik faoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning so’nggi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.