Randeya sulhi
Randeya sulhi — Rim imperiyasi bilan Parfiya va Armaniston o’rtasida milodiy 62 yil Randeya (hozirgi Turkiyaning Xarberdi shahri yaqinida) da tuzilgan bitim. Rim qo’shinlarining Armanistonni egallash uchun qilgan yurishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, imzolangan. Rim va Parfiya qo’shinlari Armanistonni tark etishgan, Armaniston ilgarigi hududini saqlab qolgan. Randeya sulhiga ko’ra, Armaniston taxtiga Parfiya podshosi Vologesning ukasi Tiridat o’tirishi lozim bo’lib, toj kiyish marosimi Rimda o’tkazilishi kelishilgan. Tiridat 65— 66 yillarda Rimga sayohat qilgan va imperator Nerontsan Armaniston tojini olib, armanlarning arshakiylar sulolasiga asos solgan.