Xromoplastlar
Xromoplastlar (xroma (o)… va Yunoncha plastos — yasalgan) — pishgan mevalar, gultojibarglar, kuzgi yaproqlar, ba’zi sabzavot ildizlari (masalan, sabzi) hujayralari tarkibida uchraydigan sariq, to’qsariq, qizil rangli plastidalar. Xromoplastlar rangi karotinoidlar deb ataluvchi pigmentlar tarkibiga bog’liq. Ba’zi karotinoidlar lipidlarda erigan holda bo’ladi; boshqalari esa oqsil fibrillalarida to’planadi. Xromoplastlar ham xloroplastlar singari ikki qavat membranalar bilan o’ralgan, lekin tilakoidlarining juda kam bo’lishi yoki butunlay bo’lmasligi bilan ulardan farq qiladi. Xromoplastlar plastidalar rivojlanishining oxirgi bosqichi bo’lib, xloroplastlar yoki leykoplastlardan vujudga keladi.