Rabot neft koni

Rabot neft koni — Tojikiston Respublikasi So’g’d viloyatining Jan.sharqidagi kon. Konning geologik tuzilishini K. P. Kaliskiy, V. N. Veber va boshqalar o’rgangan. Rabot neft konida paleozoy, yura, bur, paleogen, neogen va turtlamchi davrlarga mansub jinslardan tuzilgan yotqiziqlar mavjud. Paleozoy jinslari to’q kulrang qumli argillitlar, yura jinslari kulrang gillar va mayda donador qumtoshlardan, bur yotqiziqlari qizg’ish konglomerat, qumtosh, gillar, oq va kulrang ohaktoshlardan tuzilgan. Paleogen yotqiziqlari oq gips, ohaktosh, qumtosh, yashil va kizil rangli gillardan iborat. Neft shu jinslar orasidan topilgan. Kondagi neftning sof og’irligi 0,827— 0,879. Tarkibida 0,65—0,80% oltingu- gurt, 6,55—7,72% parafin mavjud.