Vivekananda Svami
Vivekananda Svami (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kal- Kutta — 1902.4.1, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880-84 yillarda Kalkutta universitetida falsafani o’rgandi. Ramakrishna ta’limoti bilan tanishdi. 1893 yil Vedanta ta’limotini targ’ib qilish maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897 yil «Ramakrishna hidoyati» diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. Vivekananda «Hindistonni qayta tiklash» oqimining vakili sifatida mamlakat ozodligi va mustaqilligi uchun kurashchilar safiga qo’shildi. Xalq ommasini Hindistonning yagona umidi va asosiy kuchi deb, hinduizmnp mustaqillik uchun kurashning mafkuraviy vositasi deb Billi. Diniy, tabaqaviy va milliy tengsizlikka qarshi chiqqan Vivekananda ijtimoiy tarkibni o’zgarishsiz qoldirgan holda islohotlar o’tkazish tarafdori edi. Vivekananda taklif etgan «islohot» ma’naviy hayot doirasi bilan chegaralanib, jamiyat va shaxsni qayta tarbiyalash, ongda «inqilob» yasash, har bir shaxs va millatda maorif orqali vedanta g’oyalarini yoyish bilan kifoyalanar edi. Isloh etilgan dinning vazifasi, Vivekananda fikricha, aholining eng kambag’al doiralariga yordam berishdir. San’at, ilm-fan va din — bularning hammasi haqiqatga etishishning har xil yo’llari, xolos ammo haqiqatga erishishning zaruriy sharti Shankara (788-820) ning yagona qarashini bilishdir. Vivekananda ta’limoti Hindistonda ozodlik harakatiga yordam berdi.