Prometey
Prometey — yunon mifologiyasida Olimp tog’idagi xudolardan olovni o’g’irlab, odamlarga hadya qilgan ma’bud. Buning uchun u Zevs buyrug’i bilan tog’ qoyasiga kishanlanib, muttasil qiynoqqa solingan: har kuni burgut uchib kelib, Prometeyning tuni bilan yarasi bitgan jigarini cho’qib turgan. Gerakl Prometeyni ozod qilib, burgutni o’ldirgan. Prometey obrazi adabiyot (Volter, I. V. Gyote, J. Bayron, P. B. Shelli, L. Meshterxazi), tasviriy san’at va musiqa (L. Betxoven, A. N. Skryabin) da aks ettirilgan.