Pul
Pul (fors-tojikcha) — O’rta Osiyo xonliklari va yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo’llanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 Pul 18-19-asrlarda Qo’qon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 Pul 1/40 tillaga, 1932 yilgacha Eronda 1/40 Qironga teng bo’lgan.