Paleosen bo’limi
Paleosen bo’limi (epoxasi), Paleosen — paleogen sistemasi (davri)NMT quyi bo’limi. 1874 yil Dezor tomonidan yuqori bo’r davri kiritilgan. Daniya yarusi keyingi tadqiqotlar natijasida (Xardenbol va Bergren, 1978) Paleosen bo’limi bo’limining eng quyi qismiga o’tkaziladi. Paleosen bo’limi ko’pgina mintaqalarda 2 (yuqori va quyi) bo’limga ajratiladi. O’zbekiston hududida umumiy qabul qilingan yaruslar yo’q. Har bir region uchun o’ziga xos majmua, svita va qatlar ajratilgan. Farg’ona botig’ida Buxoro qatlami, Surxondaryoda —Oqjar va Buxoro qatlamlari ajratilgan.