Mustovfiy, mustavfiy
Mustovfiy, mustavfiy — saroy mansabi. 1) G’aznaviylar davlatida moliya devonida kirim-chiqim, pul va boshqa qimmatbaho boyliklarni hisobga olish bilan shug’ullanuvchi amaldor; 2) Xorazmshohlar davlatida va viloyat moliya organi (devon al istifo’) rahbari, moliya maslahatchisi, viloyat boshqaruv organi a’zosi; 3) Buxoroda Ashtarxoniylar davlat mablag’larining kirimchiqimi ishlari bo’yicha mutasaddi amaldor.