Xamardaban

Xamardaban — Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasidagi tog’ tizmasi. Baykal ko’lining Janubiy va Janubiy Sharqiy sohillarida. Uzunligi 420 kilometr, eng baland joyi — Bayshinto’la (2995 metr). Gneys, Kristalli slanes, ohaktosh, bazaltdan tashkil topgan; granit intruziyasi ko’p. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yog’in 400— 500 mm, g’arbiy qismida 800— 1300 mm. Shimoliy yon bag’irlarida oqqarag’aykedr, Janubiy yon bag’irlari qarag’aytilog’och o’rmonlari bilan qoplangan. Janubda o’rmonli dasht va dasht yerlar uchraydi. 2000 metrdan balandda tog’ tundrasi o’simliklari o’sadi.