Xrushchyov Nikita Sergeyevich

Xrushchyov Nikita Sergeyevich [1894. 5(17)4, Kursk gubernyasi Kalinovka qishlog’i — 1971.11.9, Moskva] — KPSS MK 1-kotibi (195364), ayni vaqtda sobiq Ittifoq Ministrlar soveti raisi (1958-64). 1931 yildan Moskvada partiya ishida, 1935-38 yillarda VKP (b) Moskva viloyati va shahar komiteti 1-kotibi. 1938 yil -1947 yil mart va 1947 yil dekabr -49 yil Ukraina KP(b) MK 1kotibi, ayni vaqtda 194447 yil Ukraina XKS (MS) raisi. Moskva va Ukrainada ommaviy katag’onlarning tashkilotchilaridan. 1941 — 45 yillardagi urushda bir necha frontlar harbiy Kengashi a’zosi. 1949 yildan VKP (b) MK kotibi va ayni vaqtda (1949-53) VKP (b) Moskva komiteti 1-kotibi. 1939-64 yillarda MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) a’zosi. Ichki va tashqi siyosatni «yumshatish», qatag’on qurbonlarini oqlash tashabbuskorlaridan biri; partiyadavlat tizimini zamonga muvofiqlashtirishga urindi. KPSSning 20 (1956) va 22 (1961) s’yezdlarida I.V.Stalin shaxsiga sig’inishni va uning faoliyatini keskin tanqid qildi. Biroq mamlakatda yakka partiya hukmronligining saqlanishi, o’zgacha fikrlovchilarga yo’l bermaslik, namoyishchi ishchilarning otilishi (1962 yil Novocherkasekda va boshqalar), ziyolilarga zug’um qilish, boshqa davlatlarning ishiga aralashish (1956 yilda Vengriyaga qurolli interventsiya va boshqalar), G’arbga nisbatan harbiy qarama-qarshilikning kuchayishi (1961 yildagi Berlin va 1962 yildagi Karib tangliklari va boshqalar), shuningdek, siyosiy va iqtisodiy xomxayollik («Amerikani quvib etish va undan o’zib ketish» kabi shiorlar), 1980 yilga kommunizm qurish va’dalari uning siyosatida ziddiyatlar va poymapoylikka olib keldi. Oliy davlat va partiya apparatidagi norozilik Xrushchyovni egallab turgan barcha lavozimlaridan olinishiga sababchi bo’ldi. Xrushchyov xotiralar yozgan. Ular 1981 AQShda, 1997 yil Rossiyada, to’liq matni 1999 yilda e’lon qilingan.