Pxenyan universiteti

Pxenyan universiteti, kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti — KXDRdagi eng yirik oliy o’quv yurti. 1946 yil tashkil etilgan. Universitetning bir nechta fakultetlari asosida 1948 yil Pxenyanda politexnika va tibbiyot institutlari, sarivonda qishloq xo’jalik instituti tashkil etilgan. Tarix, falsafa, iqtisodiyot, huquq, Filologiya, chet tillari va adabiyoti, geografiya, geologiya, fizika, matematika, kimyo, biologiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 16 mingga yaqin talaba ta’lim oladi.