Pergament

Pergament (miloddan avvalgi 2-asrda xat yozish uchun xizmat qiladigan material pergament tayyorlana boshlangan Pergam shahri nomidan) — 1) maxsus ishlov berilgan mol va cho’chqa terisi; doira, do’mbira, baraban va ba’zi mashina detallari uchun ishlatilgan; 2) sulfat kislota (H2SO4) bilan ishlov berilgan qog’oz; shaffof, yog’ va suvni o’tkazmaydi. Materiallarni o’rashda, izolyasiya materiali sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.