Panda, kichik panda

Panda, kichik panda (Ailurus fuldens) — enotsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi, urug’ning yagona turi. Ba’zan ayiqsimonlar oilasiga yoki katta panda bilan birga pandasimonlar oilasiga kiritiladi. Gavdasi 51-63 santimetr, dumi 28-48 santimetr. Boshi dumaloq, yuz qismi kichik, rangi sarg’ish, qorin tomoni va oyoqlari qoramtir, «yuzi» oqish tusda. Janubiy-g’arbiy Xi toy, Nepal, shimoliy Myanma, Shimoliy-Sharqiy Hindistonda tarqalgan. Tog’bambukli o’rmonlarda yashaydi. Bambuk nihollari, o’tlar, mevalar, ba’zan qushlar tuxumi va mayda sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Yilda 1 marta 1-2 tadan (ba’zan 4 tagacha) bola tug’adi.