«Vesti Karakalpakstana»

«Vesti Karakalpakstana» («Qoraqalpog’iston xabarlari») — Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Haftada 2 marta rus tilida chiqadi. Dastlab (1919 yilda) To’rtko’lda chiqqan, 1941 yil oktabrdan Nukusda chiqadi, nomi bir necha bor o’zgargan. 1992 yildan hozirgi nomda. Gazetada respublika iqtisodi, madaniyati, tarixi va siyosatiga doyr maqolalar chop etiladi. Adadi 2265.