Prezinjantrop

Prezinjantrop (lotincha rgae – oldinda va zinjantrop) — Sharqiy Afrikada topilgan gominidlarning shartli nomi. Prezinjantrop skelet qoldiqlari ingliz antropologi va arxeologi L. Liki (1960) tomonidan Oldovay darasidan topilgan. Odatda, Prezinjantropga Homo urug’ining eng qadimgi vakili va qadimgi tosh asridagi ilk madaniyatning yaratuvchisi sifatida qaraladi. Ayrim tadqiqotchilar Prezinjantropning odamlarga yaqinligini inkor etishib, uni avstralopiteklarning vakili deb hisoblashadi.