Xutornoy Yuriy Petrovich
Xutornoy Yuriy Petrovich (1921.16.3, Namangan — 1979.3.6, Toshkent) — selektsioner olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1971). Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1948). G.S. Zaytsev nomidagi Butunittifoq g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti ingichka tolali g’o’za navlari selektsiyasi laboratoriya mudiri (1956— 79). Rayonlashtirilgan ingichka tolali S6022, S6030, S6037 navlarini yaratgan. S6002 navi mualliflaridan biri. U yaratgan S6015, S6034, S6035, S6038 va boshqa navlar boshlang’ich material sifatida amaliy selektsiyada keng foydalaniladi.