Paragneys

Paragneys — yer po’stida hosil bo’lgan metamorfik tog’jinsi. Cho’kindi tog’jinslari (qumtosh va gilli slaneslar) ning yer po’sti chuqur zonalarida metamorfizmning amfibolit fasiyasida kayta kristallanishi natijasida hosil bo’ladi. Tarkibi boshqa xarakterli minerallar (andaluzit, sillimanit, disten, kordierit, turmalin va boshqalar) qo’shilgan kvars va dala shpatlaridan iborat; qo’shilgan minerallarga qarab Paragneysning xillari farq qilinadi. Paragneysda giltuproq bir oz ko’p bo’ladi. Paragneys dastlabki materialiga qarab magmatik jinslarning o’zgarishidan hosil bo’lgan ortogneyslardan farq qiladi.