Vasiyatnoma

Vasiyatnoma — yozma vasiyat; fuqaroning o’ziga tegishli mol-mulki yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqi vafot etgan taqdirda tasarruf etilishiga doir xohish-irodasi ifodalangan hujjat. O’zbekiston Respublikasi FK 1120-moddasiga binoan, fuqaro o’zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun buyicha merosxo’rlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin. Bu haqdagi Vasiyatnoma qonunga muvofiq, shaxsan tuzilishi lozim, uning vakil orqali tuzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi, vasiyat qiluvchining o’z qo’li bilan imzolanishi, notarial tasdiqlangan bo’lpshi zarur. Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli Vasiyatnomani o’z qo’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius yoki qonunga muvofiq Vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo’lganida, vasiyat qiluvchi o’z qo’li bilan imzolay olmaganligining sabablari ko’rsatilgan holda Vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo’yishi mumkin. Vasiyatnomaga oid qonun-qoidalar O’zbekiston Respublikasi FK (1120-1131-moddalar)da belgilangan.