Muraqqa’

Muraqqa’ (Arabcha ruq’a — maktub, qog’ozdagi yozuv) — 1) maktublardan tuzilgan majmua. Muraqqa’da husnixat (yozuv) namunalari, alohida rasmlar to’plangan. Ular muqovalanib, kitob holiga keltirilgan. Odatda shohlar, shahzodalar Muraqqa’ to’plagan va ular to’gayuvchilar nomi bilan atalgan. Masalan, «Bahrom Mirza Muraqqa’si», » Muraqqa’i Gulshan» (Jahongir Mirzo tuzgan Muraqqa’) va boshqalar; 2) naqsh turi. Maxsus rangli qog’ozga chizilgan naqsh bo’laklari qirqib olinib, shift yoki devorlarga tushirilgan axta chiziqlari ustidan yopishtirib chiqiladi. Xivadagi Toshhovlining ayrim binolari shu usulda bezatilgan.