Prokl

Prokl (taxminan 410, Konstantinopol -485, Afina) — yunon faylasufi; Triada metodi asosida neoplatonizmning butun sistemasini har taraflama dialektik tarzda ishlab chiqqan. O’rta asr falsafasi rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Asosiy asari — «ilohiyotning birinchi asoslari». Prokl Platonning «Timey», «Parmenid» dialoglarini sharxlagan.