Proektor
Proektor (lotincha projicio — oldinga tashlayman) — detal, diapozitiv, negativ, fotosurat, xarita yoki chizma tasvirini kattalashtirib, kichiklashtirib va o’z o’lchamida ekranga tushirish uchun mo’ljallangan optik asbob. Diaskopik, episkopik va epidiaskopik xillari bor. Diaskopik Proektor (proektsiey apparatlar, kinoproektorlar) tiniq ob’yektlar tasvirini ular orqali o’tadigan yorug’lik nurlari yordamida ekranga tushiradi. Episkopik Proektor yorug’lik o’tkazmaydigan ob’yekt lardan qaytgan nurlar yordamida tasvirni hosil qiladi. Epidiaskopik Proektorda ikkala usul jamlangan. Proektor kinotexnika, fototexnika, xaritagrafiya, nusxa ko’chirish texnikasi, aniq mexanizmlarning o’lchamlarini o’lchash va boshqa sohalarda qo’llanadi.