Muborqa
Muborqa (Arabcha — chodirga o’ralgan) — o’n ikki maqom tarkibidagi sho’ba. Muborqa kuylari tovushqatorning ikki tayanch pog’onasi noturg’un pog’onalar bilan pastdan va yuqoridan go’yo «o’ralgan»ligi uchun unga shunday nom berilgan bo’lishi mumkin. Ozarbayjon mug’omlarida mubarriga nomi bilan yuritiladi.