Vilson kamerasi

Vilson kamerasi – zaryadlangan atom zarralari (proton, elektron va boshqalar)ning harakat traektoriyasini kuzatish, impulsi va zaryadi ishorasini aniqlash uchun mo’ljallangan asbob. Ishi o’ta to’yingan bug’ning kondensasiyalanishiga, boshqacha aytganda tez zaryadlangan zarralarning izi bo’ylab hosil bo’ladigan ionlarda mayda suyuqlik tomchilari hosil bo’lishiga asoslangan. Stereoskopik tasvirni hosil qilish uchun zarralar izlari bir necha fotoapparatlar yordamida fotosuratga olinadi. Kamera hajmi tez kengayganda temperatura keskin pasayadi, shu tufayli bug’o’ta to’yinadi. Ch. Vilson ixtiro qilgan (1912). Vilson kamerasi yordamida yadro reaktsiyalarida vujudga keladigan elementar zarralarning turg’unligini, yadroning faolligi va boshqa xususiyatlarini o’rganish mumkin. Vilson kamerasi bir necha o’n yillar davomida zaryadlangan zarralar izlarini qayd qiladigan yagona detektor vazifasini bajardi. 50-60-yillarda u o’z ahamiyatini yo’qotdi va hozir pufak kamerasi va uchqun kamerasi ishlatilmoqda.