Vernadskiy Vladimir Ivanovich
Vernadskiy Vladimir Ivanovich [1863.28.2 (12.3), Peterburg – 1945.6.1, Moskva] — tabiatshunos, mineralog va kristallograf; geokimyo, biogeokimyo, radiogeologiya va biosfera asoschilaridan biri. Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1912), Ukraina Fanlar Akademiyasi tashkilotchisi va birinchi Prezidenti (1919), Chexoslovakiya (1926) va Parij (1928) Fanlar Akademiyasi a’zosi. Moskva universiteti professor (1898-1911). Vernadskiy o’z tadqiqotlarida katta amaliy ahamiyatga ega bulgan yirik ilmiy muammolar: silikatlarning tuzilishi, nodir va tarqoq elementlar geokimyosi, radioaktiv minerallarni qidirib topish, geokimyoviy jarayonlarda organizmlar roli, tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash va boshqalarni ilgari surdi; minerallarning kelib chiqishida yangi evolyutsion nazariyani (genetik mineralogiyani) ishlab chiqdi. Vernadskiy radioaktiv moddalar ahamiyatini aniqladi (1911). Vernadskiy biosfera kimyoviy elementlarning to’planishi, almashinishi va tarqalishida organizmlarning rolini, biosfera inson mehnati va u qo’lga kiritgan ilmiy muvaffaqiyatlar tufayli asta-sekin yangi holat — noosferaga o’tishini birinchi bo’lib ko’rsatib berdi.