Venger tili
Venger tili —vengerlar tili. Fin-ugor tillari oilasining ugor guruhiga mansub. U asosan Vengriyaning o’zida va u bilan chegaradosh bo’lgan Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya va Ukrainaning Zakarpate viloyatlarida tarqalgan. Venger tilida 13,83 million kishi so’zlashadi. Venger tili fonetikasi uchun unlilarning ham palatal, ham labial uyg’unlashuvi xosdir. Bu holat so’z negizlarida ko’shimcha orttirilganda kuzatiladi. So’z urg’usi esa asosan birinchi bo’g’inga tushadi. Venger tili morfologik nuqtai nazardan agglyutinativ. Otlar son (birlik va ko’plik), kelishik (20 ga yaqin) bilan turlanadi. Ularda grammatik jins yo’q. Sifat va sonlar boshqa so’zlar bilan bitishuv orqali birikadi. Otlar suffiks va negizlar birikuvi vositasida yasaladi. Fe’llar son (birlik va ko’plik), uch shaxs, uch zamon, uch mayl (aniqlik, buyruq, shart) bilan tuslanadi. Yordamchi so’zlar — ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar, aniq va gumon artikllaridan iborat. Leksikasida ko’pgina turkiy va nemis tillaridan o’zlashgan so’zlar bor. Venger tili yozma yodgorligi 14-asrning 2-yarmiga oid bo’lib, qabr toshlarida uchraydi. 17-asrdan Venger adabiy tili shakllana boshlagan. Yozuvi lotin alifbosi asosida.