Mielositlar
Mielositlar (Yunoncha Myelos — ko’mik va kytos — hujayra) — umurtqali hayvonlar va odamning qizil ko’migidan qon hosil qiladigan to’qima hujayralaridan. Promielosit bosqichini o’tib, gemositoblastlarda hosil bo’ladi. Normal holatda qon o’zanida Mielositlar bo’lmaydi, ba’zi kasalliklar (masalan, leykoz)da qonda Mielositlar paydo bo’lishi mumkin. Mielositlardan granulositlar vujudga keladi.