Paleogen

Paleogen (Paleo… va Yunoncha ge — yer) — Sharqiy yarim sharning, asosan, tropik hududlarini o’z ichiga olgan quruqlikning fauna dunyosi. Faunasi qadimgi Gondvana hayvonlari guruhiga xos: (Gondvananing Braziliya-Afrika qit’asi); tuyaqushlar, 2 xil nafas oluvchi baliqlar, toshbaqalar, timsoxlar, xartumlilar, odamsimon maymunlar, yirtqichlar (yo’lbars, Arslon, gepard) va boshqalar. 3 ta fauna oblastiga bo’linadi. Efiopiya oblasti Afrikaning Sahroi Kabirdan Janubiy, Arabiston yarim orolining Janubiy qismi, Afrikaning sharqidagi orollarni o’z ichiga oladi. Faunasi xilma-xil va boy, endemik yoki yarim endemik turkumlar (damanlar, naytishlilar, Afrika tuyaqushlari) va oilalar (jirafasimonlar, suv ayg’irlari, kitboshlilar, tsesarkalar va boshqalar)ga ega. Madagaskar fauna oblasti — Madagaskar, Seyshel, Amirant, Qamar, Maskaren orollarni o’z ichiga oladi. Ilk neogendan boshlab mustaqil rivojlangan; hayvonot dunyosi Afrika faunasi bilan chambarchas bog’liq. Ayrim qadimgi hayvonlarning bo’lishi bu oblastning Janubiy Osiyo va Janubiy Amerika bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Endemiklari orasida lemurlar, tenreklar va boshqalar bor. Gekkonlar, stsinklar, xameleonlar ko’p uchraydi. Tuyoqlilar va Afrika qushlarining 20 ga yaqin oilasi uchramaydi. Hind malay oblasti —Janubiy Osiyo va Osiyo bilan Avstraliya o’rtasidagi orolining ko’p qismini o’z ichiga oladi. Tarixiy jihatdan Efiopiya oblasti bilan bog’langan (fillar, karkidon, tor burunli va odamsimon maymunlar, Pangolinlar va boshqalar oblastda keng tarkalgan). Notogeya zoogeografiya dunyosiga o’xshashlik belgilari ham bor. Turlari va urug’larining xilma-xilligiga qaramasdan yuqori taksonlar orasida endemiklari ko’p emas (uzuntovonlilar, jun qanotlilar, tupayyalar, gibbonlar). Mazkur oblastda buyvol, banteng, cho’chqalarning xonakilashtirish markazi joylashgan.