Rasul

Rasul (Arabcha — elchi) — Islomda Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va targ’ibot yuritish, hidoyatga da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg’ambar. Muxammad (sav)ga nisbatan doimo Rasul nomi qo’llanib kelinadi, bu hatto tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan. Nabiy — kitob nozil qilinmagan payg’ambar. Shu bois har bir Rasulni Nabiy deb atash mumkinligi, ammo Nabiylarni Rasul deb bo’lmasligi qayd qilingan.