Proksima

Proksima (lotincha proximus — eng yaqin) — Kentavr yulduz turkumidagi eng yorug’ yulduz. Aslida bu yulduz uch karrali vizual yulduz bo’lib, uni tashkil etuvchilarning yulduz kattaliklari 0,04; 1,17 va 10,67 ga teng. Ulardan eng xirasini 1915 yilda ingliz astronomi R. Innes kashf etgan. Bu Quyoshga eng yaqin joylashgan yulduz bo’lib chiqdi va unga Proksima deb nom bergan. Proksimagacha bo’lgan masofa 4,16 yorug’lik yiliga teng.