Mudarris
Mudarris (Arabcha — dars beruvchi) — madrasa o’qituvchisi. Mudarrislar o’qitiladigan muayyan fandan dars bergan. Hozir xorijiy Sharq mamlakatlari, shuningdek, O’zbekistondagi madrasa va diniy universitetlarda faqat diniy ilmlardan emas, dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham Mudarris deb ataladi.