Prelog (Prelog) Vladimir
Prelog (Prelog) Vladimir (1906.23.7, Saraevo, Yugoslaviya) — shveytsariyalik organik kimyogar. Mikroblar hayot faoliyati mahsulotlari, jumladan, riformisin antibiotigining tuzilishi va ta’sir mexanizmini tadqiq qilgan. Zamonaviy stereokimyoviy nomenklatura mualliflaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1975, J. Korn-Fort bilan hamkorlikda).