Pretor

Pretor (lotincha praetor — oldinda boruvchi) — qadimgi Rimda dastlab oliy mansabdor shaxs, so’ngra miloddan avvalgi 367 yildan (yoki 366 dan) konsulning kichik hamkasabasi. Miloddan avvalgi 242 yildan ikki Pretor saylangan: biri Rim fuqarolari o’rtasida sudlov ishlarni olib borgan, boshqasi esa — fuqarolar bilan o’zga yurtliklar (xorijiylar) o’rtasidagi nizoli masalalarni ko’rgan.