Izobarik jarayon
Izobarik jarayon – bosim o’zgarmas bo’lgan sharoitda sistemada sodir bo’ladigan fizik jarayon. Izobarik jarayon sistemaning termodinamik holat diagrammasida izobara bilan tasvirlanadi. Atmosfera bosimida sodir bo’ladigan fizik jarayonlar, jumladan, suvning isishi, ochiq idishdagi gazning qizishi yoki sovishi, moddaning ikki fazali holatidagi izotermik jarayon va ko’pgina kimyoviy reaktsiyalar Izobarik jarayonga misol bo’la oladi. Yuqori va past bosimlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilishda, issiqlik mashinalarida (masalan, Joul, dizel tsikllari) Izobarik jarayondan foydalaniladi. Ideal gaz hajmi V Izobarik jarayonda temperaturaga to’g’ri proportsional (Gey — Lyussak qonuni). Izobarik jarayonda ideal gazning bajargan ishi pAV ga teng va, demak, tashqaridan olingan issiqlik mikdori uning temperaturasi ortishiga va ish bajarishiga sarf bo’ladi. Shuning uchun Izobarik jarayondagi issiklik sigim Sr izohorik jarayontsatp (bu holda ish bajarilmaydi) issiklik sig’im Su dan har doim katta.