Payvandlash

Payvandlash (qishloq xo’jaligida) — bir o’simlikka ikkinchi o’simlikning qalamchasi yoki kurtagini ulash. Payvand qilinadigan o’simlik payvandtag, ulanadigan pay-vandust deyiladi. Mevachilikda Payvandlash vegetativ ko’paytirishning asosiy usuli hisoblanadi. Payvandlash payvandlanayotgan o’simlikning nav xususiyatini mustahkamlash va saqlash; xo’jalik ko’rsatkichlari past navlarni a’lo sifatli, sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlar bilan almashtirish; gullashi va meva tugishini jadallashtirish; o’simlikning manzarali va ilashuvchi xillarini yaratish kabi maqsadlarda qo’llaniladi.