Sumsarsoy

Sumsarsoy — Namangan viloyatidagi soy. Ko’gala tizmasidan (3700 metr) boshlanadi. Uzunligi 32 kilometr, havzasining maydoni 92,5 km2. Yuqori oqimida Ko’galasoy nomi bilan oqadi. Ayirmasoy qo’shilgandan so’ng Sumsarsoy nomini oladi. Soy vodiysi shag’al tosh bilan qoplangan. Yillik o’rtacha suv sarfi 0,97 m3/sek., oqim moduli 10,5 l/sek, km2. Chust tumanining ekin maydonlarini sug’oradi.