Xusrav Sulton

Xusrav Sulton (to’liq ismi Xusrav bin Yormuhammad bin Jonibek) (? — 1562) — shayboniylardan. Kesh hokimi (1550-62). 1554 yil Navro’z Ahmadxon (Baroqxon) Keshga hujum qilganda Balxga qochgan. 1556 yil Keshni qaytarib olgan. 1562 yil Samarqand hokimi Abulxayr ibn Juvonmardali undan Keshni tortib olib, qizi Xonbibiga uylangan. Bunga chiday olmagan Xusrav Sulton Abdullaxon II ni yordamga chaqirgan, biroq Kesh uchun bo’lgan jangda halok bo’lgan. Kesh uning o’g’li Isfandiyor Sultonga topshirilgan. «Muzakkiri ahbob» tazkira muallifi, shoir Hasanxoja Nisoriy Xusrav Sulton huzurida (1553; 1555-56 yillarda) xizmat qilgan. Ad..Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob (do’stlar yodnomasi), T., 1993.