Vivianit

Vivianit (inglizcha mineralogi J. G. Vivian nomidan) — fosfatlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi G’e3[RO4]2-8N2O. Monoklin singoniyali. Qo’shimchalari: Mn, Mg, Ca, G’e+3. Rangsiz, ko’kimtir kristallar, nursimon, tolasimon agregatlar. Shaffof, vaqt o’tishi bilan ko’k yoki to’q yashil rangga kiradi. Yaltiroqligi shishasimondan xira sadafsimongacha. Qattiqligi 1,5—2. Sof og’irligi 2,7—2,9. Nurash mahsuloti. Torfli yerlarda keng tarqalgan. Ikkilamchi minerallar hamda pirit, pirrotin minerallari nurash mahsulotlarida uchraydi. Bavariya (Germaniya), Yugoslaviya, Rossiya Federatsiyasi (Moskva yonidagi torfli yerlarda), Ukraina (Kerch temir ruda havzasida, Volin torfli yerlarida, Zakarpate), Angliya, Boliviyada Vivianit konlari topilgan. Fosforli o’g’it sifatida va ba’zan ko’k bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi.